QUDDUS ASAD
439 subscribers
1.96K photos
470 videos
37 files
748 links
Эй ўғри, қувончим олиб кет, майли,
Дардларим, ғамларим, аламимни қўй.
Бор-будим, давлатим олиб кетсанг ҳам,
Шеърларимга тегма, қаламимни қўй.
© Қуддус АСАД.

Туғилган кунлар учун👇
https://t.iss.one/online_tabriklar

@QuddusLutfullayevich
Download Telegram
Forwarded from Аҳмадали ШЕРНАЗАРОВ (Аҳмадали ШЕРНАЗАРОВ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Сўлим Хўжамушкент қишлоғида тўртинчи бор ўтказилган " Табиат ва ёш журналист" медиа-туримизнинг бу йилгиси ҳам "Сирдарё" телерадиоканали томонидан батафсил ёритилди. Бунинг учун телерадиоканал раҳбариятига ҳамда кўрсатувни тайёрлаган касбдошларимизга миннатдорлик билдирамиз.

Каналга уланиш👇
@Ahmadali_Shernazarov
👍2
#arxiv

* * *

Oʻylanib qolaman ba'zida
Bormidi dunyoga keragim?!
Sado yo‘q ko‘ksimning zarbida,
Va lekin urmoqda yuragim!!!

Bilmam u nelarni istaydi,
Barini aytolmas tillarim.
Shukrki, bor mening sen bilan,
Eslashga arzirli yillarim.

Ko‘zlaring bir mungli, bir maʼsum,
Qoshlaring shunchaki mo‘jiza.
Yuzingda titragan tabassum,
“Kuchliman” deysana, ojizam?

Dil toring chertadi torini,
Dildorim, g‘amgindir kuylaring.
Nigohing pulladi borini,
Bo‘yingdek cho‘zilgan o‘ylaring.

Taqdir ne yo‘llarga solmishdir,
Olg‘a yur, men tomon bo‘ylama.
Yo‘llari oydin qiz, sen meni,
O‘ylama, o‘ylama, o‘ylama...

Quddus Asad,
Guliston
4👍3👏3🔥2
7🥰2👏2🎉2
BOBOLARIM KUTIB O‘TGAN ULUG‘ G‘ALABA!

Esimni tanibmanki, shu ikki bobomni “Sport” telekanalidan boshqa kanalni tomosha qilganini ko‘rmaganman. Faqat futbol ko‘rardilar. Birinchi suratdagi inson dadamning otalari Asatullo bobom, ikkinchi suratdagi qo‘llarini duoga ochib turgan kishi esa ayamning otalari Latifboy bobom. Terma jamoamiz har safar saralashda yutqazar edi. Ikkisi ham “Baribir bir kuni chiqamiz”, deb umid bilan yashadilar. Nomozlarida, dasturxonda har duolarida shu orzularini amalga oshishini Allohdan so‘rardilar. Ikkisini ham futbol qaritdi. Ikkisi ham olamdan o‘tdilar. O‘zbekistonning JCHʼga chiqqanini ko‘rish nasib qilmadi.

Bugun mundialda ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘ldik. Bobolarimiz ko‘rolmagan kun, biz nabiralarga nasib qildi. Allohga shukr. Endi JChʼda qaysidir davlatga emas, O‘ZBEKISTONGA fanatlik qilamiz!

O‘zbekiston JCHʼga yo‘llanmani olgan kuni, o‘pkam to‘lib, ko‘nglimdan beixtiyor shu gaplar o‘tdi: “MUNDIAL MUBORAK, BOBOJONLARIM, MUNDIAL MUBORAK!”.

Bu kunlarni ko‘rish orzusida qancha ota-bobolarimiz o‘tib ketdi. Men ishonaman, bugun barchalarining ruhi shod!
Shu sababli, butun xalqimizni yana bir bor tarixiy g‘alaba bilan qutlayman!

Hurmat bilan Quddus Asad.


@Quddus_Asad_sahifasi
👍104🔥2🥰2
#qiziq

So‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevning “Biznikilar morojniyam yeb kelolmaydi” degan gapini o‘zbek xalqi kecha Hojiboy akani o‘zidan eshitgandek eslaydi😁

Endi bitta paradoks:
Milliy terma jamoamiz rahbari Temur Kopadze jurnalistlarga “Biz Amerikaga futbol o‘ynagani boramiz, muxlislarimiz morojniy yegani borishadi“ deya intervyu beribdi quvonib😂.

Ustoz adabiyotshunos olim, shoir va tarjimon Ulug‘bek Hamdam facebook sahifalariga shu voqeadan ilhomlanib, “Hojiboy va Kopadze” sarlavhali post qo‘yib, “Hojiboy Tojiboyevning shu bir hazili yillar davomida futbolchilarimizni harakatga undab kelibdi” debdilar.

Men esa o‘sha post izohiga, “Hojiboy Tojiboyev hayot bo‘lganlarida, “G‘alabada hissalari bor” deb futbolchilarimiz qatorida mukofotlar edik” deya izoh qoldirdim😅

Quddus Asad

@Quddus_Asad_sahifasi
👍8😁5👏2
Forwarded from URGUTDAN GAPIRAMIZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tarqatamiz

QOCH, O‘ZBEKISTON KELYAPTI! 😂


Ko‘ring, xuddi JCHʼda bo‘lgandek his qilasiz. 😅

Telegram👇
@Urgutdan_gapiramizz
@Urgutdan_gapiramizz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁4🔥2
Forwarded from URGUTDAN GAPIRAMIZ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢101👍1
#Diqqat_qiling
#Chellenj

Assalomu alaykum, hurmatli kuzatuvchilarim!

Barchamiz turli yoshdamiz. Oramizda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan obunachilarimiz bor. Xayolimga bir qiziq fikr keldi. Bir #chellenj qilsak. “TENGDOSHIMGA MAKTUB” nomli chellenj. Sarlavhani shunday deb nomlab, “Salom, aziz tengdoshim...” deb maktub yozishni boshlang. Hajmi cheklanmagan. Xohlang 10 ta gap, xohlang 100 ta. Muhimi o'quvchi nimadur olsin! Maktub hayotiy maslahat, motivatsiya ruhida bo'lsin. Maktub so'ngida ISMINGIZ VA SANANI unutmang. Bu maktublar ko'pchilik tengdoshlaringizga foydali bo'lishi mumkin. Hech bo'lmaganda “Men tengi inson shunday fikrlayaptimi?” deya o'zi bilan taqqoslaydi, tafakkur qiladi.

Maktubni @QuddusLutfullayevich ga yo'llang. Meni ta'sirlantirgan eng zo'r maktubga sovga'ani ham o'ylab ko'ramiz. 😉

Men esa ushbu kanalimda e‘lon qilib boraman. Faol bo'ling. Ha, aytgancha, o'zim ham maktub yozaman🤓

🗣Ushbu xabarni tarqatsangiz ham chellenjning ommalashishiga hissa qo'shgan bo'lasiz.

Qatnashmoqchi bo'lganlar izohga + qoldiring👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥62🥰2
#LIVE

🇺🇿 Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik!

🎙 "Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostidagi "Gala konsert" dasturi ko’tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

📱Telegram👇
@Urgutdan_gapiramizz
@Urgutdan_gapiramizz
👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥71
Hayotda oson narsalar qiyinlik keltiradi, qiyin narsalar osonlik keltiradi.

Robert Kiyosaki
,
“Boy va kambag‘al ota” asaridan
5
#Audio_kitoblarim

🎧𝑰𝒀𝑼𝑳 𝑶𝒀𝑰𝑫𝑨 𝑻𝑰𝑵𝑮𝑳𝑨𝑮𝑨𝑵𝑳𝑨𝑹𝑰𝑴:

1. “Boy va kambag‘al ota”.
𝑱𝒂𝒏𝒓𝒊: moliyaviy bilim haqida hikoyalar.
𝑴𝒖𝒂𝒍𝒍𝒊𝒇: Robert Kiosaki.
𝑫𝒂𝒗𝒐𝒎𝒊𝒚𝒍𝒊𝒈𝒊: 4 soat

2. “Vavilonlik eng boy odam
𝑱𝒂𝒏𝒓𝒊: moliyaviy bilim haqida hikoyalar
𝑴𝒖𝒂𝒍𝒍𝒊𝒇: Jorj Samuel Kleyson
𝑫𝒂𝒗𝒐𝒎𝒊𝒚𝒍𝒊𝒈𝒊: 3 soat

3. “Sherlok Xolms haqida hikoyalar”.
𝑱𝒂𝒏𝒓𝒊: Detektiv hikoyalar
𝑴𝒖𝒂𝒍𝒍𝒊𝒇: Artur Kanon Doyl
𝑫𝒂𝒗𝒐𝒎𝒊𝒚𝒍𝒊𝒈𝒊: 24 soat

4.“Otamdan qolgan dalalar”.
𝑱𝒂𝒏𝒓𝒊: Roman
𝑴𝒖𝒂𝒍𝒍𝒊𝒇: Tog‘ay Murod
𝑫𝒂𝒗𝒐𝒎𝒊𝒚𝒍𝒊𝒈𝒊: 4,5 soat

5. “Ot kishnagan oqshom”.
𝑱𝒂𝒏𝒓𝒊: Qissa
𝑴𝒖𝒂𝒍𝒍𝒊𝒇: Tog‘ay Murod
𝑫𝒂𝒗𝒐𝒎𝒊𝒚𝒍𝒊𝒈𝒊: 4,5 soat

𝑷/𝒔: 𝑨𝒖𝒅𝒊𝒐 𝒌𝒊𝒕𝒐𝒃𝒍𝒂𝒓 𝒕𝒊𝒏𝒈𝒍𝒂𝒔𝒉 𝒎𝒆𝒏𝒈𝒂 𝒋𝒖𝒅𝒂 𝒚𝒐𝒒𝒊𝒃 𝒒𝒐𝒍𝒅𝒊. 𝑰𝒔𝒉 𝒃𝒊𝒍𝒂𝒏 𝒃𝒂𝒏𝒅, 𝒖𝒎𝒓𝒊 𝒚𝒐‘𝒍𝒅𝒂 𝒐‘𝒕𝒂𝒅𝒊𝒈𝒂𝒏 𝒐𝒅𝒂𝒎𝒍𝒂𝒓𝒈𝒂 𝒆𝒍𝒆𝒌𝒕𝒓𝒐𝒏 𝒌𝒊𝒕𝒐𝒃 𝒕𝒂𝒗𝒔𝒊𝒚𝒂 𝒒𝒊𝒍𝒂𝒎𝒂𝒏.

𝑯𝒖𝒓𝒎𝒂𝒕 𝒃𝒊𝒍𝒂𝒏 𝑸𝒖𝒅𝒅𝒖𝒔 𝑨𝒔𝒂𝒅.

https://t.iss.one/Quddus_Asad_sahifasi
7👍1👏1
#iqtibos

Ko‘ngil bilan eshit, quloq aldaydi,
Aql bilan ko‘r, ko‘zlar aldaydi.


Tog‘ay Murod.
“Oydinda yurgan odamlar” asaridan...
4