Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
#Muzeyga_sayohat
⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamda Qarshi shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari hududdagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya bilan yaqindan tanishish maqsadida tarixiy obida va muzeyga sayohat qildilar.
🏛 Ta'lim muassasalari ustozlari hamrohligida Qarshi shahridagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyi va Odina obidasiga sayohat uyushtirildi.
📚O'quvchilar sayohat davomida jami 11 bo'limdan iborat bo‘lgan ushbu muzeyda Turkiston o'lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati haqida hamda qatag'on qurbonlarini aks ettirgan noyob fotosuratlar, xarita, ashyolar va boshqa manbalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, o'quvchilarga "Istibdoddan istiqlolgacha" hujjatli filmi namoyish etildi.

👍2👏1
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
#ILM_JAVHARDUR
#Muzeyga_sayohat
🇺🇿 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari respulikamizdagi muqaddas qadamjolardan biri , vatandoshimiz, ulug' alloma, kalom ilmining asoschisi Abu Muin Nasafiy majmuasiga sayohat qildilar.
✅O'quvchilar buyuk allomaga bag‘ishlangan muzeyda bo'ldilar. XII asrda barpo etilgan toshquduq, xonaqolar haqida ma'lumotlar oldilar. Muzeydagi katta devorda "Ilm-javhardur" deb nomlangan san'at asari va barcha eksponatlar o'quvchilarga katta taassurot qoldirdi.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

👍1
Forwarded from Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
#Muzeyga_sayohat
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari respublikamizdagi muqaddas qadamjolardan biri, vatandoshimiz, ulug' alloma Abu Muin Nasafiy majmuasiga sayohat qildilar.
Sayohat davomida o‘quvchilar Abu Muin Nasafiy hayoti va ilmiy merosi bilan yaqindan tanishib, u zotning islom falsafasi, kalom ilmi rivojiga qo'shgan ulkan hissasi, shuningdek, asarlari orqali jahonga yoyilgan ma’rifat nurlari haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
Majmua hududida joylashgan qadimiy meʼmoriy inshootlar, xususan, xonaqo va toshquduqdagi nafis naqshlar, arabiy yozuvlar, tarixiy yodgorliklar o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Ular o‘zbek xalqining boy ilmiy va madaniy merosi bilan yana bir bor faxrlandilar.
Bunday ilmiy-maʼrifiy tashriflar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, tarix va maʼnaviyatga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasi 👉https://t.iss.one/Qarshi1son

👍3