Forwarded from Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning tuman aholisiga bayram tabrigi
Hurmatli Vatandoshlar, qadrli urush va mehnat faxriylari!
Bugungi shonli sana Vatan ozodligi uchun, hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimizni, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasini yod etish maqsadida keng nishonlanadi.
Aziz faxriylarimizning beqiyos qahramonligini insoniyat tarixiga abadiy o‘chmaydigan, buyuk sahifa bo‘lib yozilganini chuqur minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.
Ulug‘ va tabarruk yoshlarga yetib, bugun oramizda sog‘-salomat, duogo‘y bo‘lib yurgan urush va mehnat frontining barcha jangchilariga yana bir bor yuksak mehr va hurmatimni izhor etib, ularning barchasiga chin yurakdan tashakkur aytaman.
Oradan yana qancha yillar, asrlar o‘tmasin, sizlarning fashizmga qarshi ko‘rsatgan matonatingizni xalqimiz hamisha qalbida, xotirasida saqlaydi, bu jasorat yoshlarimiz uchun abadiy ibrat namunasi bo‘lib qoladi.
Doimo sog' va omon bo'ling, bayramingiz muborak bo'lsin!
Hurmat bilan,
Sergeli tumani hokimi
Elbek Shukurov
____
Праздничное поздравление xакима Сергелийского района жителям района
Уважаемые соотечественники! Дорогие ветераны войны и трудового фронта!
Отмечая эту славную дату, мы всегда ощущаем одновременно и великую радость, и бесконечную боль. Мы чтим светлую память наших отцов и дедов, проявивших настоящий героизм в боях и самоотверженно трудившихся в тылу во имя свободы нашей Родины, нынешних мирных дней.
Мы – сегодняшнее благодарное поколение – всегда будем гордиться нашими отважными, как и вы, отцами и дедами.
Ваш славный путь, уважаемые ветераны, ставший неотъемлемой частью героической летописи нашего народа, всегда был и остается для нас достойным примером, мощным источником энергии.
Желаю здоровья, мира и благополучия.
С уважением,
Хаким Сергелийского района
Элбек Шукуров
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning tuman aholisiga bayram tabrigi
Hurmatli Sergeli tumani aholisi, aziz yurtdoshlar!
Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni ezgulik va saxovat ramzi - muborak Qurbon hayiti – Iyd al-Adha bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning chuqur ehtirom va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Ta'kidlash joizki, har bir mahalla, xonadonlardagi tinchlik va obodlik, aholimiz o'rtasidagi o'zaro hamjihatlik va bag'rikenglik muhitini mustahkamlashda Qurbon hayiti singari azaliy bayram va qadriyatlarimizning o'rni beqiyos.
Mana shu ulug' kunda tumanimizda joylashgan 5 ta masjidda ham Qurbon hayiti namozlari o'qilib, yurtimizga tinchlik-farovonlik, rizq-nasiba va xotirjamlik so'rab duolar qilindi.
Aziz tumandoshlar, Sizlarni, butun xalqimizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muborak Qurbon hayiti bilan yana bir bor chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, oilalaringizga xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.
Qurbon Hayitingiz muborak bo'lsin!
Sergeli tumani hokimi
Elbek Shukurov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning tuman aholisiga bayram tabrigi
QADRLI TUMANIMIZ AHOLISI, AZIZ VA MUHTARAM YURTDOSHLAR!
Sizning timsolingizda butun xalqimizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan eng ulug' va eng aziz bayram - mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi bilan chin dildan muborakbod etaman.
Ayni damda o'z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog'lagan, shu elda yashab yurtimiz kelajagi, uning taraqqiyoti uchun munosib hissa qo'shib kelayotgan har bir inson qalbida o'zgacha g'urur va iftixor tuyg'ularini his etish mumkin.
O'tgan davr mobaynida mamlakatimizning dunyo hamjamiyatidagi o'rni, amalga oshirilgan barcha islohotlar mustaqilligimizning yorqin ifodasi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Barchamiz uchun muqaddas zamin Vatanimiz istiqloli uchun kurashgan, jon bergan ota-bobolarimiz, ajdodlarimiz timsolida ham bu bayram Biz uchun eng aziz va eng ulug' ayyom sifatida qadrlanadi. Mustaqilligimiz, erkimiz doimo yurtimizga, yurtdoshlarimizga hamroh bo'lsin.
Siz, azizlarni O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga baxt-u saodat, fayz-u baraka tilayman.
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Sergeli tumani hokimi
Elbek Shukurov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
#Navróz_ayyomi
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning tuman aholisiga bayram tabrigi
HURMATLI SERGELI TUMANI AHOLISI, AZIZ YURTDOSHLAR!
Jonajon yurtimizga yasharish, bahor va go‘zallik bayrami – Navro‘zi olam kirib kelmoqda.
Ana shu qutlug‘ ayyom – Sharqona yangi yil bilan siz, muhtaram otaxon va onaxonlarni, munis opa-singillarimiz, do'st-u birodarlarimizni va butun xalqimizni chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.
Navro‘z qadriyatlari – odamlarning dard-u tashvishi bilan yashash, keksalarga hurmat, muhtoj insonlarga e’tibor va yordam ko‘rsatish kabi yaxshiliklarni ifodalaydi.
Tumanimizdagi bayram tantanalarida ham xalqimiz naqadar samimiy va betakror urf-odatlarga, beqiyos an'analar egasi ekanligiga yana bir bor amin bo'ldim. Sizlarning quvonchingiz, tabassum va rozilik kayfiyatingizdan juda katta kuch oldik va shijoat bilan xizmat qilishda davom etamiz.
Yurtimizning mana shunday tinchlik va osoyishtaligiga, xalqimizning baxt-u saodatiga ko'z tegmasin. Doimo YURTIMIZ TINCH, XALQIMIZ OMON bo'lsin.
Boshlanayotgan yangi mavsum, yangi marralar, yangi muvaffaqiyatlar barchamizga qutlug' bo'lsin.
NAVRO'Z AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!
Sergeli tumani hokimi
Elbek Shukurov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning tuman aholisiga bayram tabrigi
QADRLI TUMANIMIZ AHOLISI, AZIZ VA MUHTARAM YURTDOSHLAR!
Sizning timsolingizda butun xalqimizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan eng ulug' va eng aziz bayram - mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi bilan chin dildan muborakbod etaman.
Ayni damda o'z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog'lagan, shu elda yashab yurtimiz kelajagi, uning taraqqiyoti uchun munosib hissa qo'shib kelayotgan har bir inson qalbida o'zgacha g'urur va iftixor tuyg'ularini his etish mumkin.
Mustaqilligimiz, erkimiz doimo yurtimizga, yurtdoshlarimizga hamroh bo'lsin.