Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
409 subscribers
12.2K photos
1.28K videos
24 files
4.34K links
Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
Download Telegram
Navoiy viloyati

QIZILTEPA TUMANIDA DXSHGA BERILGAN SUG‘ORISH TIK QUDUQLARNING ELEKTR ENERGIYASI QUYOSH PANELLARIDAN OLINMOQDA

Qiziltepa tumanida yagona iste’molchiga xizmat qiladigan 9 dona sug‘orish tik quduqlari elektr energiya xarajatlarini ushbu quduqlardan foydalanuvchi fermer xo‘jaliklari hisobidan qoplash sharti bilan Davlat xususiy sheriklik asosida xususiy sheriklarga foydalanishga berildi.

Bugungi kunda 2 ta xususiy sheriklar o‘z hisobidan 2 dona sug‘orish tik qudug‘iga umumiy quvvati 25 kVt.soat bo‘lgan hamda 7 ta xususiy sheriklar kredit mablag‘lari hisobidan 7 dona sug‘orish tik quduqlariga umumiy quvvati 702 kVt.soat bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi.

Ushbu o‘rnatilgan quyosh panellari hozirda 9 680 kVt.soat ortiqcha elektr energiyasini tarmoqqa uzatib bermoqda.

Quyi Zarafshon ITHB matbuot xizmati

https://t.iss.one/QuyiZarafshonITHB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy viloyati

Qiziltepa tumanida DXSHga berilgan sug‘orish tik quduqlariga xususiy sheriklar tomonidan o‘rnatilgan quyosh panellaridan videolavha.

Quyi Zarafshon ITHB matbuot xizmati

https://t.iss.one/QuyiZarafshonITHB
👍2
#hayot _haqiqati _

Hеch qachon tushuntirishga vaqt sarflamang. Odamlar eshitishni xohlagan narsalarini eshitishadi.

✍️ Entoni Xopkins
Kanalimiz ko‘zatuvchilari O‘zbekiston Xalq shoiri Iqbol MIRZOdan "achchiq" she’r. Ushbu she’rni o‘qigan har bir inson o‘zida va yon atrofidagi jarayonlar ko‘z oldida namoyon bo‘ladi. To‘g‘rimi nima deysizlar?

JADIDLAR

Taqdir erkalatgan qizlar, yigitlar
Sohilda sayr qilib, atirgul hidlar.
Xayolchan boqadi g‘oziy shahidlar...
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Shaxsiy namuna yo‘q, chunki Ibrat yo‘q,
Olimlar juda ko‘p, bitta Fitrat yo‘q,
Shu sabab majol bor, kuch bor, qudrat yo‘q,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Ular g‘isht qo‘ygan, biz toshlar otamiz,
Ular so‘z yig‘ganlar, biz gap sotamiz,
Ular kun kutgan, biz oylik kutamiz,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Tavallo, Qodiriy, Cho‘lponlar qayda?
Hamzaxonlar qayda, Usmonlar qayda?
Og‘iz juda katta, yuraklar mayda,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

O‘shalar bizlarning bobolarmikan?
Bizdan o‘zlarini topolarmikan?
Bizni nabiram deb tan olarmikan?
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Ular maktab qurgan, biz uy quramiz,
Ular g‘oya surgan, biz o‘y suramiz.
Yoppa tomoshabin bo‘lib turamiz,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Qopog‘on davr edi, qattol, qatag‘on,
Otilib chiqqanni shartta otag‘on...
Bugun yuki yengil tuya yotag‘on...
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

O‘ziga kelmaydi o‘zdan ketganlar,
Ixlos qo‘yib shayton dumin tutganlar...
Qani yurt deb o‘zini unutganlar?
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

She’r avjida birdan qalam sekinlar,
Buyuk ustozlarim nima derkinlar?
So‘nggi jadid edi Abdulla, Erkinlar...
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Ufqqa urilib, qaytib kelgan o‘q
Mening yuragimni teshib o‘tgan cho‘g‘.
Muallimlar serob, Avloniylar yo‘q.
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Ta’lim-tarbiyani najot bilganlar,
Ilmiga o‘zlari amal qilganlar.
Qarang, amal deb o‘z jonin yulganlar,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Maishat, to‘y, hasham bosh maqsad hamon,
Gapdan boshqa gap ham bor, ey qadrdon!
Hamma zamonda ham kelmaydi zamon,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

Zanglagan zehnimni charxlab beradigan,
Umrim savdosini narxlab beradigan,
Shu she’rni o‘g‘limga sharhlab beradigan
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.

