SamDVMCHBU BIRINCHI PROREKTORI
1.56K subscribers
22.8K photos
1.65K videos
36 files
2.32K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
#Savodxonlik

Qavslar, qo‘shtirnoq va nuqta

😎1. Agar qavslar ichida to‘liq gap bo‘lsa, nuqta uning ichida qo‘yiladi:

(Bu mana bunday ko‘rinishda yoziladi.)

😎2. Agar gap qo‘shtirnoq ichida yozilsa, nuqta uning tashqarisida bo‘ladi.

«Misol uchun, mana bu ko‘rinishda».

🏛@SDVUM_olami
👍3
#Savodxonlik

🗣️Davo yoki daʼvo?

Bu ikki soʻzni adashtirmaslik kerak.

DAVO — biror beʼmorning shifo topishi uchun qoʻllaniladigan vosita, dori-darmon, iloj:
Dardni bergan davosini ham beradi.
Asal ming dardga davo.

Davo qilmoq — davolamoq, muolaja qilmoq, koʻchma maʼnoda esa yordam qilmoq maʼnosida ishlatiladi.

DAʼVO — (1) haq-huquqlar buzilgan paytda ularni himoya qilish maqsadida qilinadigan arz, shikoyat, murojaat:
Men hokimning qarori ustidan daʼvo qilaman.
(2) oʻzi noloyiq boʻlgan lavozim, fazilat, xususiyat yoki boshqa biror narsaga iddao qilish, talab qilish:
qarindoshlarim uyimga daʼvo qilishmoqda.
Anavi kishi olimlikni daʼvo qilyapti.


© xatoliklar

🔷Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
🔥3🏆1
#Savodxonlik

Avf / afv

Afv asli arabcha soʻz boʻlib, afvun — kechirmoq soʻzining oʻtgan zamon afava shaklidan hosil boʻlgan. Oʻzbek tilida f va v tovushlarini ketma-ket talaffuz qilish noqulay boʻlgani uchun ogʻzaki nutqda bu harflarning joyini oʻzgartirib — avf deb talaffuz qilinadi. Lekin imloda bunday yozilmaydi.

Avf
Afv

©️xatoliklar

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
👍21🔥1👏1
#Savodxonlik

🗣️Davo yoki daʼvo?

Bu ikki soʻzni adashtirmaslik kerak.

DAVO — biror beʼmorning shifo topishi uchun qoʻllaniladigan vosita, dori-darmon, iloj:
Dardni bergan davosini ham beradi.
Asal ming dardga davo.

Davo qilmoq — davolamoq, muolaja qilmoq, koʻchma maʼnoda esa yordam qilmoq maʼnosida ishlatiladi.

DAʼVO — (1) haq-huquqlar buzilgan paytda ularni himoya qilish maqsadida qilinadigan arz, shikoyat, murojaat:
Men hokimning qarori ustidan daʼvo qilaman.
(2) oʻzi noloyiq boʻlgan lavozim, fazilat, xususiyat yoki boshqa biror narsaga iddao qilish, talab qilish:
qarindoshlarim uyimga daʼvo qilishmoqda.
Anavi kishi olimlikni daʼvo qilyapti.


© xatoliklar

🏛@SDVUM_olami
👍2
#Savodxonlik

Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalariga koʻra, tegmoq soʻzining oʻzagi teg boʻlgani bilan, unga sifatdosh shaklini yasovchi -gan qoʻshimchasi qoʻshilsa, talaffuzda ham, yozuvda ham tovush jarangsizlanadi.

-gach, -guncha, -gudek qoʻshimchalari ham shu qoidaga boʻysunadi:

Тег + ган =
Тегган
Теккан

Lotin yozuvining yangi qoidalari esa yuqoridagi soʻzning jarangsizlanishini faqat talaffuzda saqlanib qolishini, imloda esa harf oʻzgarmasligini (Teggan) koʻzda tutgan ekan.
Ahamiyat bering!
Tekkan
Teggan

✍️ xatoliklar

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami