Quiz JavaScript
311 subscribers
227 photos
4 videos
2 files
68 links
Javascriptdan foydali testlar va bilimlar ulashib boruvchi kanal

Reklama va murojaatlar uchun: @Javohirprogrammer
Download Telegram
Forwarded from Javascript Eslatmalar
Array(massiv)lar bilan ishlash uchun map() metodi

map() metodi arrayning har bir elementiga funksiyani qo'llash va shu funksiya natijalari asosida yangi arrayni qaytarish imkonini beradi.

Masalan, har bir elementi 1 ga oshirilgan yangi array ni quyidagicha hosil qilamiz.
const arr = [1, 2, 3];
const newArr = arr.map((element) => element + 1);
console.log(newArr); // [2, 3, 4]

map() metodi, shuningdek, ob'ektning har bir elementiga funksiyani qo'llash va ushbu funksiya natijalari asosida yangi ob'ektni qaytarish imkonini beradi.

Masalan, har bir keyning valuesi 1 ga oshirilgan yangi ob'ekt hosil qilamiz:
const obj = {a: 1, b: 2, c: 3};
const newObj = Object.fromEntries(
Object.entries(obj).map(([key, value]) => [key, value + 1])
);

console.log(newObj); // {a: 2, b: 3, c: 4}

map() metodidan foydalanish array va obyekt elementlarini manipulyatsiya qilishni osonlashtiradi va kodni o'qishni yaxshilaydi.

#map #metod

👉
@js_bilim —Javascript eslatma va bilimlar kanali