O‘zbekiston Xalq shoiri Iqbol MIRZO ijodidan
👍4
Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Sadinov Otabek Saloydinovichning Navoiy viloyat suv xo‘jaligi tizimi xodimlariga

M U R O J A A T I


Korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, jamiyat rivojini kafolatlaydi!

Hurmatli hamkasblar, suv xo‘jaligi tizimining fidoiy xodimlari!

Barchamizga ma’lumki, korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Davlatimiz rahbari ushbu illatning naqadar xavfli ekanligini takror va takror ta’kidlashi bejiz emas.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali va ta’sirchan yo‘li bu – faoliyatning har bir bosqichida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlashdir. Jumladan, Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va uning tizim tashkilotlarida ham ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi:

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tashkil etildi.

Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.

Korrupsiya holatlari haqida xabar berish uchun “Ishonch telefoni”, Telegram va Facebook ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida aloqa kanallari, elektron pochta manzillari, rasmiy veb-saytning uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlar, unga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirish masalalari, xodimlarning odob-axloq qoidalari kabi mavzular bo‘yicha xodimlarning huquqiy bilimlari oshirilib borilmoqda.

Xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga, xodim mehnat shartnomasi bo‘yicha o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda, korrupsiyaviy hatti-harakatlarda qatnashmaslik, o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik kabi qator majburiyatlar bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar ro‘yxati, ayrim funksiyalar bo‘yicha xavf-xatarlarning birlashgan xaritasi, korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan xodimlar faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari ro‘yxati, korrupsion xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, ijroga qaratildi.

Boshqarma va uning tizim tashkilotlaridagi barcha xaridlar “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat xaridlarining maxsus elektron portali orqali amalga oshirilmoqda.
Ishga qabul qilish jarayonlari ochiq, oshkora va shaffof tanlov asosida tashkil etilmoqda.

Hurmatli hamkasblar!

Korrupsiyaga qarshi kurashish — bu faqat nazorat organlarining vazifasi emas. Bu har birimiz – rahbarmi, muhandismi, mutaxassis yoki mirobmi – hammaning shaxsiy burchi va mas’uliyatidir!

Halollik – bu har bir suv xo‘jaligi tizimi xodimining “tashrif qog‘ozi” bo‘lmog‘i lozim. Fidoyi, halol va o‘z vazifasiga vijdonan yondashadigan insonlar bor joyda tizim barqaror, natija samarali va eng muhimi xalq rozi bo‘ladi.

Korrupsiyaga qarshi murosasiz bo‘laylik!

Kelajak avlod uchun toza muhit yarataylik!
🔥31👍1
Navoiy viloyati

“2-1D” XO‘JALIKLARARO KOLLEKTORIDA TA’MIRLASH-TIKLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

Qiziltepa tumani “O‘rtacho‘l” hududida joylashgan “2-1D” xo‘jaliklararo kollektorida ta’mirlash-tiklash bo‘yicha yirik loyiha amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha hududning melioratsiya tizimini tubdan yaxshilash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yashilash va sho‘rlanishini oldini olish maqsadlariga qaratilgan.

Shu maqsadda, “2-1D” xo‘jaliklararo kollektorining 70,3 km uzunlikdagi qismida ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

Ushbu ta’mirlash-tiklash ishlariga pudratchi tashkilot sifatida “Qiyqim memori” xususiy korxonasi tanlangan bo’lib, bugungi kunga kollektorning 10,1 km qismida ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirildi.

Quyi Zarafshon ITHB matbuot xizmati

https://t.iss.one/QuyiZarafshonITHB
#Kun_iqtibosi

Kim ilmsiz amal qilsa, isloh qilgan narsasidan ko‘ra, barbod qilgan narsasi ko‘proq bo‘ladi.

✍️Jaloliddin Rumiy
#BUGUN_TUGʻILGAN_KUN

Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, muhtaram Prezident!

🇺🇿Bugun, 24-iyul - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan.

Davlatimiz rahbari 68 yoshni qarshilamoqda.

Quyi Zarafshon ITHB matbuot xizmati

https://t.iss.one/QuyiZarafshonITHB
2👍1🔥1
Forwarded from Suv xo'jaligi vazirligi
Mutolaa

"Yangi O‘zbekiston" gazetasining bugungi sonida Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayevning
"TARAQQIYOT MOHIYATIDA HAYOTDAN ROZILIK HISSI BOR"
sarlavhali maqolasi chop etildi.
Forwarded from Suv xo'jaligi vazirligi
Yangi O'zbekiston №150L.pdf
33.7 MB
Gazetaning to‘liq elektron varianti bilan shu yerda tanishasiz.
#2025_йил_1_августдан

🪙 Қонунчиликка кўра, бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи ва стипендиялар миқдори 10 фоизга оширилади. Бунда:

🔹 меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – ойига 1 271 000 сўм;

🔹 базавий ҳисоблаш миқдори – 412 000 сўм этиб белгиланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Navoiy viloyati

ELEKTR ENERGIYASIDAN SAMARALI FOYDALANISH — HAYOTIY ZARURAT

Bugun Qiziltepa tumanida joylashgan “Malikcho‘l” nasos stantsiyasida elektr energiyasidan samarali foydalanish va iqtisod qilish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda ishtirokchilarga nasos stantsiyalarida elektr energiyani iqtisod qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

“Malikcho'l” nasos stantsiyasining 2024-yilgi elektr energiya limiti 1,663 mln.kVt.soatni tashkil etib, amalda esa nasos stantsiya tomonidan 1,423 mln.kVt.soat elektr energiya sarflangan. 2024-yilda 0.210 mln.kVt.soat elektr energiya iqtisod qilgan.

“Malikcho‘l” nasos stantsiyasi 1981-yilda ishga tushgan bo‘lib, bugungi kunda Qiziltepa tumanining 6 ming 520 gektar yer maydonini suv bilan ta'minlashga xizmat qilib kelmoqda.

Quyi Zarafshon ITHB matbuot xizmati

https://t.iss.one/QuyiZarafshonITHB
KUN HIKMATI:

Harakat qilgan – o‘zgaradi. Sukut saqlagan – orqada qoladi.
_

КУН ҲИКМАТИ:

Ҳаракат қилган – ўзгаради. Сукут сақлаган – орқада қолади.
Forwarded from Suv xo'jaligi vazirligi
NAVOIY VILOYATIDA KANALLARNI BETONLASH ISHLARI NEGA KECHIKMOQDA?

Viloyat suv xo‘jaligi tashkilotlari tasarrufida bo‘lgan 62,5 km uzunlikdagi kanallarni joriy yil sug‘orish mavsumigacha rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan edi. Mavsum o‘tib borayapti hamki, atigi 28,3 km (45,2 foiz) kanallar beton qilingan xolos.

Obyektlarda bajariladigan qurilish-montaj uchun avans mablag‘lar pudratchilar hisob raqamiga o‘tkazib berilgan bo‘lsada, ayrim ob’ektlarda kanallarni betonlash ishlari kechiktirilmoqda.

Birgina misol, Karmana tumanidagi “Hazara” kanalida betonlash ishlarining 25 foizi hamda Xatirchi tumanidagi “Turkiston” kanalida 35 foizi bajarilgan.


"Navoiysuvqurilishinvest" davlat muassasasi tomonidan bugungi kun holatiga 35,3 km sug‘orish tarmoqlari betonlangani to‘g‘risida hisobotlar taqdim etilgan.

Hisobotlarda qurilish ishlari bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar berilib, ko‘rsatkichlarga qo‘shib yozish holatlari aniqlangan.

Ushbu masala Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i O.Sadinov ishtirokida tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilishda mas’ul rahbarlarga sug‘orish tarmoqlarida betonlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha rahbar-xodimlar kunlik hisobot berib borishlari ta’kidlandi hamda ular shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish zarurligi haqida ogohlantirildi.

Quyi Zarafshon ITHB matbuot xizmati
1
#kun_hikmati

📌 O‘zingiz orzu qilgan kishi bo‘lishingiz uchun hech qachon kech emas.

©️ Jorj Eliot