Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal
739 subscribers
17.4K photos
1.28K videos
24 files
1.89K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik #delegatsiya

🇺🇿🇸🇰 Slovakiya davlatining ikkitata oliy ta'lim muassasasi bilan SamDVMCHBU o'rtasida memarandum imzolandi

Nitra shahridagi Slovakiya qishloq xo‘jaligi universiteti rektori Klaudiya Xalasova va Bratislavadagi Iqtisodiyot va menejment universiteti rektori janob Lubos Cibak bilan uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik va ilmiy aloqalarni yanada kuchaytirishga qaratilgan muhim qadam bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.

Mazkur tashrif doirasida Slovakia davlatining Nitra shahridagi Slovakiya qishloq xo‘jaligi universiteti va Bratislavadagi Iqtisodiyot va menejment universitetlari bilan SamDVMCHBU o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu hujjat kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

🔷Maʻnaviyat Info | Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Xalqaro_hamkorlik

“Yevropa veterinariya ta'limi muassasalari assotsiatsiyasi (EAEVE)” ga a’zo bo‘lish va
hamkorlik boʻyicha (zoom orqali) muloqot oʻtkazildi.

Universitetimiz rektori, professor Xudaynazar Yunusov va professor-oʻqituvchilar bilan birgalikda “Yevropa veterinariya ta'limi muassasalari assotsiatsiyasi (EAEVE)” hamkorlik doirasida va ushbu assotsiatsiyasiga a’zo boʻlish maqsadida muhokamalar oʻtkazildi.

Muloqot davomida ESEVT direktori Professor Pierre Lekeux “Yevropa veterinariya ta'limi muassasalari assotsiatsiyasi (EAEVE)” ga a'zo bo'lish bo'yicha taqdimot qildi va oʻz taqdimotida assotsiatsiyaning kelajagi, maqsadlari va hamkorlik doiralari haqida ma'ruza qildi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_hamkorlik

2024-yil 5-dekabr kuni SamDVMCHBU huzuridagi PKQT va UMO tarmoq markazi direktori, dotsent N.B.Ro‘ziqulov Patrisa Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universitetida «Veterinariya tibbiyotida innovatsion usullar va tadqiqotlar (Innovative methods and research in veterinary medicine)» mavzusida o‘tkazilgan II xalqaro talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasida onlayn formatda tashkiliy qo‘mita a’zosi (tahririyat hay’ati) sifatida ishtirok etdi.

Ushbu xalqaro konferensiyada iqtidorli talaba-yoshlarning sohaga oid bir qator dolzarb ma’ruzalari tinglandi.

🏛@SDVUM_olami
#Xalqaro_hamkorlik

SamDVMCHBU professor-o’qituvchisi Z.B.Mamatova FAO hamkorligida tashkil etilgan
Xalqaro seminarda ishtirok etdi.

BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) hamda Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqaviy baliqchilik va akvakultura komissiyasi tomonidan “Integratsiyalashgan akvakultura tizimi boʻyicha mintaqaviy seminar” bo’lib o’tdi.

🌐Ushbu seminarda Turkiya, Ozarboyjon, Qozog’iston, Qirg’isizton Tojikiston, O’zbekiston, Italiya va Chexiya davlatlaridan mutaxasislar va ekspertlar ishtirok etishdi.

🐟Seminarda mintaqaviy baliqchilik va akvakultura sohasida innovatsion yondashuvlar va tajribalar almashish maqsadida Oʻrta Osiyo baliqchilik sohasi ekspertlari hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi vakillari, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Ular akvakultura tizimlarini yanada samarali va barqaror rivojlantirish bo'yicha muhim fikrlar va tavsiyalar bilan o'rtoqlashdi.

🏛@SDVUM_olami
#Xalqaro_hamkorlik

SamDVMCHBU professor-o’qituvchisi Z.B.Mamatova FAO hamkorligida tashkil etilgan
Xalqaro seminarda ishtirok etdi.

BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) hamda Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqaviy baliqchilik va akvakultura komissiyasi tomonidan “Integratsiyalashgan akvakultura tizimi boʻyicha mintaqaviy seminar” bo’lib o’tdi.

🌐Ushbu seminarda Turkiya, Ozarboyjon, Qozog’iston, Qirg’isizton Tojikiston, O’zbekiston, Italiya va Chexiya davlatlaridan mutaxasislar va ekspertlar ishtirok etishdi.

🐟Seminarda mintaqaviy baliqchilik va akvakultura sohasida innovatsion yondashuvlar va tajribalar almashish maqsadida Oʻrta Osiyo baliqchilik sohasi ekspertlari hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi vakillari, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Ular akvakultura tizimlarini yanada samarali va barqaror rivojlantirish bo'yicha muhim fikrlar va tavsiyalar bilan o'rtoqlashdi.
🌐SSUV_Xalqaro
#Xalqaro_hamkorlik

SamDVMCHBU huzuridagi PKQT va UMO tarmoq markazi direktori, "Ichki yuqumsiz kasalliklar" kafedrasi dotsenti N.B.Ro'ziqulov tomonidan Xitoylik va Qozog'istonlik olimlar bilan hamkorlikda Scopus xalqaro bazasida indeksatsiyalangan Q1 kvartalida mavjud bo'lgan "Zoological Research" xalqaro jurnalida "Whole-genome sequencing reveals genetic architecture and selection signatures of Kazakh cattle" nomli ilmiy maqolasi chop etildi.

Hamkorlarimizga jamoamiz nomida minnatdorchilik bildiramiz.

@SDVUM_olami
#Xalqaro_hamkorlik

Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) xalqaro eksperti Dmitriy Morozov universitetga tashrif buyurdi.

Tashrifdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekistonda veterinariya sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish tizimini baholash va paraveterinarlar tayyorlash tizimini joriy etish imkoniyatlarini baholashdan iboratdir.

Xalqaro ekspert Dmitriy Morozov universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov bilan uchrashib, kelgusidagi istiqbolli rejalar va O'zbekistonda veterinariya ta'lim sohasini yanada rivojlantirish bo'yicha gaplashib olishdi.

🏛@SDVUM_olami
#Xalqaro_hamkorlik

Ayni damda “Chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi ” kafedrasi mudiri Shoxista Ishniyazova Yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturi
xalqaro loyihasi Ochiq oziq-ovqat innovatsiyalar universiteti (OFINU) doirasida yangi oziq-ovqat mahsulotlari va innovatsiyalari bo'yicha zamanovaviy fan dasturlarini o‘rganish hamda malaka oshirish maqsadida Latviyaning Tabiiy fanlar va biotexnologiyalar univrsitetida (LLU) bo‘lib turibdi.

Safar davomida LLU xalqaro markaz boshlig‘i professor Martinish Sabovich va bo‘lim boshlig‘i Victiriya Krishtopani bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Erasmus+ Programme Mobility of higher education students and staff talaba va o‘qituvchilarning mobilligini tashkillashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, ikki OTM o‘rtasida tuzilgan shartnoma doirasida mutaxassislik fanlaridan ma’ruza va laboratoriya-amaliy darslar o‘tildi.

🏛@SDVUM_olami
#Xalqaro_hamkorlik

Xabar berganimizdek, universitetga tashrif buyurgan konsultantlar tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida bajariladigan ishlari yuzasidan ma’lumotlar soha prorektorlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga batafsil tushuntirib o’tildi.

Jumladan, Universitet va uning Toshkent filialida klinik veterinariya xizmatlaridan, xususan, hayvonlarni parvarishlash va sog‘lig‘ini saqlash maslahatlaridan foydalanishni kengaytirish maqsadida amaliy treninglar o‘tkazish, davlat va xususiy veterinariya xizmati veterinariya mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv kurslari materiallarini hamkorlikda ishlab chiqish, tahrir etish va o‘quv treninglari tashkil etish, Toshkent va Samarqand viloyatlarida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqa-ruvchi va qayta ishlovchilariga uslubiy va konsultativ xizmatlar ko‘rsatish nazarda tutilgan.

🏛@SDVUM_olami
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27 noyabrdagi PQ 4538-sonli qaroriga muvofiq, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida “Chorvachilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” loyihasi (Loyiha) amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida xususiy veterinariya amaliyotini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash hamda veterinariya mutaxassislari uchun barqaror uzluksiz ta’lim (VUT) dasturini amalga oshirish maqsadida Italiyaning “OPERA S.r.I” va O‘zbekistonning “Aykan-Invest” MChJ qo‘shma korxonasi Konsultant sifatida jalb qilindi.

Konsultantlar dastlab universitet rektori, professor X.Yunusov qabulida bo’lishib, kelgusida bajarilishi lozim bo’lgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashishdi.

🏛@SDVUM_olami
#Xalqaro_hamkorlik

Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash inkubatori - vivariy ekspertlarda katta taassurot qoldirdi


SamDVMCHBUga tashrif buyurgan Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) ekspertlar guruhi rahbari Veronika Belleman, texnik mutaxassis Ago Partel, texnik va PPR mutaxassisi Susanne Munstermarrn, ta'lim bo'yicha ekspert Tarnilla Alieva, veterinariya va chorvachilik bo‘yicha katta mutaxassis Eran Raizman hamda FAO tashkiloti vakillari tashrifi doirasida universitetda yo‘lga qo‘yilgan megaloyiha doirasida tashkil etilgan, amaliy darslarni o‘tishga mo‘ljallangan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash inkubatori - vivariy va hayvonlar klinikasi bilan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.


🔷Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro ekspertlar o‘quv laboratoriyalari bilan tanishdi

SamDVMCHBUga tashrif buyurgan Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) ekspertlar guruhi rahbari Veronika Belleman, texnik mutaxassis Ago Partel, texnik va PPR mutaxassisi Susanne Munstermarrn, ta'lim bo'yicha ekspert Tarnilla Alieva, veterinariya va chorvachilik bo‘yicha katta mutaxassis Eran Raizman hamda FAO tashkiloti vakillari Jahon banki, Islom taraqqiyot banki hamda Halqaro loyihalar doirasida tashkil etilgan 12 ta laboratoriyalar faoliyati bilan tanishib, o‘quv va laboratoriya darslarida talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi.

🔷Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Xalqaro_hamkorlik

SamDVMCHBUga tashrif buyurgan Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) ekspertlar guruhi hamda FAO tashkiloti vakillari veterinariya mutaxassislari malaka oshirish laboratoriyasida PTSR, UFA tahlillarini o‘tkazuvchi zamonaviy diagnostik usullarni o‘rgatish imkoniyati mavjudligi bilan tanishdi.


🔷Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Xalqaro_hamkorlik

Veterinariya mutaxassislarini tayyorlash jihatlari muhokama qilindi

SamDVMCHBUga tashrif buyurgan Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) ekspertlar guruhi rahbari Veronika Belleman, texnik mutaxassis Ago Partel, texnik va PPR mutaxassisi Susanne Munstermarrn, ta'lim bo'yicha ekspert Tarnilla Alieva, veterinariya va chorvachilik bo‘yicha katta mutaxassis Eran Raizman hamda FAO tashkiloti vakillari universitetning veterinariya sohasi mutaxassislari etkazib beruvchi yetakchi olimlari ishtirokida keyingi 6, 7 yil ichida veterinariya tizimidagi islohotlarning borishi, jumladan
xalqaro standartlarga moslashgan veterinariya mutaxassislarini tayyorlash jihatlarini atroflicha muhokama qilishdi.

Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) ekspertlar guruhi rahbari Veronika Belleman, texnik mutaxassis Ago Partel, texnik va PPR mutaxassisi Susanne Munstermarrn, ta'lim bo'yicha ekspert Tarnilla Alieva, veterinariya va chorvachilik bo‘yicha katta mutaxassis Eran Raizman hamda FAO tashkiloti vakillari
universitetda veterinariya sohasida olib borilayotgan xalqaro, ilmiy va o‘quv ishlari, o‘quv xonalari va laboratoriyalar kabi yaratilgan sharoitlarni baholash maqsadida SamDVMCHBUga tashrif buyurdi.

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
#Xalqaro_hamkorlik

AQSHning CNFA tashkiloti vakillari SamDVMCHBUda


Prezidentimizning “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-187-sonli qaroridagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligini rivojlantirish orqali barqarorlik va farovonlik” loyihasi doirasida AQShning CNFA tashkilotining Nino Kobaxidze boshchiligidagi vakillari SamDVMCHBUga tashrif buyurdi.

Universitet faollar zalida mehmonlar va universitet rektori, professor X. Yunusov boshchiligidagi universitet jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tashkilotning maqsadi haqida so‘z borib, malaka oshirish va ta’limda qishloq aholisiga kasbiy malaka oshirish va yangi texnologiyalarni o‘rgatishga qaratilgan dasturlar, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, suvni tejash va bog‘dorchilikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda grant mablag‘larini ajratish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

🏛 @SDVUM_olami
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro hamkorlik - yangi marralar sari yoʻl

Ayni kunlarda Universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori O.Achilov, Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi mudiri Sh.Ishniyazova Polsha Respublikasida xizmat safarida bo’lib, Krakow qishloq xo’jalik universiteti vakillari bilan hamkorlik masalarini muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar qishloq xo‘jaligi ta’limi va tadqiqotlarini rivojlantirish, universitet professor-o’qituvchilari tomonidan Krakow universitetida ma'ruzalar o‘tish va ikki tomonlama hamkorlikda ish olib borib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Mazkur hamkorlik universietimizning qishloq xo‘jaligi sohasida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami