Qashqadaryo kadastr_press
2.7K subscribers
10.9K photos
1.53K videos
4 files
6.1K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Yer nazorati. Mirishkor tumanida o'tkazilayotgan nazorat tadbirlarida yerga oid qonunbuzarlik holatlari aniqlanmoqda

Kadastr agentligining Mirishkor tumani bo'limi va Davlat kadastrlar palatasi Mirishkor tuman filiali xodimlari tomonidan Qurama ,Ayzabod, Baluj va Jeynov hududida nazorat monitoringlari o'tkazildi.

Tadbirlar davomida fuqarolar tomonidan huquqiy hujjatlarsiz yerlarni noqonuniy egallab olib, qurilish qilinganlik holatlari aniqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolarga yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olishning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Dehqonobod va G'uzor tumanlarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ'ibot tadbirlari o'tkazildi

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan muntazam ravishda davra suhbatlari o'tkazib kelinmoqda.

Dehqonobod va G'uzor tumani bo'limi va filiallarida o'tkazilgan davra suhbati davomida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.

Bu kabi targ'ibot tadbirlari viloyat bo'ylab hali davom etadi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🇺🇿“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–868-son, 13.09.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi

🔸Qonunga muvofiq, davlat chegarasini belgilash va oʻzgartirish Oliy Majlis palatalari tomonidan amalga oshiriladi.

🔸Davlat chegarasi joylarda aniq koʻrinib turadigan chegara belgilari bilan koʻrsatib qoʻyiladi.

🏛Qonunga koʻra, Davlat xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qashqadaryo viloyatida 2023-yilning 8 oyi davomida ijtimoiy soha obyektlarini qurish uchun 64 ta yer maydoni ajratildi

▪️Joriy yilning 8 oyi davomida Qashqadaryo viloyatida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qarori ijrosi yuzasidan Viloyat hokimining qarorlari asosida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun jami 64 ta ya'ni 1 133,9 gektar yer maydonlari ajratilgan.

🔸Qonunchilikka ko'ra, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq davlat organlari, muassasalari, korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.

🔗Ma'lumot uchun yer uchastkasi ajratish boʻyicha materiallar Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tayyorlanadi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Kadastr_agentligi #UzDKP #Siyosiy_marifiy_soati

Qashqadaryo kadastrida siyosiy-ma'rifat soati!

🌐BATAFSIL

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IJTIMOIY SO'ROVNOMA.

KADASTR XIZMATLARIDAN FOYDALANISHDA QANDAY IMTIYOZLAR MAVJUD?

🎞 Yuqoridagi savol bilan yurtdoshlarimizga yuzlandik.

Batafsil ma'lumotlarni va to'liq javobni video orqali bilib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi

Qashqadaryoda joriy yilning 8 oyida yer va kadastr sohasiga oid huquqbuzarliklar uchun mingdan ortiq ma'muriy jarimalar qo'llanilgan!

🔸Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan joriy yilning o'tgan 8 oyi davomida yer va kadastr sohasidagi huquqbuzarliklar uchun 1 417 ta holatda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

🌐BATAFSIL

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qashqadaryoda o'tgan hafta davomida fuqarolar tomonidan kadastr masalasida kelib tushgan 60 dan ortiq murojaatlar ijobiy hal etildi

🏛 Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman (shahar) filiallariga 11-15 sentabr kunlarida jami 156 ta murojaatlar kelib tushgan.

🔸 Murojaatlarning 62 tasi kadastr xodimlari tomonidan ijobiy hal etilgan.

▪️Viloyat boshqarmasi va tuman (shahar) filiallarga kelgan murojaatlarning 8 tasi yer ajratish masalasida bo'lsa, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha 13 ta, mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo'yicha 11 ta, nizoli masalalar yuzasidan 11 ta, so'rovnomalar 35 ta va boshqa masalalar yuzasidan 78 ta murojaatlar bo'lgan.

🔗Kadastr agentligining 1097 ishonch telefoni, boshqarmaning 75-227-51-13 telefoni hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kadastr sohasiga oid murojaat va takliflaringizni qoldirishingiz mumkin!

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qashqadaryo kadastrida huquqiy targ'ibot

🏛 Kadastr agentligi va Davlat kadasrtlari palatasi viloyat boshqarmalari
xodimlari uchun Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-o'qituvchilari tomonidan huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

▪️Huquqiy targ'ibot tadbiri davomida xodimlar o'rtasida korrupsion jinoyatlar, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish, manfaatlar to'qnashuvi, murojaatlar to'g'risidagi qonunchilik talablarini buzish va ularning oqibatlari haqida so'z bordi.

📎Bunday tadbirlarning izchil o'tkazilishi xodimlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini hamda huquqiy savodxonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Hafta davomida bir ming to'rt yuzdan ortiq ko'chmas mulkga bo'lgan huquqlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi

▪️Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 11-15 sentabr kunlari 1455 ta ko'chmas mulkga bo'lgan huquqlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

🔗Shundan, 1204 ta turar-joylar, 251 ta noturar-joy ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlari davlat ro’yxatidan o’tkazilgan.

🌐BATAFSIL

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
MATBUOT ANJUMANIGA TAKLIF ETAMIZ

Joriy yilning 21-sentabr kuni soat 10:00 da Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Matbut anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22-avgust kunida qabul qilingan VM-409-son, VM-411-son, 25-avgust kunidagi VM-424-son hamda 29-avgust kunidagi VM-426-son Qarorlari mazmun-mohiyati haqida ma'lumotlar beriladi.

Ushbu matbuot anjumaniga barcha OAV vakillari, jurnalist va blogerlarni taklif etamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun telefon: +998934248565

🇺🇿 telegram | instagram | facebook