Sevara Zakirova
332 subscribers
2.17K photos
481 videos
8 files
1.92K links
Download Telegram
#DXM_mahalla_fuqaro

Eng chekka hudud aholisiga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda.


Bugun Boʻka tumanining “Boʻka” mahallasi tom maʼnoda bunyodkorlik, qurilish maydoniga aylandi.

Toshkent viloyatining eng chekka hududida joylashgan ushbu mahallada keng koʻlamli dasturlarning amalga oshirilishi yurtimizda inson qadri ulugʻlanayotganligi, har bir fuqaroning qonuniy manfaatlari taʼminlanayotganligidan darak.

Davlat xizmatlari agentligi masʼullari hududda 70 ga yaqin xoʻjalik istiqomat qilib kelayotgan Alxajar qishlogʻida boʻlib, aholining davlat xizmatlari sohasidagi muammolari va murojaatlarini “xonadonbay” tizimi asosida oʻrganmoqda. Markaz xodimlari davlat xizmatlaridan masofadan chiqmay ham foydalanish imkoniyati, sohadagi yangiliklar va yaratilayotgan imtiyozlar haqida huquqiy tushuntirishlar olib bormoqda. 

Mobil avtobus yordamida alxajarliklarga 50 dan ortiq davlat xizmatlari sayyor tartibda koʻrsatildi.

Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube