🎯 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida CS:GO (Counter-Strike: Global Offensive) bo‘yicha kibersport musobaqasi bo‘lib o‘tdi!🎮 Turnir davomida yoshlar o‘zlarining strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoaviy hamjihatlikdagi salohiyatlarini namoyish etishdi.
🕹 Bellashuvlar shiddatli va qiziqarli muhitda o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun astoydil harakat qildi va o‘yinlar yuqori texnik saviyada tashkil etildi.
📌Mazkur tadbir talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni raqamli savodxonlik va zamonaviy texnologiyalar asosida faollikka chorlash maqsadida tashkil etildi.
#Dolzarb90kun #TIQXMMI #CSGO #KiberSport #YoshlarFaol #Esport😁''TIQXMMI''Milliy tadqiqot universiteti rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalari:
📝 Telegram |📝 Facebook |💻 Instagram |🎞 YouTube |🐧 X |✅ Linkedin