Samarqand avtoyo'l boshqarmasi
366 subscribers
17.2K photos
922 videos
6 files
3.9K links
⚡️Samarqand viloyat avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi rasmiy telegram kanali

Bizni ijtimoiy tarmoqarda kuzatib boring

👉🌐www.samavtoyul.uz
👉🔵facebook.com/samavtoyul
👉📱www.t.iss.one/samavtoyul
👉🌎instagram.com/samavtoyul
👉🔴www.youtube.com/samavtoyul
Download Telegram
#Diqqat

Motrud krugda transportlar harakati vaqtinchalik o'zgaradi.

Xalqaro ahamiyatdagi M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo'lining 3 km dagi M-37 a avtomobil yo'lining 33 km qismini tutashtirib turuvchi aylanma harakat tasmasida, keng miqyosda qurilish ta'mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan,transportlar harakatida vaqtinchalik o'zgartirish kiritiladi.

@samavtoyul
#Diqqat

Motrud krugda transportlar harakati vaqtinchalik o'zgartirildi.

Bugun 30-iyul soat 20:30 da Xalqaro ahamiyatdagi M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo'lining 3 km dagi M-37 a avtomobil yo'lining 33 km qismini tutashtirib turuvchi aylanma harakat tasmasida (krugda) transportlar harakatida to'liq o'zgartirildi.

@samavtoyul
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Xalqaro ahamiyatdagi M-37 a Samarqand aylanma halqa avtomobil yo'lining, 36-37 km lari oralig'ida olib boriladigan asfaltlash ishlari munosabati bilan, bugun 5-avgust soat 22:00 dan ushbu obektdagi, har ikkala transportlar harakati oqimi, Toshkent-Buxoro yo'nalishiga o'tkaziladi.

@samavtoyul
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Xalqaro ahamiyatdagi M-37 a Samarqand aylanma halqa yo'lining 42-46 km lari oralig'ida asfaltlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, bugun, 8-avgust soat 24:00 dan Ulug'bek non bozordan M-39 avtomobil yo'li (Shtab GAYI) gacha bo'lgan, Samarqand-Toshkent yo'nalishidagi transportlar oqimi, Toshkent-Samarqand yo'nalishiga o'tkaziladi. Mazkur ta'mirlash jarayonida Zarafshon ko'chasiga kirish chiqishda ham transportlar harakati yopiq bo'ladi.
Asfaltlash ishlari 9, 10, 11-avgust kulari olib borilib, 11-avgust kechki payt, har ikkala transportlar oqimi, Samarqand-Toshkent yo'nalisiga o'tkaziladi, hamda Toshkent-Samarqand yo'nalishida ham, asfaltlash ishlari olib boriladi.

@samavtoyul
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_Transportlar_harakatida_õzgarish.

Xalqaro ahamiyatdagi M-39 avtomobil yo'lining, 1081 km da joylashgan tartibga solingan chorraxada, asfaltlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, 16-avgust ertalab soat 6:00 dan, transportlar harakatida o'zgartirishlar kiritiladi.

@samavtoyul
#Diqqat_Harakat_Yõnalishi_Õzgaradi

Bugun 19-avgust soat 21:00 dan Xalqaro ahamiyatdagi M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo'lining 9-11 km lari oralig'i, Samarqand-Buxoro yo'nalishida, yotiq chiziqlar chizish ishlari amalga oshirilishi sababli, ushbu ikki km masofada Samarqand-Buxoro yo'nalishidagi transport harakati Buxoro-Samarqand yo'nalishiga o'tkaziladi.

@samavtoyul
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_Al_Buxoriy_yõli_yopiladi.

  Umumfoydalanuvda bo'lgan 4k-505  avtomobil yo'lining 4-5 km lari oralig'i, yani Al Buxoriy majmuasi hududidan o'tgan qismida, asfaltlash ishlari olib borilishi sababli, bugun 5-noyabr soat 19:00 dan Al Buxoriy majmuasiga kirish qismidan va Hadis ilmi maktabi oldidan to'liq yopiladi.
   Asfaltlash ishlari 5-6 noyabr kunlari amalga oshiriladi, hamda yotqizilgan asfaltobeton qoplama o'zini ekspulatatsiya jarayoniga tiklab olguniga qadar 3 kun mobaynida yopiq holatda turadi.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

⚡️Bugun 11:00 da Prezident Oliy Majlisga murojaat qiladi

❗️Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi MTRK teleradiokanallari, shuningdek, nodavlat telekanallar hamda Prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali toʼgʼridan-toʼgʼri jonli efirda namoyish etiladi
.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube|
#Diqqat

❗️❗️ Ertaga O'zbekistonning qator hududlarida kuchli qor yog‘ishi prognoz qilinmoqda jumladan Samarqandda xam
❄️

“Oʻzgidromet” 4-yanvar kuni Samarqand viloyatida hamda togʻ va togʻoldi hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), ayrim joylarda esa kuchli boʻlishi haqida xabar berdi.

Ertaga Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir, qor yog‘adi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, baʼzi joylarda shamolning tezligi 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Viloyatimizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir, qor yog‘adi, tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

2023-yilning dastlabki «Tashabbusli byudjet» jarayonlari boshlanishini ma`lum qilamiz.

«Ochiq byudjet»
axborot portali orqali bugun 6-fevraldan boshlab 26-fevralga qadar taklif kiritish imkoniyatiga egasiz.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

⚡️Aziz samarqandliklar,

Bugun 27-aprel kuni Samarqandda taniqli estrada yulduzlari ishtirokida Uzbek power yoshlar festivali oʻtkaziladi.

Unda Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Alisher Fayz, Sevinch Moʻminova, Shohruxxon, Jahongir Poziljonov, Shohruh repper ishtirok etadi.
Barchangizni “Afrosiyob” stadionida soat 20.00 da boshlanadigan konsertga taklif etamiz.
‼️Kirish bepul.‼️

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube|
#DIQQAT

Muhim e’lon! Yaqinlarni ham ogohlantirib qo‘ying!

Samarqand viloyatida joriy yilning 2-noyabr kuni qator siyosiy tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.

Tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida shu kuni Samarqand shahrining Ibn Sino, Rudaki, Bo‘stonsaroy, Motrid, Sadriddin Ayniy, Shohizinda, Universitet xiyoboni, Registon, Mirzo Ulug‘bek ko‘chalarida, shuningdek, M-39 va M-37 avtomobil yo‘llarining Samarqand shahar, Samarqand, Oqdaryo va Payariq tumanlari hududidan o‘tgan qismlarida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi.

Eslatib o‘tamiz, harakat qatnovi cheklangan ko‘chalarda bemorlar va shoshilinch tez tibbiy yordamga zarurati bor yurtdoshlarimizga, shuningdek, favqulodda vaziyatlar xodimlariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

Shuningdek, Samarqand shahriga Respublikamizning boshqa hududlaridan, shuningdek, viloyatimizning shahar-tumanlaridan kelayotgan yurtdoshlarimizga 2-noyabr kuni belgilangan rejalarini boshqa kunga ko‘chirishlari tavsiya etiladi.

Hurmatli yurtdoshlar va yurtimiz mehmonlari, yuzaga kelayotgan vaqtinchalik noqulayliklarni to‘g‘ri tushungan holda, vaziyatga xolis baho berishingizni va yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlayotgan yo‘l patrul xizmati inspektorlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qonuniy talablarini aniq bajarishingizni so‘rab qolamiz.

Samarqandda o‘tkaziladigan siyosiy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tishini ta’minlashda belgilangan qoidalarga amal qilgan holda barchamiz qat’iy intizom bilan hissa qo‘shaylik.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube|
#Diqqat_tanlov

🇺🇿 Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o'tkaziladi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o'tkaziladi.

Imtihonda barcha ishtirok etishi mumkin.

📝 Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida ro'yxatdan o'tiladi (15-noyabrdan 25-noyabr 23:59 gacha).

🔰 Tanlov quyidagi 2 bosqichda 3 ta toifa uchun alohida tashkil etiladi:

1️⃣-bosqich – test sinovlari:

▫️ umumta'lim maktab, akademik litsey va texnikum o'quvchilari uchun – 27-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
▫️ huquqshunoslar va oliy ta'lim muassasalarida huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha o'qiyotgan talabalar uchun – 28-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
▫️ boshqa barcha fuqarolar uchun – 29-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;

2️⃣-bosqich – suhbat.

➡️ Test sinovida 8-dekabr.adliya.uz sayti orqali onlayn tarzda ishtirok etiladi.

☑️ Test sinovi yangi Konstitutsiya asosida tuzilgan 20 ta test savoli va 1 ta ijodiy savoldan iborat. Test savollariga eng qisqa muddatda to'g'ri javob bergan ishtirokchilar orasidan 30 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savolga javoblari ko'rib chiqiladi.

Baholash natijasiga ko'ra, eng yuqori ball to'plagan 10 nafar ishtirokchi keyingi bosqichga o'tadi.

Ikkinchi bosqich (suhbat) 8-dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida tashkil etiladi.

🖥 Suhbat jarayonlari onlayn translyatsiya qilinadi.

🎁 G'oliblar diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

⚠️ Tanlovda faqat bitta akkauntdan ishtirok etishga ruxsat etiladi.

❗️Ishtirokchi keyingi bosqichga o'tish vaqtida turli akkauntlardan qatnashgan holatlar aniqlangan taqdirda, natijasidan qat'i nazar, imtihondan chetlashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#DIQQAT

Samarqand IIB tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi ogohlantiradi....

Rasmda ko‘rsatilgan Firibgarlardan ogoh bo‘ling...

📌Bizni kuzatib boring va yaqinlarga ulashib qoying

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT

Firibgarlardan ogoh bo'ling....

Quyidagi tavsiyalarga amal qilung

📌Bizni kuzatib boring va yaqinlarga ulashib qo'ying

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT_FIRIBGARLARDAN_OGOH_BÕLING

-Diqqat aksiya! Siz yutuq sohibiga aylandingiz. Karta raqam yuboring va yutuq mablagʻingizni oling.

-Bank xodimiman xabardagi kodni yuboring bir necha daqiqa ichida foizsiz kredit olasiz!

-Havolani toʻldiring va sovrinni oling...

Ogoh boʻling! Firibgarlar tuzogʻida oʻlja boʻlmang!

Samarqand viloyati IIB JXX YHXB va Kiberxavfsizlik ogohlantiradi.

Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube|
#DIQQAT
#SAYYOR_QABUL

Joriy yilning 12-aprel kuni soat 14:00 dan boshlab Samarqand viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i S.Mamatkulov ishtirokida Oqdaryo tumani aholisi uchun Oqdaryo tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.

Manzil: Oqdaryo tumani, Loyish shahri, A.Temur ko‘chasi 75-uy 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun tel:
+998 66 234-61-69
+998 66 234-61-84


Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi axborat xizmati

https://t.iss.one/SamAvtoyul

|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube|