#Murojaat
#Muammo_nimada
Oʻzingiz va yaqinlaringizni asrang.
Azizlar!
Har biringiz Davlat xizmatlari agentligi uchun qadrlisiz. Siz va yaqinlaringiz sogʻligi haqida qaygʻuramiz.
Xabaringiz bor, yurtimizda koronavirusning Omicron shtammi aniqlanganligi sababli ehtiyot choralari kuchaytiriladi.
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yigʻilishida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotgani, ushbu kasallikka qarshi zarur choralar koʻrishni davom ettirish lozimligi qayd etildi.
Xususan, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.
Bunda, barcha tashkilot, korxona va muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, koʻngilochar muassasalarning kirish qismida niqobda boʻlish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini oʻlchash amaliyotiga qatʼiy rioya etilishi taʼminlanishi belgilandi.
Shuning uchun ham, Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlariga tashrif buyurgan Sizlarni hamda xizmatda boʻlgan xodimlarimizni mazkur virusdan himoya qilish oldimizda turgan dolzarb masala.
Albatta, biz idoralarimizda barcha zarur choralarni koʻrmoqdamiz. Belgilangan grafik asosida binolar dezinfeksiya qilinmoqda, zaruriy himoya vositalari bilan taʼminlanmoqda.
Shunga qaramay, xodimlarimiz orasida o‘zi yoki farzandining betoblogi sababli vaqtincha mehnatga layoqatsizligi kuzatilmoqda. Bu esa, xizmat ko‘rsatish jarayoniga ham bevosita ta'sir qiladi.
Doʻstlar!
Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlari Sizning xizmatingizga shay.
Biroq, virus tarqalishi xavfini kamaytirish uchun Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlariga tashrif chogʻida tibbiy niqobda boʻlishingizni va ijtimoiy masofani saqlashingizni iltimos qilamiz.
Yana bir bor eslatib oʻtamiz, aksariyat xizmatlarni onlayn tarzda my.gov.uz portali orqali olish imkoni yaratilgan.
Elektron xizmatlardan foydalanish jarayoni Siz uchun qulay boʻlishiga koʻmaklashish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali videoqoʻllanmalarni taqdim etib kelmoqdamiz.
Bizni tushunishingizga umid qilib qolamiz.

DXA: Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Asos nima?
So‘nggi kunlarda Davlat xizmatlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali fuqarolarimizdan fo.birdarcha.uz tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tishdagi kadastr maʼlumotlarini kiritish bilan bog‘liq savollar ko‘paydi.
Ushbu masalaga aniqlik kiritamiz.
Tizimda o‘zgartirishlar kiritilishiga asos nima?
BATAFSIL
🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·

“Prava”ni yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirish kerak emas!
Aziz haydovchilar!
So‘ngi paytlarda xalq o‘rtasida haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak bo‘ladi, degan noto‘g‘ri maʼlumot tarqala boshladi.
Davlat xizmatlari agentligi vaziyatga aniqlik kiritadi.
Aholiga qulay bo‘lishi uchun, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2022 yil 31 dekabrga qadar davom etadi. Bunda Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar kabi, ortiqcha byurokratiyasiz, soddalashtirilgan tartib amal qiladi.
❗️Yaʼni, qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, xizmatdan foydalanish uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini taqdim etish hamda bazaviy hisoblash miqdorining 70 % (bugunda 189 000 so‘m) miqdoridagi to‘lovni amalga oshirish lozim.
📊Infografika orqali “prava” almashtirish xizmatidan qaysi Davlat xizmatlari markazlarida foydalanish imkoni mavjudligi haqida maʼlumot olishingiz mumkin.
🔗Аloqada bo'ling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube