Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
667 subscribers
5.56K photos
384 videos
34 files
1.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Rasmiy telegram kanal: @SSinKhanka
Savollar uchun bot: @SSinKhankaBot
Facebook: facebook.com/SSinKhanka
YouTube: https://youtube.com/@PSinKhanka
Download Telegram
#Xonqa_IM. Kitob taqdimoti.
Bugun Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida kutubxonachi Feruza Avezova tomonidan kitobxon o‘quvchilar ishtirokida kitoblar taqdimoti o‘tkazildi. Unda maktab kutubxonasiga sovg‘a qilingan badiiy adabiyotlar haqida ma'lumot berildi. Jumladan, maktab o‘quvchilari bilan uchrashib davra suhbati o‘tkazgan Toshkent Davlat texnika universiteti professori Q. R. Allayev tomonidan kutubxonaga sovg‘a qilingan badiiy adabiyotlar taqdimoti o‘tkazildi.
#Xonqa_IM. Ochiq dars.
Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida fanlardan "Ochiq dars"lar o‘tkazilmoqda. Suratlarda ixtisoslashtirilgan maktabning aniq fanlar yo‘nalishidagi 7-B sinfida adabiyot darsidan lavhalarni ko‘ryapsiz. Darsda o‘quvchilar o‘zlari mutolaa qilgan badiiy asarlarni tahlil qilishib asar syujetini bayon etishdi.
Mavzu: Asar tuzilishi.
O‘qituvchi: U. Qodirov.
#Xonqa_IM. Adabiy uchrashuv.
Bugun Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari bilan adabiy uchrashuv o‘tkazildi.
"Ma'rifat ulashib" mavzusida o‘tkazilgan tadbirda shoira, "Shuhrat" medali sohibasi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Sayyora Samandarova, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yozuvchi, shoir Kenes Karimov, shoir Xalil Davletnazarovlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida ijodkorlar ilm-ma'rifatning ahamiyati haqida, buyuk ajdodlarimiz ma'naviyatining shakllanishida ma'rifatning o‘rni xususida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishdi. Shundan so‘ng, o‘quvchilar ijodkorlarning ijod namunalari bilan tanishishdi. Tadbir davomida ijodkorlar bugungi kunning baxtiyor yoshlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida aytib o‘tishdi. Tadbir so‘nggida Sayyora Samandarova tomonidan kutubxonaga sovg‘a sifatida kitob taqdim etildi.
#Xonqa_IM. Musobaqa.
Bugun Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Turon yo‘lbarslari" harbiy-sport o‘yinlari musobaqasining maktab bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchilaridan iborat 4 ta jamoa ishtirok etishdi. Jamoalar musobaqa Nizomiga asosan berilgan shartlar bo‘yicha bellashdilar. Shartlar baholash mezoni asosida hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib jamoalar aniqlandi va maktab ma'muriyati tomonidan taqdirlandi.
"Turon yo‘lbarslari" harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichiga qatnashuvchi maktab jamoasi tarkibi g‘olib jamoalar a'zolaridan shakllantiriladi.
#Xonqa_IM. Dars_jarayoni.
Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ochiq dars" lar davom etmoqda. Lavhalarda ixtisoslashtirilgan maktaabning tabiiy fanlar yo‘nalishidagi 8-G sinfida tarix darsidan jarayonlarni ko‘ryapsiz.
Mavzu: O‘rta asrlarda Eron.
O‘qituvchi: Shoira Aminova.
#Xonqa_IM. Loyiha ishi.
Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlar yo‘nalishidagi 7-D sinfida fizika fanidan loyiha ishi.
Mavzu: Geron favvorasi yasash.
O‘qituvchi: O‘g‘iljon Saidova.
#Xonqa_IM
#Adabiy_uchrashuv
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 18.12.2024 kuni“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Филология фанлари номзоди, доцент,"Шуҳрат" медали соҳибаси,Турон Фанлар академиясининг академиги Sayyora Samandarova, „Qoraqalpog‘iston xalq shoiri“, „Qoraqalpogʻiston Respublikasiga mehnati singan jurnalist“, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi“ ,“El-yurt hurmati” ordeni sohibi, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Kenesboy Karimov. “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan journalist”, Qoraqalpogʻiston xalq shoiri “Amudaryo” jurnali bosh redaktori Xalila Davletnazarovlar qatnashdilar. Uchrashuv davomida adiblarimiz davlatimiz tomonidan ilm va ijod ahliga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, bu borada tizimli ravishda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar borasida fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda oʻz she’rlaridan namunalar o’qib berdilar.
❇️https://t.iss.one/SSinKhanka
#Xonqa_IM
#Turon_yo'lbarslari
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 18.12.2024 kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 apreldagi PF-55 son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida maktabining yuqori sinf o`quvchilari o`rtasida «TURON YO`LBARSLARI» musobaqasi o`tkazildi. Musobaqada maktab jamoalari 9 ta shart bo`yicha bellashdilar. Ushbu shartlar-saf tayyorgarligi , AK-74 o`quv qurolini qismlarga ajratish va yig`ish, 20 metr masofaga arqondan o`tish, Umumqo`shin himoya vositalarini kiyish, Turnikda tortilish, Birinchi tibbiy yordam, temur tuzuklari bilimdoni, mohir mergan va kamondan o`q otish.
Bellasuv natijalariga ko`ra,
1-orin 10-B sinf jamoasi,
2-orin 10-D sinf jamoasi va
3-orin 10-A sinf jamoasi egalladilar.
❇️Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.iss.one/SSinKhanka
#Xonqa_IM. Dars jarayoni.
Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ochiq dars" jarayonlari davom etmoqda. Lavhalarda tabiiy fanlar yo‘nalishidagi 9-D sinfida texnologiya va aniq fanlar yo‘nalishidagi 10-A sinfida rus tili fanidan dars mashg‘ulotlarini ko‘ryapsiz.
O‘qituvchilar: S.Sayfullayeva (texnologiya)
G. O‘ktamboyeva (rus tili)
#Xonqa_IM
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Faxrimiz
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari xalqaro va milliy sertifikatlarini qo'lga kiritmoqdalar.

❇️ CEFR B2 11- sinf Hayitboyev Vali
❇️ CEFR B2 11-sinf Nazrullayev Umrbek
❇️ CEFR B2 9-sinf O'ktamova Gulhayo
❇️ CEFR B2 10-sinf Rustambekov Rajabboy
❇️ CEFR B2 10-sinf Atanazarova Baxtiniso

Maktab jamoasi nomidan o'quvchlarimizni ushbu yutuqlari bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
https://t.iss.one/SSinKhanka