Qashqadaryo kadastr_press
2.66K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.05K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Savol: Qurilishi tugallanmagan obyektni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkinmi?

Javob: Qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar tegishli loyiha tashkiloti tomonidan ularning qurilishi boshlanganligi tasdiqlangan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin.

🔸Bunda bino va inshootning poydevor va birinchi qavati devorlarining qurilish ishlari yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asosi hisoblanadi.

@Qashkadastrpress
Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi kadastr xizmatlari amalga oshiriladi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish;

🔹Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🔹Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🔹Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha ma’lumotnoma olish;

🔹Kadastr obyektiga taqiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🔹O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Davlat reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat_tok_shou

⁉️2 mln 600 ming kadastr hujjati yo'q bo'lgan uylarga qachon hujjat tayyorlab beriladi?

📌 Kadastr agentligi direktorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ne'mat Atamuratov ushbu savolga javob berdi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
◽️Davlat kadastrlari palatasi sayyor qabulidagi murojaat▫️

💠 Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida o‘tgan haftada tashkil etilgan sayyor qabulda aholi va tadbirkorlarning kadastrga oid 20 ga yaqin masalalari tinglangandi.

📹 NasafTV telekanali ana shu o‘rganish talab etadigan masalalardan biri haqida lavha tayyorladi.

Muxbir— Shavkat Aminov

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Президент Шавкат Мирзиёев: "Қадимий ва навқирон Самарқанд бағрида қад ростлаган мана шундай замонавий, улуғвор меъморий мажмуа барчамизга, бутун халқимизга муборак бўлсин, буюрсин!"

Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот котибининг расмий каналидан.
⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turar joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turar joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (375 000 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (375 000 so‘m);

🔸Noturar joy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (375 000 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (750 000 so‘m);

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Qonunga muvofiq, sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan chora ko‘rmaslik, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa,

🔹BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima
🔹yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari

🔹yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari

🔹yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash

🔹yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa,

🔹BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima
🔹yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash

🔹yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

❗️Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa hamda uning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

@Qashkadastrpress
Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo'yicha eng ko'p murojaat Qarshi shahridan kelib tushgan

Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan) yer uchastkalarini xususiylashtirishi mumkin.

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga yer uchastkalarini xususiylashtirish bo'yicha Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Yagona davlat interaktiv portali (my.gov.uz) orqali 1941 ta murojaatlar kelib tushgan.

Viloyat boshqarmasi tomonidan uch yuz ellikka yaqin murojaatlarga rozilik berilgan.

Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo'yicha eng ko'p murojaat

🔹Qarshi shahri(377 ta ),

🔹Shahrisabz tumani(178 ta),

🔹Kitob tumani(166 ta),

🔹Qamashi tumani (148 ta),

🔹Qarshi tumanlaridan (138 ta) kelib tushgan

Mavzuga doir intervyu: Yerni xususiylashtirish uchun qancha mablag‘ to‘lanadi?

Umid Xudoyberdiyev— Yerlarni auksionga chiqarish sektori boshlig'i

@Qashkadastrpress
Qamashida fermer xo'jaligi yeriga noqonuniy qurilish qilingani holati aniqlandi

Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan tumandagi “Mayda” MFY, Mayda hududidagi yerdan maqsadli foydalanish bo’yicha monitoring o’tkazildi

O'rganish natijasida fuqaro X.X tomonidan fermer xo’jaligiga tegishli yerdan 0,1 gektar yer maydonini egallab olib uy-joy qurilganligi holati aniqlandi

Kadastr xodimlari tomonidan fuqaroga noqonuniy qurilishlarini buzib olib, yer uchastkasini 15 kun muddatda dastlabki holatiga keltirish to’g’risida yozma ko'rsatma berilishiga qaramasdan, noqonuniy qurilishni buzish va yer maydonini dastlabki holatiga keltirish ishlari amalga oshirilmagan

Yer maydoniga nisbatan hech qanday huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud bo'lmasada qurilish ishlarini amalga oshirgan qonunbuzar shaxsga nisbatan ma’muriy ish qo’zg’atilib, MJTK ning 60-moddasi 3-qismiga ko’ra, bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan

@Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

‼️ Kadastr sohasida muammolarga duch kelsangiz, bizga xabar bering.

VIDEO
. Agar sizda kadastr xizmatlari bo‘yicha muammolaringiz, hal etilmagan ishlaringiz bo‘lsa yoki byurokratik to‘siq va g‘ovlarga duch kelayotgan bo‘lsangiz Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining ☎️ +998 75 227 81 95

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining ☎️ +998 75 227 51 13 telefon raqamlariga murojaat etishingiz mumkin ❗️❗️

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#MUNOSABAT

Turon24/7 telegram kanalida Yakkabog' tumanida MCHJ ga tegishli yer auksion savdosiga qo'yilgani haqidagi ma'lumot e'lon qilingan.

Aniqlanishicha, Yakkabogʼ tumani qishloq xo'jaligi bo'limi tomonidan U.Mirzayev massivi hududidagi qishloq xo’jaligi xaritasining 420q konturidan 2,0 gektar yer uchastkasining loyihasi tayyorlangan hamda Qashqadaryo viloyat hokimligiga buyurtma xati yuborilgan.

Buyurtma xatiga asosan, Qashqadaryo viloyat hokimining “Viloyatdagi bo’sh turgan qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer uchastkalarini tuman hokimliklari zaxirasidagi qishloq xo’jaligi yerlari hisobiga olish va davlat mulki sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida” qarori qabul qilingan.

Shundan so’ng, Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Yakkabog' tuman filiali tomonidan mazkur yer uchastkasi ma’lumotlarini qaror loyihasida ko'rsatilgani kabi "Uzkad" dasturi orqali davlat mulki sifatida Yakkabog' tumani hokimligiga davlat ro'yxatiga olingan.

Biroq, keyinchalik ma'lum bo'lishicha, yuqorida aytilgan viloyat hokimi qarori bilan zaxiraga olingan yer maydoni 2021-yilda “Jumanazarov Feruz” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga Yakkabog’ tuman hokimining qarori bilan ajratilgani aniqlandi.

LEKIN 2021-yildan buyon Qashqadaryo viloyati hokimining qarori chiqqunga qadar ushbu yer maydoni huquqiy hujjatlarga asosan tuman hokimi bilan uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi tuzilmagan va davlat ro'yxatidan o'tkazilmagan.

Davlat mulki sifatida olingan yer maydoni 709-son qarorga asosan, ijrochi “O’zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Qashqadaryo viloyat bo’linmasi tomonidan "E-ijara" dasturi orqali elektron onlayn auksion savdosiga chiqarilgan.

Yer maydoni auksion savdosiga chiqarilgandan so'ng, Yakkabog’ tumani qishloq xo’jaligi bo’limi tomonidan Yakkabog' tumani hokimligiga bildirish xati yuborilgan.

Yuqoridagi muammoli holatni bartaraf etish maqsadida viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari boshchiligida (Qishloq xo‘jaligi, Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi, O'zdavyerloyiha filiallari rahbarlari va daxldor tashkilotlar) ishchi guruh tuzilgan holda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

O'rganish yakunlariga ko'ra, qo'shimcha ma'lumot e'lon qilinadi.

@Qashkadastrpress
#Kadastr #davlat_xizmatlari #interaktiv_xizmatlar

ҲУРМАТЛИ ФУҚАРОЛАР ҲАМДА ТАДБИРКОРЛАР!

Кадастр агентлигининг
қуйидаги хизматларидан www.my.gov.uz орқали давлат идорасига келмасдан фойдаланишингиз мумкин:

1. Кўчмас мулк объектларига бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказишга ариза юбориш;

2. Кадастр паспортини шакллантириш;

3. Фуқароларнинг номида шахсий уй-жойи борлиги ёки йўқлиги тўғрисидаги маълумотнома олиш;

4. Турар жойни нотурар жой тоифасига ўтказишга қарорни олиш;

5. Бино ва иншоотнинг ташқи кўринишини ўзгартиришни келишиш;

6. Кўчмас мулкни ҳадя этиш ёки айирбошлаш ҳамда олди-сотди бўйича мурожаат йўллаш;

7. Турар жойнинг майдони бўйича маълумотнома олиш;

8. Бино ва иншоотларни ижара шартномасини давлат рўйхатидан ўтказиш;

9. Ўзганинг ер участкасидан чекланган тарзда фойдаланиш ҳуқуқи (сервитут) тўғрисидаги келишувни давлат рўйҳатидан ўтказиш;

10. Қурилиши (реконструкцияси) тугалланган бино ва иншоотларни фойдаланишга қабул қилиш (якка тартибдаги уй-жой қуриш объекти учун);

11. Қурилиши (реконструкцияси) тугалланган бино ва иншоотларни фойдаланишга қабул қилиш (Якка тартибда уй-жой қуриш объекти бўлмаган объект учун);

Шунингдек “Электрон лицензиялаш портали” орқали юридик шахслар

Геодезия ва картография фаолиятини юритишга лицензия олиш учун ариза беришлари мумкин.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat_tok_shou

1️⃣ Nega quruq yerni yoki uning bir qismini sotib bo'lmaydi?

2️⃣ Yerni xususiylashtirish nima beradi?

3️⃣ Xususiylashtirilgan yerni davlat ehtiyojlari uchun olib qo'yishda narx kim tomonidan belgilanadi?

📌 Kadastr agentligi boshqarma boshlig'i Begzod Nishonov savollarga javob berdi.

@Qashkadastrpress
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🔹Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerakmi?

🔹Yo‘qolgan kadastr hujjatini qayta tiklash mumkinmi?

📸 Shu kabi savollarga javob topish maqsadida O‘zA muxbiri Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Gʻayrat HAMROYEV bilan suhbatlashdi.

Batafsil—https://uza.uz/uz/posts/onlayn-xizmatlar-kadastr-huzhzhatlarini-olishda-imkoniyat-va-imtiyozlar_401953

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Muborakda kadastr xodimlari noqonuniy qurulishlar bo'yicha monitoring o'tkazishmoqda

Muborak tumanidagi 3-sektor hududidagi “Quruvchilar” MFY da nazorat monitoringi olib borildi.

O'rganishlar davomida, “Quruvchilar” MFY da yashovchi fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan aholi punkti yeridan savdo do‘koni binosi qurib olingani holati aniqlandi.

Fuqarodan ushbu qurilishlarning huquqiy hujjatlarini taqdim etish so‘ralganida mazkur qurilishga nisbatan hech qanday huquqiy hujjati mavjud emasligi ma'lum bo'ldi.

Ishchi guruh tomonidan fuqaroga ushbu qurilishlarni noqonuniy ravishda qurganligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Shundan so'ng, u o‘ziga tegishli xulosa chiqarib noqonuniy qurgan qurilishlarini shu vaqtning o‘zida (joyida) bartaraf etib, yerni dastlabki (oldingi) holatiga qaytardi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Qashqadaryoda Koson, Mirishkor va Shahrisabz tumanlaridagi 200 dan ziyod ko'p qavatli uylarga oid ma'lumotlar "Uz kad" tizimiga kiritildi.

Ayni paytda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tuman(shahar) filialarida faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan ko'p qavatli uylarni "Uz kad"tizimiga kiritish ishlari davom etmoqda.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda viloyatdagi ko'p qavatli uylar soni 2 279 tani tashkil etmoqda.

Quvonarlisi, Mirishkor, Shahrisabz va Koson tumanlaridagi obyektlar haqidagi ma'lumotlar elektron tizimiga kiritib bo'lindi.

Koson tumanidagi 85 ta, Mirishkor tumanidagi 52 ta va Shahrisabz tumani hududida joylashgan 64 ta ko'p qavatli uylarga oid ma'lumotlar kadastr xodimlari tomonidan Uz kad axborot tizimiga 100% yuklab bo'lindi. Ishlar davom etmoqda.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
🇺🇿 Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi aholining yer va kadastr nazoratiga doir murojaatlarini tezkor tinglash maqsadida, Boshqarma va uning shahar-tuman bo'limlari boshliqlarining telefon raqamlarini e'lon qiladi.


Jasur Usmonov— Boshqarma boshlig'i
📞 98-775-08-04

Nomoz Choriyev— Axborot xizmati rahbari
📞93-42485-65


Po'lat Allaberdiyev— G'uzor tumani bo'limi boshlig'i.
📞90-342-10-09

Arslon Anorov—Dehqonobod tumani bo'limi boshlig'i
📞98-777-8281

Jahongir Ergashev— Koson tumani bo'limi boshlig'i
📞90-733-69-60

Xolmumin Jovliyev— Qamashi tumani bo'limi boshlig'i
📞99-056-61-64

Nodirbek Niyozov— Qarshi tumani bo'limi boshlig'i
📞90-227-87-21

Behzod Xosiyatov— Mirishkor tumani bo'limi boshlig'i
📞90-443-00-83

Bahtiyor Muhammadiyev— Muborak tumani bo'limi boshlig'i
📞99-120-89-00

Yoqubjon Abdishukurov — Nishon tumani bo'limi boshlig'i
📞98-800-58-08

Baxtiyor Shodiyev— Kasbi tumani bo'limi boshlig'i
📞99-733-88-80

Murod Soatov— Chiroqchi tumani bo'limi boshlig'i
📞 94522-28-10

Ulug'bek Xoliqov— Shahrisabz tumani bo'limi boshlig'i
📞97-380-14-16

Asliddin Tursunov— Yakkabog' tumani bo'limi boshlig'i
📞91-453-10-00

Qarshi shahar bo'limi📞987766248

Kitob tumani bo'limi—
📞919560088

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi aholining ko'chmas mulkka kadastr hujjati tayyorlash, davlat ro'yxatidan o'tkazish va kadastrga doir boshqa murojaatlarni tezkor tinglash maqsadida, Boshqarma va uning shahar-tuman filiallari rahbarlarining telefon raqamlarini e'lon qiladi.


G'ayrat Hamroyev—
Boshqarma boshlig'i
📞 98-775-87-75

Nomoz Choriyev— Axborot xizmati rahbari
📞93-42485-65

Baxtiyor Hasanov — G'uzor tumani filiali rahbari
📞93-932-04-34

Ashur Laliyev —Dehqonobod filiali rahbari
📞93-909-84-72

O'ktam Xaitov Koson tumani filiali rahbari
📞93-696-33-30

Zoir Jo'rayev — Qamashi tumani filiali rahbari
📞97-388-34-60

Jamol Primov — Qarshi tumani filiali rahbari
📞90-428-36-62

Jabbor BayramovMirishkor tumani filiali
📞99-674-78-36

Javlon Otamurodov— Muborak tumani filiali rahbari
📞99-388-51-11

Asadbek Sayfullayev — Nishon tumani filiali rahbari
📞97-316-14-41

Sherzod Mahmudov — Kasbi tumani filiali rahbari
📞91-459-69-67

Zokir Safarov — Chiroqchi tumani filiali rahbari
📞 98-110-11-71

Yashin Ismoilov— Shahrisabz shahar filiali rahbari
📞98-107-88-77

Obid Toshev — Shahrisabz tumani filiali rahbari
📞94-526-11-11

Uyg'un Turdiyev — Yakkabog' tumani filiali rahbari
📞94 650 65 70

Ixtiyor Yusupov— Kitob tumani filiali rahbari
📞97-799-78-01

Qarshi shahar filiali
📞90-722-88-80

🇺🇿 telegram | instagram | facebook