Rustam MIRVOHID ijodi
595 subscribers
480 photos
213 videos
2 files
186 links
Gap ostida qolmay desang - so'z ustida ishlash kerak...

Muallifga savollaringiz, taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ushbu manzilga yoʻllashingiz mumkin.👇

@I_Rustam_murojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat

Qatarda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida Yaponiyadan tashrif buyurgan futbol muxlislari o‘zlari bilan nafaqat o‘zining sektorida balkim boshqa sektordagi chiqindilarni ham tozalab ketishmoqda.

Mana, yetuk xalq madaniyati! Ofarin!

Endi haqli savol tug'iladi: bizchi?!


@Rustam_MIRVOKHID
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza

Mashhur jurnalist Sherzodxon Qudratxo'ja yaqinda "Oriat dono" radiokanalida bergan intervyusida milliy mintalitetimizdagi asosiy nuqsonlardan biri - "dasturxon diplomatiyasi" haqida eksklyuziv fikr bildirgan.

Xulosa o'zingizdan!

@Rustam_MIRVOKHID
​​#tavalludayyomi

Tanga


Bitta cholni ko‘rdim sahroda,
Peshonasi yaltirar terdan.
Qum titkilab, issiq havoda
Tangasini axtarar yerdan.

Quyosh nuri so‘ngunicha to,
Ko‘rinmadi yilt etgan narsa.
Chol zorlandi: “Topib ber, Xudo,
Shu tangamni, iloji bo‘lsa.

Nahot shunday chorasiz qolsam,
Mo‘ʼjiza qil, tangamni topay.
Shubha uyg‘otmagin ushbu dam,
Borligingga butkul ishonay”.

Bir chekkada yig‘layman tinmay,
Ko‘z oldimdan ketmaydi bu hol.
Nahot hozir tangasin topmay
Yaratgandan yuz o‘girsa chol.

Qo‘rqib ketdim, axir keksa jon,
Yuragimdan o‘tdi bir tuyg‘u.
Bitta tanga otdim chol tomon -
Seni yo‘q deb o‘ylamasin u.

©Bobur Elmurod

P/s: Bugun do‘stimiz, safdoshimiz Bobur Elmurodning tug‘ilgan kuni. Boburning o‘zi va so‘zi haqida gap ketsa xayoldan dastavval "samimiy" va "falsafiy" degan sifatlar yilt etib o‘tadi. Bunga yorqin misol - yuqoridagi sheʼr!
Suratga eʼtibor bering: suratkash Boburni ko‘plar qatorida alohida tanlab suratga olgan.
Boburjon, doim shunday tanlanganlar oldqatorida bo‘ling! Anchadan beri yangi ijod namunalarini eʼlon qilmayapsiz! Yetar endi )! Ayyom muborak!


@Rustam_MIRVOKHID
#tungimutolaa

​​SIZNING SHAXSIY FARISHTANGIZ

Siz tug'ilguningizcha, tug‘ilganingizda va siz qancha ulg'aysangiz-da, doim jon kuydirgan farishta haqidagi hikoya.
Siz bu farishtani Ona deb bilasiz!

Onamning faqat bitta ko'zi bor edi. Undan uyalardim. Chunki, bir ko'z bilan juda xunuk ko'rinardi.
U oilani boqish uchun talabalar va o'qituvchilarga ovqat pishirardi. Boshlang'ich maktabda o'qirdim, bir kuni onam ko'rgani keldi. Men juda xijolat bo'ldim. Unga e'tibor bermadim va sinfdoshlarim bizni birga ko'rib qolmasin deb yugurib qochib kettim. Ertasi kuni maktabda sinfdoshlarimdan biri: "Eee, onangning faqat bitta ko'zi bor ekan-da!" deb barchani oldida ustimdan kuldi. O'sha daqiqalarda shu darajada mulzam bo'lgan edimki, hatto jonimga qasd qilishga ham tayyor edim. Onamni esa ko'rishga ko'zim qolmagandi. O'sha kuni uyda unga duch kelishim bilan dedim: "Agar meni kulgiga qoldirmoqchi bo'lmasangiz, nega o'lib qo'ya qolmaysiza?." Onam javob bermadi. Aytganlarim haqida bir soniya ham o'ylab o'tirmadim, chunki, g'azabim to'lib-toshgandi. Uning his-tuyg'ulariga esa mutlaqo befarq edim. Men bu uydan ketmoqchi va u bilan aloqalarni butkul uzmoqchi bo‘ldim. Shunday qilib, juda qattiq o'qidim va chet elga o'qish uchun borish imkoniyatiga ega bo'ldim va kettim.
Keyinchalik men uylandim. O'zimga uy sotib oldim. Bolalarim bor edi, hayotim, bolalarim va turmushimdan mamnun edim. Bir kuni kutilmaganda onam meni qidirib manzilimni topib keldi. Ko'p yillar davomida ko'rmagan va nevaralari bilan ham uchrashmagan edi. Bolalarim onamni eshik oldida ko'rib uning ustidan kulishdi, men esa ogohlantirmasdan kelgani uchun unga baqirib yubordim: “Uyimga kelib, bolalarimni qo‘rqitishga qanday jur’at ettingiz?” Bu yerdan keting hoziroq!.”
Bunga ham onam jimgina javob berdi: "Oh, juda afsusdaman. Manzilni noto‘g‘ri olgandirman, — dedi va ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Bolalarim esa ularning buvilari ekanligini bilmadilar ham.
Bir kuni uyimga o'zim o'qigan maktabda sinfdoshlar uchrashuvi bo'layotganligi haqida taklifnoma xati keldi. Xotinimga xizmat safariga ketyapman deb aldadim. Uchrashuvdan so'ng qiziqib yoshligim o'tgan eski kulbaga bordim. Qo‘shnilarim onamni yaqindagina vafot etganini aytishdi va onam menga tashlab ketgan xatni berishdi:
"Mening bolajonim. Seni doim, har nafasimda o'ylayman. Sening haqqinga doim duodaman. Bir umr baxtli hayot kechirishingni Yaratgandan so'rayman.
Ogohlantirmasdan uyinga borib, bolalaringni qo'rqitib yuborganim uchun men ahmoqni kechir. Uchrashuvga kelayotganingni eshitib, juda xursand bo'ldim. Lekin, seni ko'rish uchun to'shakdan turolmadim. Seni uzoqdan bo'lsa-da, yana bir-bor ko'rishni juda-juda xohlayman. Seni juda sog'inganman. Yoshligingda meni deb doim sharmanda bo'lganingdan afsusdaman.
Eslayolmaysan... juda kichkina eding, baxtsiz hodisaga duch kelding va ko'zingdan ayrilding. Ona sifatida bir ko'z bilan ulg'ayishinga toqat qilolmadim va senga o'z ko'zimni berdim.
Ana shu ko‘z orqali men uchun butunlay yangi dunyoni ko‘rayotgan o‘g‘lim - sen bilan faxrlanardim.
Mendan rozi bo'l!
Seni jonidan ortiq ko'ruvchi Onang...".

Ingliz tilidan Aziz Azizov tarjimasi.


@Rustam_MIRVOKHID
IQROR

                                   Zarrot aro har zarraki bor – zikringga zokir,
                             Amtor aro har qatraki bor –  hamdingga go‘yo.
                                                         
                               Alisher Navoiy



Har bo‘yoqda sening ranging bor,
Har tovushdan kelgaydir sasing.
Har uchqunda yaltiraydursan,
Har tomchida ko‘rinar  aksing.

Muhring bordir har bir zarrada,
Har qarichda namoyondirsan.
Har hodisdan ko‘hnasan butkul,
Va har nedan navqirondirsan!

Qayon boqmay duch keldim takror,
Borliq sendan iboratmi yo ?
Bu dunyo ham sening g‘ishtingdan –
Bino bo‘lgan imoratmi yo ?!

Sendan qochib qayga ketaman,
Qochgan sari – Senga yetaman!

@Rustam_Mirvokhid
Audio
IQROR

©Rustam Mirvohid

🎙She'rni muallif o‘qigan

@Rustam_Mirvokhid
​​#tungimutolaa

BIR STAKAN SUT

Och qornini to‘yg‘azish uchun uyma-uy tilanchilik qilayotgan yosh bir kambag‘al bola qo‘shni uydan ovqat so‘rashga qaror qildi. Biroq eshikni yoshgina juvon ochgach, xijolat tortib, ovqat o'rniga faqatgina bir stakan suv so'radi. Ayol uni ochligini bildi, shuning uchun unga katta stakanda sut olib chiqdi. Bola sekin-asta ichdi-da, keyin “sizdan qancha qarzim bor?” deb so‘radi.
“Mendan hech qanday qarzingiz yo'q. Onam bizga hech qachon mehr-muruvvat uchun haq olmaslikni o'rgatgan” - deb javob berdi ayol. “Unday bo‘lsa, chin yurakdan rahmat aytaman”, dedi bola.
Yillar o'tib, o'sha yosh ayol og'ir kasal bo'lib qoldi. Mahalliy shifokorlar uni davolay olmagani uchun uni katta shaharga jo'natishdi va uning kam uchraydigan kasalligini o'rganish uchun mutaxassislarni jalb qilishdi.
Xovard Kelli ismli doktorni konsultatsiyaga chaqirishdi. Doktor ayol kelgan shaharning nomini eshitgach, uning ko'zlarida g'alati yorug'lik paydo bo'ldi. Shu zahoti u o'rnidan turdi va kasalxona koridoridan uning xonasiga tushdi. U uni darrov tanidi.
Doktor Kelli maslahat xonasiga qaytib, uning hayotini saqlab qolish uchun qo'lidan kelganini qilishga qaror qildi. O'sha kundan boshlab u bu ishga alohida e'tibor qaratdi. Uzoq kurashdan so'ng kasallik ustidan g'alaba qozonildi! Doktor Kelli buxgalteriyadan jami xarajatlar uchun chekni o'ziga berishlarini so'radi. Chek taqdim qilinadigan konvert ichiga nimadir yozdi-da, uni ayol yotgan xonaga jo'natdi. Ayol uni ochishdan qo'rqib ketdi, chunki u bularning barchasini to'lash uchun umrining oxirigacha ishlasa ham to'layolmasligiga amin edi.
Nihoyat u konvertni ochdida qog'ozning chetida “Bir stakan sut bilan to'liq to'langan…” degan yozuvni o'qib shu zahotiyoq ko‘zlari jiqqa yoshga to'ldi...

Ingliz tilidan Aziz Azizov tarjimasi.

@Rustam_Mirvokhid
​​ONANING KO‘ZI UCHSA...

Ko‘z uchar... qovoqlar titraydi tinmay,
Ona farzandidan xavotir olar.
Bir balo sharpasin go‘yo sezganday,
Ul-da o‘z vujudin qiynoqqa solar.

Ko‘z uchar... ha, ona chidolmay oxir
Sim qoqar o‘g‘li-da bergan raqamga.
So‘ng... aytar: “sening ham farzanding bordir?!”
“...Xizmatdan tashqari...” degan sanamga.

Ko‘z uchar... telefon jiringlar... ona
Go‘shakni oladi... titraydi tizza...
Jim turar... u yoqdan: “Allo, hoy, aya,
Bu men Hasanboyman, yaxshimisizlar?”

Sokin eshitdiyu o‘g‘lini, birdan
Tanaga jon qaytdi, yuzlariga qon.
Odamzod, buncha ham tuyg‘uga boysan,
Bunchalar ham hassos yaralding, Inson?!

Xavotir! Beshafqat tuyg‘usan g‘oyat,
Tog‘dayin bardosh ham qarshingda ojiz.
Mayli, kimning ko‘zi uchsinu, faqat
Volidalar ko‘zi uchmasin hargiz!.

2011 yil

©Rustam Mirvohid

@Rustam_Mirvokhid
Audio
​​ONANING KO‘ZI UCHSA...

©Rustam Mirvohid

🎙She'rni muallif o‘qigan

@Rustam_Mirvokhid
"JANON" DAVRA BO'LDI...

Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida kamina va shogirdimiz Navoiylik Alisher hamrohligida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Ijod maktabi o'quvchilari tomonidan she'rlarimiz o'qildi, abadiyotga taalluqli adabiyot mavzusida qizg'in savol-javoblar bo'ldi, Ustozlar haqida ibratli xotiralar aytildi, so'zlar sozlarga ulandi, kitoblar ulashildi, xullas, "janon" davra bo'ldi.
Fursatdan foydalanib, taklif etganlari uchun Maktab ma'muriyati va mutasaddilariga o'zimizning chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz.

@Rustam_Mirvokhid
Izohga hojat yo‘q...

@Rustam_MIRVOKHID
Siz menga keraksiz,
Men Sizga keraksiz...

Rauf Parfi

Xayrli kun, azizlar! Hamisha bir-birimizga kerak bo‘lish nasib etsin!

@Rustam_MIRVOKHID
​​USTOZ

Ustoz degani ulkan qalb degani, birodar,
Mustahkam asab, nozik ta’b degani, birodar.
Har sohani tomiru hayotni yurak, desak,
Undan bunga qon haydar zarb degani, birodar.

Ustoz degani senga murg‘ak chog‘ingdan hamdam,
Aqling piligiga o‘t ulashguvchi bir shamday,
Sochlaringni taft ila silaguvchi kaft hamda
Peshonangdan jim o‘par lab degani, birodar.

Ustoz degani, xullas, hurmati g‘oyat kabir,
Ma’rifat uchun qalqon, jaholat uchun jabr,
Bu Zotlarning Allohga yaqinligi bor, axir,
“Murabbiy”ning o‘zagi “Rab” degani, birodar.

©Rustam Mirvohid

@Rustam_Mirvokhid
Audio
USTOZ

©Rustam Mirvohid

🎙She'rni muallif o‘qigan

@Rustam_Mirvokhid