Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.02K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #Kadastr

Qashqadaryo viloyatida yer maydonlaridan oqilona foydalanishni tashkil etish, yer maydonlaridagi talon-tarojlikning oldini olish maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Quvonarlisi, so'ngi yillarda raqamlashtirish hisobiga Qashqadaryo viloyatidagi  jami 2,9 mln. gektar yer maydonlaridan 2,6 mln gektar ya'ni 93 foiz yer maydonlarining elektron xaritasi yaratilib, Kadastr agentligining "UZKAD" yagona integratsiyalashgan dasturida hisobga olindi va shundan 2,3 mln. gektari ya'ni 88 foizi to‘liq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

O'zbekiston 24 telekanalida efirga uzatilgan Maxsus reportajda yer va ko'chmas mulklarning hisobini yuritish borasida viloyatda Kadastr idoralari tomonidan qilinayotgan ishlar haqida so'z yuritiladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #KADASTR_QASHQADARYO

O'zbekiston 24 telekanalida Qashqadaryo viloyatida aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida 1-yarim yillikda erishilgan natijalar va 2-yarim yarim yillikdagi rejalar to‘g‘risida Maxsus reportaj ko'rsatuvi efirga uzatildi.

Ko'rsatuvda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o'tgan 6 oy ichida Kadastr sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida ham ma'lumot berilgan.

"Viloyatimiz hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M39 hamda A380 avtomobil yo‘llari bo‘ylab zamonaviy infratuzilmani barpo etish, savdo va servis obyektlarini joylashtirish uchun tuman (shahar) Kadastr filiallari tomonidan o'tkazilgan xatlovlar natijasida 10 gektardan ziyod bo'sh yer uchastkalari aniqlandi"- deydi Boshqarma boshlig'i G'ayrat Hamroyev O'zbekiston 24 telekanali muxbbiri bilan bo'lgan suhbatda.

Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr_Qashqadaryo

Qarshi shahrida "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyatini xodimlarga to'liq tushuntirish maqsadida seminar tashkil etildi.

Huquqiy seminarda Adliya vazirligi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bilan birgalikda  manfaatdor vazirlik va idoralarning hududiy bo‘limlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlariga Qonunning asosiy jihatlari, tartib-taomillari haqida taqdimotlar orqali ma'lumotlar berildi.

Qonunni to‘g‘ri qo‘llash, yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni tartibga solish bo‘yicha seminarlar reja grafik asosida viloyatning Kasbi, G'uzor va Shahrisabz tumanlarida ham o'tkaziladi.

Telegram | Instagram | Facebook