QASHQADARYO PENSIYA JAMG'ARMASI
935 subscribers
2.14K photos
227 videos
1 file
1.26K links
BUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG'ARMASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI

Ishonch telefoni— 1271
Download Telegram
Menga qancha pensiya chiqar ekan? yoki bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar

Pensiya yoshiga yetib, ko‘p yillik mehnati samarasini ko‘rish, keksalik gashtini surish barchaning hayotdagi maqsadi hisoblanadi. Bunda, albatta keksa yoshdagi daromad manbai - PENSIYA muhim o‘rin tutadi.

❗️ Shu sababli barcha yoshlik paytda o‘zining pensiyasi haqida qayg‘urishi, bu davrga oldindan tayyorgarlik ko‘rishi lozim.

Pensiya yoshiga yaqin qolgandagina pensiya haqida o‘ylashni boshlaymiz. “Endi menga qancha pensiya chiqar ekan?”, “Yuqori miqdorda pensiya olarmikinman?” kabi savollar bizni qamrab oladi.

Ya’ni, endi biz pensiyaga qanday chiqish, qayerga murojaat qilish, pensiya qanday hisoblanishi, bunda nimalar hisobga olinishiga qiziqishni boshlaymiz.

Pensiya tayinlangandan so‘ng esa ko‘pchilik fuqarolarimizda “Nega menga kam miqdorda pensiya tayinlandi?”, “Meni hisobim bo‘yicha ko‘proq pensiya olishim kerak edi?” kabi savollar tug‘iladi.

Tavsiyalarni batafsil bu yerda o'qing

👉 telegram | instagram | facebook
Ўзбекистонда пенсия миқдори қандай ҳисобланади? – муҳим саволларга жавоблар

Пенсия юқори ёки кам миқдорларда тайинланиши нимага боғлиқ? Ҳисоб-китоблар қай тартибда амалга оширилади? Масалан, ўртача ойлиги 4,5 млн сўмни ташкил этувчи 40 йиллик иш стажига эга ўқитувчи учун қанча пенсия тайинланади? Жамғарма бу борадаги бир қанча муҳим жиҳатларга аниқлик киритди.

👉 https://kun.uz/kr/67954116

Kun.uz расмий канали
#test ... yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga oyiga qo‘shimcha 1 dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan shu vaqt uchun 1 kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to‘lanadi.
Anonymous Quiz
37%
12
13%
14
27%
16
23%
18
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi miqdori qanday hisoblanadi?

Pensiyaning bazaviy miqdori boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga layoqatsiz a’zosiga — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida, biroq qonunchilik hujjatlarda belgilangan miqdorlardan kam bo‘lmagan miqdorida hisoblanadi.

☎️ Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Ўзбекистон халқига Халқлар дўстлиги куни муносабати билан байрам табриги

Поздравление народу Узбекистана с Днем дружбы народов

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Mehnat daftarchasini raqamlashtirishni nima afzalliklari bor?

1⃣ Ish faoliyatingizni raqamli tizimda yuritish va ma’lumotlaringizni xavfsiz saqlash imkonini beradi (qog‘oz shakldagi mehnat daftarchalari yo‘qolishi yoki yaroqsiz holatga kelishi mumkin)

2⃣ Pensiya tayinlashda mehnat staji avtomatik aniqlanadi va fuqarolarning ortiqcha vaqt sarfi tejaladi.

3⃣ Davlat xizmatlaridan tez va oson foydalanish imkonini beradi.

☎️ Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Farzandi nogiron ota-onalar avtoturargohlardan bepul foydalanadi

🪙 Qonunchilikka ko'ra, quyidagi shaxslardan avtotransport vositalarining to'xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi:

🔹 "Nogiron haydovchi boshqarayotgan avtomobil" taniqlik belgisi o'rnatilgan avtotransport vositasini boshqarayotgan I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar;

🔹 16 yoshgacha nogironligi bor bolasi bo'lgan ota-onalar (yoki uning o'rnini bosuvchi shaxslar).

📜 Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun tasdiqlovchi hujjatlar, ya'ni nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy ma'lumotnoma hamda tegishli pensiya guvohnomasi bo'lishi lozim.

☎️ Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Президент Шавкат Мирзиёев қишлоқ хўжалигида космик маълумотлардан фойдаланиш ва рақамлаштириш чора-тадбирлари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам цифровизации и расширения применения космических данных в сфере сельского хозяйства.

#Mirziyoyev #yigilish #kosmos #qishloqxujaligi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Xorijda ishlangan davr pensiya tayinlashda hisobga olinadimi ?

Xorijda ishlangan davrlar ayrim shartlarga ko‘ra mehnat stajiga qo‘shiladi.

Ular:

📌 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun - O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;

📌 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun - yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda.

📌 O‘zbekiston fuqarolarining yollanma (bitim) asosda xorijda ishlaganligi hukumat tomonidan vakolat berilgan organlar mehnat daftarchasiga kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.


☎️ Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling

👉 telegram | instagram | facebook
RASMIY MUNOSABAT

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Pensiya jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasidagi obunachilar soni kamligi va sohaga oid ma’lumotlarning tuman, shahar hokimliklari sahifalari orqali yetkazilayotgani tanqid ostiga olingan.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Pensiya jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining telegram sahifasi 2020-yil 27-martdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Kanalda jamg‘arma tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, aholiga amaliy maslahatlar va eslatmalar kabi ma’lumotlar berib boriladi.

Bugungi kunda kanalda 1000ga yaqin faol obunachi mavjud. Ushbu ko‘rsatkich aynan xizmat ko‘rsatilayotgan hududdagi aholi qatlamining axborot ehtiyojlariga mos ravishda shakllangan auditoriyani tashkil etadi.

Shuningdek, fuqarolarga tezkor va manzilli axborotni yetkazish maqsadida tuman va shahar hokimliklari telegram kanallarida ham sohaga oid e’lon va xabarlar joylashtirilmoqda.

Bu amaliyot — axborot siyosatida idoralararo hamkorlikni kuchaytirish, fuqarolarga bir nuqtadan ko‘proq ma’lumot berish va ularning xabardorligini oshirishga xizmat qiladi. Pensiya ta’minoti kabi muhim masalalarda aholi xabardorligi va tushunchasini oshirish hamkorlikni talab etadigan dolzarb vazifadir.

Pensiya jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi kanalda obunachilar sonini ko‘paytirish, kontentni yanada tushunarli, qiziqarli va ijtimoiy foydali qilish borasida ishlarni izchil davom ettirmoqda. Bu yo‘nalishda barcha taklif va mulohazalarga ochiqmiz.

Axborot siyosati yakkaxon emas – tizimli va jamoaviy mas’uliyat talab qiladigan jarayondir.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling

👉 telegram | instagram | facebook
👍6
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг июль ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X