Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
749 subscribers
7.85K photos
562 videos
39 files
1.82K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Rasmiy telegram kanal: @SSinKhanka
Savollar uchun bot: @SSinKhankaBot
Facebook: facebook.com/SSinKhanka
YouTube: https://youtube.com/@PSinKhanka
Download Telegram
#Bugun

20-noyabr – Butunjahon bolalar kuni

BMT 1954-yilgi rezolyutsiyasida barcha mamlakatlarga 20-noyabrni Butunjahon bola kuni sifatida nishonlashni tavsiya etgan.

Shuningdek, 20-noyabr sanasida 1959-yilda “Bola huquqlari haqidagi Deklaratsiya”, 1989-yilda “Bola huquqlari toʻgʻrisida Konvensiya” qabul qilingan.

✔️ Bayram bolalar farovonligini oshirishga, dunyo miqyosida bolalar manfaatlari yoʻlida BMT tomonidan olib borilayotgan ishlarni kuchaytirishga qaratilgan.

🌐Telegram | Facebook
#Bugun

11-Yanvar - Xalqaro "Rahmat" kuni

11-yanvarni yilning eng "xushmuomala" sanasi deb atash mumkin, chunki bu kun Xalqaro rahmat kunidir.

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

✔️29-fevral – kabisa yili har 4 yilda bir marta bo‘ladigan sana. Ushbu noyob sana haqida ba’zi qiziqarli faktlar:


1️⃣“Kabisa” so‘zi arabcha “kabasa” – ya’ni “chuqurni to‘ldirish” fe’lidan olingan. Vaqt o‘zgarishini qoplash uchun taqvimga 29-fevral qo‘shilgan. Kabisa yili har 4 yilda sodir bo‘ladi, lekin har 400 yilda uchta kabisa yili bundan mustasno.

2️⃣Kabisa yilida tug‘ilganlar tug‘ilgan kunini 28-fevral yoki 1-martda nishonlashadi.

3️⃣2000-kabisa yili, dunyo kompyuterlar tizimida Y2K muammosini yuzaga keltirgani bilan yodda qolgan.

4️⃣Tailand va Taiti kabi ba’zi mamlakatlarda kabisa yilida tug‘ilgan bolalar maxsus imtiyoz va huquqlar beriladi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

27-mart - Xalqaro teatr kuni

Inson ma’naviyatini tarbiyalashda teatr san’atining o’rni beqiyos.

🔹 27-mart - Xalqaro teatr kuni 1961-yilda YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida bolib otgan IX kongressida ta’sis etilgan edi.

🔹 Hozirgi kunda jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida 27-mart kuni teatr sanati xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#bugun

10-aprel - Abdulla Qodiriy tug‘ilgan kun

Abdulla Qodiriy o’zbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon.
U 1894-yil Toshkentda tug'ilgan.
Abdulla Qodiriy avvaliga musulmon maktabida (1904-1906), keyin — rus-tuzem maktabida (1908-1012) o‘qib, muvaffaqiyatli yakunlaydi.
1912-yilga kelib, Abdulla Qodiriyning nisbatan birinchi adabiy tarjribalari boshlanadi.
O‘zining ilk nashr etilgan asarlarida - “Xotinboz” (1915) va “Baxtsiz kuyov” (1915) hikoyalarida eski o‘zbek turmushining chizgilari hajviyona ifodalangan. 1915-1917-yillar Qodiriy Abdul Qosim madrasasida arab va fors tillarini astoydil o‘rganadi.
“O‘tgan kunlar” (roman), “Mehrobdan chayon” (roman), “Obid ketmon” (qissa), “Girvonlik Mallaboy”, “Xotinboz”, “Baxtsiz kuyov”, “Millatimga”, “Yovuz ruhlar iskanjasida”.

1937-yilning 31-dekabrida “xalq dushmani” sifatida hibsga olinadi, 1938-yilning 4-oktabr kuni yozuvchi otib tashlangan, o‘limidan so‘ng oqlangan.
#bugun

24-aprel – Xalqaro haykaltaroshlik kuni

Xalqaro haykaltaroshlik kuni 2015-yilda Xalqaro haykaltaroshlik markazi tomonidan tashkil etilgan. U haykaltaroshlikning sanʼat turi sifatida xabardorligini oshirish va odamlarga mashhur haykaltaroshlik durdonalari haqida koʻproq maʼlumot olishga yordam berish maqsadida tashkil etilgan.

Xalqaro haykaltaroshlik markazi 1960-yilda Kanzas universitetida tashkil etilgan, ammo hozirda u Nyu-Jersi shtatida joylashgan. Bu haykaltaroshlikni yaratish va tushunishni rivojlantirish, shuningdek, uning jamiyatga qo'shgan muhim hissasini qadrlashni maqsad qilgan notijorat tashkilotdir.

🌐 Telegram | Facebook
#bugun

15-may - Xalqaro Oila kuni

☀️ Xalqaro oila kuni har yili 15-mayda oilalarning ahamiyati va jamiyatdagi o‘rnini targ‘ib qilish maqsadida nishonlanadi.

BMT Bosh Assambleyasi 1993-yilda oilalar bilan bog'liq muammolardan xabardorlikni oshirish va ularga ta'sir ko'rsatadigan ijtimoiy, iqtisodiy va demografik jarayonlar haqidagi bilimlarni oshirish maqsadida Xalqaro oila kuni deb e'lon qildi.

Shu kuni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan oilalarni qutlash, ularning farovonligini oshirish maqsadida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

18-may - Xalqaro muzeylar kuni

1977-yilda Xalqaro muzeylar kengashida ilk bor xalqaro muzeylar kunini nishonlash masalasi qoʻyildi.

1978-yildan buyon bu kun har yili 18-may sanasida nishonlanadi.

Bugun “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan bu muzeylarning bari barchamizga bepul kirish imkoniyatini beradi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

5-avgust - Oʻzbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tug‘ilgan kun. (1941-2013)

1️⃣ Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da berma, qo‘lingdan keladigan ishga ham va’da berma. Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da bersang, uyatga qolasan, qo‘lingdan keladigan ishni esa va’da bermasdan ham bajarsa bo‘laveradi.

2️⃣ Umuman, odamning aqli doim kechikib kiradi. Biz hamma narsaning qadrini o'zi yo'qolganidan keyin bilamiz. Hatto bir-birimizning qadrimizni ham.

3️⃣ Ish ko‘pligi-yu, vaqt yo‘qligidan nolimang! Vaqt ko‘pligi-yu, ish yo‘qligidan qo‘rqing. Odamni abgor qiladigan narsa bu–bekorchilik!

4️⃣ Keksalarni uzoq umr ko'rganligi uchungina emas, hayot sinovlariga uzoq bardosh bergani uchun ham hurmat qilmoq kerak.

5️⃣ Daraxt bir joyda ko'karadi,deyishadi. To'ppa-to'g'ri, bu gap daraxtlarga juda mos tushadi. Odamlarga emas!

© O‘.Hoshimov

🌐 Telegram | Facebook
#bugun

23-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi YUNESKOga a‘zo bo‘lgan kun

O’zbekiston YUNESKO (BMTning maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti) ga 1993-yilda mustaqil davlat sifatida a'zo bo’lgan va bu tashkilot bilan uning har bir sohadagi ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

18-NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROGʻI QABUL QILINGAN KUN!


🎞18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun.

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

11-yanvar – Qoʼriqxonalar va milliy bogʼlar kuni

Sana 1997-yilda Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish markazi va Butunjahon yovvoyi tabiat fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH) butun dunyoda biologik xilma-xillikni saqlashning muhim markazlari hisoblanadi.

Mamlakatimizda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH) tizimiga 7 ta davlat qoʻriqxonasi, 1 ta milliy bog’, 12 ta tabiat bogiʻ, 11 ta tabiiy yodgorlik, 2 ta buyurtma qoʻriqxonasi, 2 ta biosfera rezervati, “Saygachiy” majmuasi (landshaft) qoʻriqxonasi va "Jayran” ixtisoslashtirilgan ekomarkazi kiradi.

Oʻzbekiston florasida 11000 ga yaqin oʻsimlik, zamburugʻ va suv oʻtlari mavjud boʻlib, ulardan 4300 turi noyob yovvoyi oʻsimliklar, ulardan 8%i endemikdir.
Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 314 oʻsimlik turi mavjud. Respublikamiz faunasi umurtqalilarning 715 turi va umurtqasizlarning 14900 dan ortiq turlarini oʻz ichiga oladi, ulardan 206 turi yoʻqolib ketish xavfi ostida, Qizil kitobga kiritilgan
.
#bugun

6-mart – Mendeleyev jadvali e’lon qilingan kun

⚡️Deyarli hammamiz Dmitriy Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalini tushida ko‘rib kashf qilgani haqidagi gapni eshitganmiz va ilm-fanning eng taniqli atributlaridan biri sifatida Mendeleyev jadvali kimyodan uzoq odamlarga ham tanish narsa, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

6-mart — hammamiz yaxshi biladigan davriy jadval haqida ilm-fan ilk bora xabar topgan kun bo‘lib, bundan roppa-rosa 156 yil muqaddam, ya’ni 1869-yilning shu sanasida Rus kimyo jamiyati majlisida tarixda ilk bora davriy qonun haqida o‘qib eshittirilgan edi.

🌐 Telegram | Facebook