Qashqadaryo kadastr_press
2.66K subscribers
10.9K photos
1.53K videos
4 files
6.06K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
​​#MUNOSABAT

BAHODIR BRAT you tube kanalida
"Olomon bosh kutardi... Buza buz yana boshlandi. Xalq to'plandi. Xalq norozi" sarlavhasi ostida video e'lon qilindi.
Videoda aholi Nishon tumani sobiq (A.Qodiriy) Yaxshilik MFY hududida joylashgan sobiq "Garaj" binosining tadbirkor tomonidan buzib olinishidan norozi ekanligi aks etgan.

Shuningdek, videoda murojaatchi fuqaro tomonidan ko'rsatilgan shaxs viloyat kadastr tashkiloti xodimi emas.

Tadbirkor va mahalliy aholi o'rtasida mojaroga sabab bo'layotgan "Garaj" haqida quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Nishon tumanidagi sobiq (A.Qodiriy) Yaxshilik MFY hududida joylashgan sobiq “Garaj” binosi A.Qodiriy fermer xo'jaliklar uyushmasi tuman hokimining 2001-yil 15-dekabrdagi 596/12-sonli qaroriga asosan tugatilib, Muqobil MMTPlar tugatilayotgan uyushmaning vorisi hisoblangan.

Tuman hokimining 2002 yil 30 yanvardagi X-33/1-sonli qaroriga asosan “A.Qodiriy” MMTP MChJ ga 2014 yil 21 noyabrda kadastr yig‘majild tayyorlangan hamda Davlat ro‘yxatiga olingan.

Ma'lumot o'rnida ushbu “Garaj” binosining umumiy qurilish maydoni 2616,06 kv.m, foydali maydoni 2222,36 kv.mni tashkil etgan.

“Garaj” binosiga 2015 yil 31 martdagi Auksion savdosi natijalari bo'yicha 30/O-sonli bayonnomasiga asosan “Ko‘charova Dilnura Kenjayevna” oilaviy korxonasiga o'tgan hamda 2015-yil 27-iyulda unga kadastr yig‘majildi tayyorlanib, Davlat ro‘yxatiga olingan.

“Garaj” binosi 2016 yil 28 apreldagi № 10/04-OS raqamli oldi-sotdi shartnomasiga asosan “OKSAN INVEST PLYUS” MChJ nomiga o'tgach, 2016 yil 16-may kunida unga kadastr yig‘majildi tayyorlanib, Davlat ro‘yxatiga olingan.
Umumiy qurilish maydoni 2616,06 kv.m. Foydali maydoni 2222,36 kv.mni tashkil etgan.

Ushbu “Garaj” binosi hozirgi kunda Davlat kadastrlar palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Nishon tuman filiali arxiv bazasida “OKSAN INVEST PLYUS” MChJ nomiga
kadastr hujjatlari asosida saqlanib kelayotganligini ma’lum qilamiz.
#MUNOSABAT

Telegram messenjiridagi "Sizdan telegram" kanalida e'lon qilingan aholi qatnovchi yo'lni egallab olingani haqida kosonlik fuqaroning videomurojaati yuzasidan rasmiy munosabat

davomini o'qish

🇺🇿Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
a'zolik—
t.iss.one/Qashkadatrpress
#MUNOSABAT

Telegram messenjiridagi "Ozodlik radiosi" telegram kanalida e'lon qilingan Shahrisabzlik fuqaroning videomurojaati yuzasidan rasmiy munosabat

"Besh farzandim bor. Shahrisabz shahri hokimining menga nisbatan adolatsizligidan charchadim. Qurgan imoratimni buzdirib tashladi...” deyiladi videomurojaatda.

Aytish kerakki, Shahrisabz shahar Fayzobod MFY Quruvchilar ko‘chasi 13 uyda yashovchi fuqaro Omonova Nazokatga Guliston jamoa xo‘jaligining 1995 yil 30-yanvardagi №1 sonli qaroriga asosan, 0,06 ga yer maydoni yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan. Mazkur qarorga asosan 1996 yilda sobiq “BTI” idorasi tomonidan fuqaroga uy-joyning kadastr pasporti ya’ni texnik hisoboti tayyorlab berilgan. Fuqaroning hozirgi kundagi egallab turgan uy-joyning yer maydoni 0,1685 ga, qurilish maydoni esa 473,57 kv/metrni tashkil etadi.

2020 yilda xatlov ishlari olib borilganda Omonova Nazokatning uy-joylariga qo‘shimcha qurilishlar bo‘lganligi sababli Shahrisabz shahar “YERMULKKADASTR” DK tomonidan kadastr texnik hisoboti qayta tayyorlab berilgan. Ma'lumot uchun ushbu uy-joyga nisbatan egalik huquqi e’tirof etilmagan va davlat ro'yxatidan o‘tmagan.

A'zolikt.iss.one/Qashkadastrpress
#Rasmiy #munosabat

🏢 Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Koson tumani “Yuksalish” FO‘O‘BO To‘lg‘a qishlog‘ida yashovchi fuqaro X. S.ning ijtimoiy tarmoq orqali yo'llagan murojaati vakolat doirasida joyiga borib o‘rganildi.

Batafsil— https://telegra.ph/-07-14-1522

🇺🇿 A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#RASMIY #MUNOSABAT

▪️Telegram messenjiridagi Sizdan telegram kanalida "Yo'l ustida do'kon qurishmoqchi" sarlavhasi ostida videolavha e'lon qilingan.

Unda Yakkabog' tumanidagi "Istiqlol" dehqon bozorining bir guruh tadbirkorlari fuqaro tomonidan bozorning orqa tomonida noqonuniy qurulish qilayotganidan norozi ekanligi aytiladi.

Ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Batafsil—https://telegra.ph/-08-14-2299
#RASMIY #MUNOSABAT

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Beshterak mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar Usmonov Asror va Niyozov Ergashlarning Kadastr agentligi Kitob tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Akbar Qayumovni hatti-harakatlaridan norozi bo‘lib ijtimoiy tarmoq orqali qilgan murojaati ishchi guruh tuzgan a'zolari tomonida joyida atroflicha o‘rganib chiqildi.

Batafsil—https://telegra.ph/-08-14-2763
#MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan Kitob tumani "Anorzor" MFY hududidagi fermer xo'jaligi yerida noqonuniy uy-joy qurib olingani yuzasidan

Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mutaxasislari tomonidan 2021 yil 18 fevraldagi №002-sonli tekshirish dalolatnomasi tuzilgan.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to’g’risi”dagi kodeksining
65-moddasi 1-qismi va 68-moddasi 1-qismidagi javobgarliklarni sodir etganligi sababli 2021 yil 18 fevraldagi №002-sonli bayonnomasi rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo’yicha Kitob tumani sudiga yuborilgan.

Natijada Jinoyat ishlari bo’yicha kitob tumani sudi tomonidan “Soxibova Fotima Sharipovna” fermer xo’jaligi rahbari B.S.ga nisbatan №3-1808-2101/793-sonli ma’muriy ishi qo’zg’atilib, B.Sga MJtKning 34-moddasiga ko’ra, uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari tekshirish jarayonida aniqlangan yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida “Soxibova Fotima Sharipovna” fermer xo’jaligi rahbari B.S. ga yozma ko’rsatma, tuman hokimiga taqdimnoma va tuman prokuroriga ma’lumotnoma kiritilgan.

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#MUNOSABAT

Feysbuk ijtimoiy tarmog'ida Kitob tumanida issiqxona uchun berilgan yer uchastkasida noqonuniy qurilish qilingani yuzasidan videolavha joylangan.

Ijtimoiy tarmoqdagi videolavha yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Kitob tuman hokimining 2018 yil 14 martdagi X-481/03-sonli qaroriga asosan fuqaro Mirzayev Husniddinga “Yengil konstruksiyali issiqxona” qurish uchun Ulugbek massivi hududi qishloq xo’jalik xaritasining 107q-konturidan 1,5 gektar sugoriladigan, qishloq xo’jaligi yer maydoni ajratilgan.

Sug’oriladigan yerlarni ajratish, qaror qabul qilingan davrda amalda bo'lgan tahrirda O’zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi” ning 5-moddasiga asosan,viloyatlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatiga kirishi belgilangan bo’lsada tuman hokimining mazkur qarori viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlanmagan.

Hozirgi kunda ushbu yerning 200 kv.metr qismiga noqonuniy qurilish ishlari olib borilganligi aniqlandi.

Bu haqda fuqaro Mirzayev Husniddinga qurilishni bartaraf etishi haqida 2021 yil 27 sentabrda 139-sonli ogohlantirish xati berilgan.

“Yer kodeksining” 38-moddasida yer to’g’risidagi qonunchilik buzilgan hollarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan ogohlantirganidan keyin yer uchastkasini bergan organga yer uchastkasini olib qo’yish haqida taqdimnoma kiritishi, shunga asosan, yer uchastkasini bergan organ bir oylik muddatda uni olib qo’yish haqida sudga da’vo arizasi kiritishi ko’rsatilgan.

Yuqorida aniqlangan yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida ya'ni fuqaro Mirzayev Xusniddinga “Yengil konstruksiyali issiqxona” qurish uchun Ulugbek massivi hududidagi qishloq xo’jalik xaritasining 107q-konturidan 1,5 gektar sug'oriladigan yer uchastkasini olib quyish yuzasidan Sudga da’vo arizasi kiritishini so`rab Kitob tumani hokimi nomiga taqdimnoma kiritildi.

Telegram | Facebook | Instagram |
#MUNOSABAT

◽️“Turon 24” telegram kanalida “Yakkabog’da yana bitta stadion yeri auksionga qo’yildi” sarlavhasi ostida post e'lon qilingan.

Postda aytilayotgan joy, aslida Yakkabog’ tuman Uzun MFY Kultepa qishlog’i “Kultepa ota” qabristoni tomon harakatlanganda yo’lning o’ng tomonida mahalla stadioniga yetmasdan katta ariq (zavur) bilan yo’lning oralig’ida joylashgan.

Mazkur hududdan 0,0144 gektardan iborat 8 dona yer uchastkasi 2021-yilning 5 dekabrida e-kadastr.uz ochiq elektron xaritasiga yuklash uchun taklifi yuborilgan hamda vakolatli organlar tomonidan ijobiy xulosalar olingandan so’ng Elektron-onlayn auksion savdosiga qo’yilgan.


Mahalla stadioni deyilayotgan (aslida mahalla stadioniga tegishli hech qanday qaror bilan yer ajratilmagan. Ochiq maydon) yo’l bo’ylab 100 metr bo’lgan uzunlikda ya’ni umumiy yer maydoni 0,30 gektar bo’lgan Uzun MFY Kultepa qishlog’i yoshlari uchun stadion sifatida foydalanilishda qoldirilgan.

Shunday ekan, postda aytilganidek, mahalla stadioni auksionga qo'yilmagan.

Mazkur holatda Yakkabog' tuman filiali O'zbekiston Respublikasi Prezdentining “Qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan bo’sh turgan yer uchastkalarni berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2019-yil 26 avgustdagi PQ 4427-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20 dekabrdagi 1023-sonli qarorining nizom talablariga amal qilgan holda ishlarni olib borgan.

‼️Har qanday axborot shiddat bilan tarqalayotgan davrda to‘g‘ri, xolis va har tomonlama tekshirilgan axborotni ommaga taqdim etish barchamizning masʼuliyatimiz hisoblanadi. Noto‘g‘ri axborot jamiyatni davlat idoralariga bo‘lgan ishonchsizligiga olib kelishi mumkin. Shu o‘rinda Viloyat Kadastr tashkiloti OAV vakillari bilan hamkorlikka doim tayyor ekanligini maʼlum qilamiz.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Munosabat

🌐 Otabek Artikov telegram kanalida Mirishkor tumani Mirishkor qishlog'i Obodon qishlog'idagi eski stadion o'rni o'zboshimchalik bilan egallab olinib, ekin ekilgani aytilgan murojaat e'lon qilingan.

Ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan murojaat Kadastr agentligi Mirishkor tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o'rganildi.

Obodon MFYdagi aholi yashash punktida joylashgan sobiq o'yingoh o‘rnidan Mirishkor tuman hokimining 2019 yil 18-yanvardagi qaroriga asosan, “Umid farishtalari” NMTM davlat sherikchilik asosida doimiy foydalanish uchun 3500 kv.m yer maydoni ajratilgan. Shundan qolgan yer maydoni 40x70 o‘lchamdagi jami 2800 kv.m 13 ta lotga ajratilib elektron auksion savdosiga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilishi uchun ajratilgan.

Auksionga qo'yilgan yer maydoni besh nafar fuqaro tomonidan auksion savdolari orqali olingan.

Hozirda ushbu yer maydoniga bog‘cha binosi va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilmaganligi sababli Obodon MFYda yashovchi 4 nafar fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, dehqonchilik maqsadida foydalanilib, shudgor qilinganligi va bir qismiga pomidor ko‘chatlari ekilganligi aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha Kadastr Agentligi Mirishkor tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarga ogohlantirish xatlari berildi va ushbu yer maydonini 15 kun muddatda dastlabki holatga qaytarib chiqib ketishi tushuntirildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Munosabat

Turon24/7 telegram kanalida e'lon qilingan ma'lumotda Yakkabog‘ tumani Sharsharbog‘ot MFYdan savdoga chiqarilgani bo‘yicha ma’lumotdagi yer maydoni MFYdan 40-50 km uzoqlikdagi yer joylashuvi biriktirilgani va bu uchun kadastr xodimi aybdor bo'lishi mumkinligi aytib o'tilgan.

Ma'lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24 noyabrdagi qaroriga ko'ra, Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda

🔹O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti — Jismoniy yoki yuridik shaxsning taklifini o‘rganib chiqadi, yer uchastkasiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi yoki taklifni rad etadi.

1. Tuman (shahar) hokimliklari nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi yerlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “E-IJARA” AT orqali yuklab oladi.

2. Yer uchastkasini joyiga chiqqan holda o‘rganadi va yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi.

3. Har bir loyihani kelishish uchun vakolatli tashkilotlarga yuboradi.

Yer uchastkasini ochiq elektron tanlovga qo‘yish to‘g‘risidagi buyurtmani “E-IJARA” AT orqali “E-AUKSION” elektron savdo platformasiga yuboradi.

Tanlov g‘olibiga yer uchastkasining chegarasini ko‘rsatib beradi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari OAV vakillari bilan yaqindan hamkorlik qilishga doimo tayyor ekanligini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

Bizning sohamiz bo‘yicha biror-bir axborotga aniqlik kiritishga zaruriyat paydo bo‘lsa 📞 934248565, 996866426 telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

@Qashkadastrpress
#Munosabat

Turon24/7 telegram kanalida Yakkabog‘ tumanidan Dehqon xo'jaligi yuritish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarilgan yer uchastkasining manzili noto'g'ri ko'rsatilgani va bu uchun kadastr xodimlari aybdor bo'lishi mumkinligi aytib o'tilgan.

Ma'lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24 noyabrdagi qaroriga ko'ra, Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari Tuman (shahar) hokimliklari nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron axborot almashinuv orqali “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga yuboradi.

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining hududiy bo'linmalari yer uchastkasini ochiq elektron tanlovga qo‘yish to‘g‘risidagi buyurtmani “E-IJARA” AT orqali “E-AUKSION” elektron savdo platformasiga yuboradi.

Yer uchastkasini joyiga chiqqan holda o‘rganish va yer tuzish loyihasini ishlab chiqishda “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining hududiy bo'linmalari vakolatli tashkilot hisoblanadi.

Shunday ekan, Davlat kadastlari palatasining hududiy boshqarmasi va filiallari loyiha asosida tayyorlangan lotlarning MANZILLARINI “E-AUKSION” elektron savdo platformasiga biriktirish jarayonlarida ishtirok etmaydi va mazkur ish bilan shug'ullanmaydi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Munosabat

Kuni kecha Effect uz saytida "Yer talashishning oxiri katta janjal bilan tugadi" nomli video lavha e'lon qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati Yerlarni auksionga chiqarish sektori boshlig'i Umid Xudoyberdiyevdan ma'lumot oldi.

Mas'ulning ma'lum qilishicha, G'uzor tumani Yangiobod MFY Yangiobod qishlog'ida joylashgan unikal raqami B1710207-14590 bo'lgan do'konlar va maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari qurish uchun 0.065 (650.00 kv.metr)ga yer maydoni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi 1023-sonli qarori asosida elektron-onlayn auksion savdosiga qo'yilgan.

Ushbu yer maydoni savdoga chiqarilishida vakolatli tashkilotlarning ijobiy xulosalari berilgan.

Ushbu yer maydoni "Yerelektron" avtomatlashtirilgan axborot tizimiga 2020 yilning 20-iyun sanasida kiritilgan bo'lib, fuqaro X.U auksion g'olibi deb topilgan.

Tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy bo'limlari tomonidan “Tanlangan yer uchastkasi daryoning kirg'oq bo'yi mintaqasi yoki suvning muhofaza hududida joylashmagan.Ushbu yer uchastkasida ko'p yillik daraxtlar mavjud emas”ligi to'g'risida. xulosasida ham ko'rsatib o'tgan.

Ushbu yer uchastkasi hozirgi kunda nizoli bo'lib, Yangibod MFY Yangiobod qishlog'ida yashovchi fuqaro X.J tomonidan auksion savdosida yutib olingan yer maydonida qurilish ishlarini amalga oshirishga to'sqinlik qilib kelmoqda.

Ma'lumot uchun, fuqaro J.X. yashab turgan turarjoyiga 2013-yilda G'uzor tuman yer tuzish va ko'chmas mulk kadastri xizmati DUK tomonidan ko'chmas mulk obyektiga texnik hisoboti tayyorlangan va auksion savdosida sotilgan yer maydoni fuqaroning hujjatiga kirmaydi.

G'uzor tuman hokimligi, qurilish bolimi, Davlat kadastrlari palatasi Guzor tuman filiali, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy bolimilaridan iborat ishchi guruh tomonidan olib borilgan tushuntirishlarga qaramasdan fuqaro hozirgi kunga qadar U.Xusanovga to'sqinlik qilib kelmoqda.

Vaholangki, Fuqarolik ishlari boyicha G'uzor tumanlararo sudining 2021 yil 1-iyuldagi fuqarolik ishi ko'rilib, javobgarlar M.O,T. M, X.J lar nizoli G'uzor tumani Yangiobod MFY hududidagi X.U. ga tegishli 0.0650 ga yeriga nisbatan yer uchastkalariga egalik qilish huquqiga ega ekanligi yoki bu huquqlarning davlat ro'yxatidan otkazilganligini tasdiqlovchi biror bir dalilni taqdim etmaganligi ko'rsatib o'tilgan.

2021-yil 20-avgustdagi apellyatsiya ishi Qashqadaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati apellyatsiyasining ajrimida ham fuqarolik ishlari bo'yicha G'uzor tumanlararo sudining 2021-yil 1-iyuldagi hal qiluv qarori o'zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat_tok_shou

⁉️2 mln 600 ming kadastr hujjati yo'q bo'lgan uylarga qay tartibda hujjat tayyorlab beriladi?

📌 Kadastr agentligi boshqarma boshlig'i Begzod Nishonov ushbu savolga javob berdi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat_tok_shou

⁉️2 mln 600 ming kadastr hujjati yo'q bo'lgan uylarga qachon hujjat tayyorlab beriladi?

📌 Kadastr agentligi direktorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ne'mat Atamuratov ushbu savolga javob berdi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
#MUNOSABAT

Turon24/7 telegram kanalida Yakkabog' tumanida MCHJ ga tegishli yer auksion savdosiga qo'yilgani haqidagi ma'lumot e'lon qilingan.

Aniqlanishicha, Yakkabogʼ tumani qishloq xo'jaligi bo'limi tomonidan U.Mirzayev massivi hududidagi qishloq xo’jaligi xaritasining 420q konturidan 2,0 gektar yer uchastkasining loyihasi tayyorlangan hamda Qashqadaryo viloyat hokimligiga buyurtma xati yuborilgan.

Buyurtma xatiga asosan, Qashqadaryo viloyat hokimining “Viloyatdagi bo’sh turgan qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer uchastkalarini tuman hokimliklari zaxirasidagi qishloq xo’jaligi yerlari hisobiga olish va davlat mulki sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida” qarori qabul qilingan.

Shundan so’ng, Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Yakkabog' tuman filiali tomonidan mazkur yer uchastkasi ma’lumotlarini qaror loyihasida ko'rsatilgani kabi "Uzkad" dasturi orqali davlat mulki sifatida Yakkabog' tumani hokimligiga davlat ro'yxatiga olingan.

Biroq, keyinchalik ma'lum bo'lishicha, yuqorida aytilgan viloyat hokimi qarori bilan zaxiraga olingan yer maydoni 2021-yilda “Jumanazarov Feruz” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga Yakkabog’ tuman hokimining qarori bilan ajratilgani aniqlandi.

LEKIN 2021-yildan buyon Qashqadaryo viloyati hokimining qarori chiqqunga qadar ushbu yer maydoni huquqiy hujjatlarga asosan tuman hokimi bilan uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi tuzilmagan va davlat ro'yxatidan o'tkazilmagan.

Davlat mulki sifatida olingan yer maydoni 709-son qarorga asosan, ijrochi “O’zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Qashqadaryo viloyat bo’linmasi tomonidan "E-ijara" dasturi orqali elektron onlayn auksion savdosiga chiqarilgan.

Yer maydoni auksion savdosiga chiqarilgandan so'ng, Yakkabog’ tumani qishloq xo’jaligi bo’limi tomonidan Yakkabog' tumani hokimligiga bildirish xati yuborilgan.

Yuqoridagi muammoli holatni bartaraf etish maqsadida viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari boshchiligida (Qishloq xo‘jaligi, Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi, O'zdavyerloyiha filiallari rahbarlari va daxldor tashkilotlar) ishchi guruh tuzilgan holda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

O'rganish yakunlariga ko'ra, qo'shimcha ma'lumot e'lon qilinadi.

@Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat_tok_shou

1️⃣ Nega quruq yerni yoki uning bir qismini sotib bo'lmaydi?

2️⃣ Yerni xususiylashtirish nima beradi?

3️⃣ Xususiylashtirilgan yerni davlat ehtiyojlari uchun olib qo'yishda narx kim tomonidan belgilanadi?

📌 Kadastr agentligi boshqarma boshlig'i Begzod Nishonov savollarga javob berdi.

@Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat_tok_shou

1️⃣ Nega quruq yerni yoki uning bir qismini sotib bo'lmaydi?

2️⃣ Yerni xususiylashtirish nima beradi?

3️⃣ Xususiylashtirilgan yerni davlat ehtiyojlari uchun olib qo'yishda narx kim tomonidan belgilanadi?

📌 Kadastr agentligi boshqarma boshlig'i Begzod Nishonov savollarga javob berdi.

@Qashkadastrpress
#MUNOSABAT

Bloger Kapitan Karimov telegram kanalida yakkabog‘lik tadbirkorning egalik qilayotgan yerini tortib olishga urinish bo'layotgani haqida xabar berilgan.

Mazkur murojaat asosida, Davlat kadastrlari palatasi Yakkabog' tumani filiali xodimlari tomonidan tadbirkorga tegishli ekani aytilgan Yakkabogʼ tuman Mevazor MFY hududidagi mini futbol maydonchasiga oid huquqiy hujjatlar o'rganib chiqildi.

O'rganishlarlarga ko'ra, mazkur yer maydoni Yakkabog’ tuman hokimining 2018 yil 26 dekabrdagi qarori bilan fuqaro Q.Oga “Mini futbol maydonchasi” qurish uchun ajratib berilgani ma'lum bo'ldi.

“Mini futbol maydonchasi”ning qurilish ishlari yakunlangach, ko’chmas mulk obyektiga kadastr yig’ma jildi tayyorlanib, Davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan.

Ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan holat yuzasidan kadastr xodimi o'yingoh egasining otasi va mahalla raisi bilan suhbatlashganida ular yerni tortib olish yuzasidan hech qanday harakatlar bo'lmaganini ta'kidlab o'tishgan.

@Qashkadastrpress