Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal
746 subscribers
16.7K photos
1.26K videos
24 files
1.86K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ichki_turizm

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti tyutori Feruz Abdukovulov tomonidan fakultetning 104-guruh talabalari bilan Samarqand shahri bo‘ylab sayohat uyushtiridi.

Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
#Ichki_turizm

MOZIYGA SAYOHAT

Bugungi kungacha O‘zbekistonda yangidan yangi muzeylar tashkil etilib, madaniy hayotimizning uzviy qismiga aylandi. Ularning ichida Samarqand shahridagi "Oʻzbekiston madaniyati va tarixi" davlat muzeyi alohida ahamiyatga egadir. Ushbu muzey Oʻzbekiston tarixi madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettiradi.

Yosh avlodni tariximizga, buyuk shaxslarga, ajdodlarimiz merosiga yuksak hurmat va e’tibor ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yilning 19-aprel kunida Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti 3-bosqich 301-guruh talabalari hamda guruh tyutori Ikromov Davron boshchiligida Samarqand shahridagi "Oʻzbekiston madaniyati va tarixi" davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Sayohat mobaynida talabalar Oʻzbekiston madaniyati tarixiga tegishli tarixiy ma’lumotlar bilan tanishishdi.

📌Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ichki_turizm

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqisodiyot fakulteti tyutori D. Matniyazova oʻziga biriktirilgan 1-bosqich talabalar bilan Universitetning tarixiy muzeyiga hamda Samarqand shahridagi Goʻri Amir maqbarasi va Registon ansambliga sayohat qildi.

Sayohat davomida talabalar universitetning boy tarixi hamda Samarqand shahrining tarixiy qadamjolari haqida koʻplab ma'lumotlarga ega boʻldilar.

🏛@SDVUM_olami
#Ichki_turizm

Malaka oshirish kursi tinglovchilari Samarqand bo‘ylab sayohatda

SamDVMCHBU huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining “Veterinariya laboratoriyalari, VSEL mutaxassislari” yo’nalishi tinglovchilari Samarqand shahrining diqqatga sazovor tarixiy yodgorliklari va muqaddas qadamjolarga sayohati tashkil etildi.

Samarqandning Registon maydonida joylashgan (Ulug‘bek, Tillakori, Sherdor), Bibixonim maqbarasi, Shohi Zinda, Hazrati Xizir, Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov, Xoʻja Doniyor, Maxdumi Aʼzam maqbaralarida sayohatni amalga oshirdilar.

Tinglovchilar sayohatdan maʼnaviy ozuqa olib, shukronalik va ruhiy poklanish tuygʻularini izhor etdilar.

🏛@SDVUM_olami
#Fakultet_yangiliklari
#Ichki_turizm

QADIMIY SAMARQANDIM BO'YLAB SAYOHAT

Samarqand milliy davlatchiligimiz poydevori yaratilgan, qadimiy poytaxt maqomiga ega boʻlgan yirik tarixiy va madaniy markazlarimizdan biri.

2024-yil 5-noyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi o'qituvchisi J.Javmanov va Iqtisodiyot fakulteti tyutori M.Joʻraqulovlar boshchiligida fakultetning 2-kurs talaba-yoshlari qadimiy Samarqand boʻylab sayohat qilishdi.

Talabalar sayohat davomida Registon, Amir Temur maqbarasi yodgorlik majmuasi hamda xalqimiz tomonidan asrlar davomida eʼzozlanib kelinayotgan arxeologik yodgorliklar va meʼmoriy obidalar bilan tanishishdi.

Oʻzining boy tarixi va madaniy merosiga ega boʻlgan Samarqand shahri boʻylab qilingan sayohat talaba-yoshlar xotirasida muhrlangani ayni haqiqat.

🔷Maʻnaviyat Info | Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Ichki_turizm #Sayohat

Joriy yilning 20-21-22-noyabr kunlari Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tomonidan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti bir guruh professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari uchun Xorazm viloyatiga sayohat tashkil etildi
.

Ushbu sayohatda universitetimiz tomonidan borgan professor-oʻqituvchilar va talabalar Xorazmning diqqatga sazovor joylari, xususan Ichan qalʼa, Jaloliddin Manguberdi haykali hamda Yusuf Hamadoniy nomidagi ming yillik masjidga tashrif buyurib, yurtimiz tarixi haqidagi bir qancha qiziqarli ma'lumotlarga ega boʻlishdi.

Sayohatdan maroqli xordiq olib qaytgan universitetimiz ustozlari va talabalari universitet rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildiradi.

🔷Maʻnaviyat Info | Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami 
#Ichki_turizm

Samarqand shahri bo'ylab sayohat tashkil etildi

Betakror yurtimiz o‘zining tarixiy, madaniy meros ob’yektlari, go‘zal tabiati va iqlimi bilan hamisha sayyohlarni jalb etib keladi.
Turizm imkoniyatlari keng bo‘lgan mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari va ichki turizmni yanada ommalashtirish maqsadida "Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport" kafedrasi o‘qituvchisi Sultonova Ozoda Rajovna hamda "Agrotexnologiya" fakulteti tyutori Adizova Nigora Narzullayevna rahbarligida fakultetning bir guruh talaba-yoshlari Samarqand shahri bo‘ylab sayohat qilishdi.

Sayohat davomida sayohatchilar Bibixonim maqbarasi, Hazrati Xizr masjidida bo‘lishdi hamda xalqimiz tomonidan asrlar davomida eʼzozlanib kelinayotgan arxeologik yodgorliklar va meʼmoriy obidalar bilan tanishishdi.

🏛@SDVUM_olami
#DIQQAT_SAYOHAT #ICHKI_TURIZM

Iqtisodiyot fakulteti 2-bosqich talabasi Ergashboyev Minghojiddin “TA'TILDA YURTIM BO'YLAB SAYOHAT!” nomli fotosuratlar loyihasi ishtirokchisi.

Minghojiddin Samarqand shahridagi "Boqiy shahar" majmuasi bo'ylab sayohat qildi.


🏛@SDVUM_olami
#DIQQAT_SAYOHAT #ICHKI_TURIZM

Iqtisodiyot fakulteti 2-bosqich talabasi J.Yaxshilikov “TA'TILDA YURTIM BO'YLAB SAYOHAT!” nomli fotosuratlar loyihasi ishtirokchisi.

Samarqand shahrining yuragi boʻlmish "Registon" maydoni bo'ylab sayohat qildi.


🏛@SDVUM_olami
#DIQQAT_SAYOHAT #ICHKI_TURIZM

Agrotexnologiya fakulteti 2-bosqich talabasi O'roqov Quvonchbek “TA'TILDA YURTIM BO'YLAB SAYOHAT!” va "TA'TILDA OILAM DAVRASIDA!" nomli fotosuratlar loyihasi ishtirokchisi.

Quvonchbek do'stlari bilan Samarqand shahri va Toshkent shahrining bayramona bezatilgan majmualari bo'ylab sayohat qildi hamda Yangi yilning shukuhli onlarini oila davrasida mehribon onajoni bag'rida nishonladi🥳

🏛@SDVUM_olami
#Ichki_turizm

HAM SAYOHAT, HAM ZIYORAT


30-yanvar - O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o‘qituvchisi Ozoda Sultanova boshchiligida Biotexnologiya fakultet talabalari Samarqand shahridagi diqqatga sazovor joylarga sayohat qilish barobarida Hazrati Xizr majmuasida ham bo‘lib, Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdi.

Birinchi Prezidentimizning davlatimiz mustaqillikka erishishi va taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlari, Samarqandda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlarini yodga olishdi.

🔷Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
#Ichki_turizm #Ziyorat

SamDVMCHBUning Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti koordinatori Xurramova Sevinch tashabbusi bilan 2- bosqich 202- guruh talabalari ishtirokida talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida  Samarqandning boy tarixi va madaniy merosini oʻrganish maqsadida sayohat tashkil etildi.

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Ichki_turizm

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti tyutori Sh.Xoliqov va S. Musayevalar boshchiligida fakultetning 2 - bosqich talabalari bilan birgalikda Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari va tarixiy obidalariga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar tariximiz haqida koʻplab ma’lumotlarga ega boʻlishdi.


🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
#Ichki_turizm

SamDVMCHBUniversitetining Biotexnologiya fakulteti professor-o'qituvchilari Y.Abdullayeva, H.Zokirjonova, G. Akbarovalar va 4-bosqich talabalari "Ustoz-shogird" an'anasi doirasida talaba yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida Samarqandning boy tarixi va madaniy merosini tanishtirish uchun maftunkor Registon Ansambliga tashrif buyurishdi
.

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami