Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari

1-sentabrdan ko‘p kvartirali uylarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar tekshiriladi

Prezident qaroriga koʻra, 2023-yil 1-sentabrdan:

seysmik faol zonada joylashgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi ko‘p kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar;

ko‘p kvartirali uylarning, shu jumladan ularning yerto‘la va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan kiritilgan o‘zgartirishlar aniqlanadi.

Aniqlangan noqonuniy holatlar bo‘yicha qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi. 

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Qonunchilik_yangiliklari
#Kadastr

❗️Yerga oid ishlarni maʼmuriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokurorning ishtirok etishi shart etib belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

📝Qonun bilan viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlarda ishlar taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etildi.

🚫 Yuqori instansiya sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish tartibi bekor qilindi.

Shuningdek, yerga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarni maʼmuriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokuror ishtirok etishi shartligi belgilandi.

💠 Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda, shuningdek ishni yuqori turuvchi sud tomonidan taftish tartibida qayta ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.

🔰 Protsessual muddatni tiklash haqidagi yoki tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘ladi.

🗂️ Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran 6 oy ichida berilishi mumkin.

📧 Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishni taftish tartibida ko‘radigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Harbiy sud nomiga yo‘llanadi, lekin hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.

🗓 Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran 5 kunlik muddatda uni ishni taftish tartibida ko‘radigan sudga ish bilan birga yuborishi shart.

⚖️ Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran 1 yil ichida beriladi.

✈️ telegram | 📷instagram | ™️facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM