Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
▪️#yer_nazorati #Qarshi_tumani

🏢Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi
Qarshi tuman bo‘limi yer inspektorlari tomonidan “Taxtapul” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan “Xolmaxmat bobo nabirasi Fayruz” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan Yangibog‘ massividagi 65q-konturidagi 48,6 ball bonitetli sug‘oriladigan ekin yer maydonidan 0,12 gektariga fuqaro tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish uchun poydevor qurilganligi aniqlandi.

▪️Soha xodimlari sayi-harakatlari bilan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan ushbu qurilishlar buzildi.

Natijada: yer uchastkasi fermer xo‘jaligiga qaytarilishi ta’minlandi va o‘zboshimchalik bilan egallab olish oqibatlari joyning o‘zida bartaraf qilindi.

Avvalroq, Shahrisabz shahridagi noqonuniy qurilish bartaraf etilgani haqida xabar bergan edik

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#Aholi_murojaatlari #Qarshi_tumani

Xurriyat ALIQULOVA— Qarshi tumani filiali Murojaatlar bilan ishlashga mas'ul bosh mutaxassis,

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani filialiga o‘tgan 10 oy davr mobaynida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 1409 ta murojaatlar kelib tushgan.

ShUNDAN,

📄 237 ta yer uchastkasi ajratish masalasida

📔 25 ta kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

📜 1136 ta mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

📚 11 ta SO’ROVNOMALAR

Murojaatlarning 842 tasiga ijobiy javob qaytarilgan.

...........................................................

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Qarshi_tumani #yer_nazorati #targibot

​​Qarshi tumanidagi "Kat" mahallasida to'rt mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Kadastr agentligi Qarshi tumani bo'limi ishchi-xodimlari mazkur mahallada bo'lib, yer maydonlarida noqonuniy qurulish ishlarini qilmaslik to'g'risida aholi vakillariga tushuntirish ishlarini olib borishdi

▪️Ma'lumot uchun, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 229-moddasi
1-qismiga asosan,

Sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, —

🔹bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki

🔹ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud

🔹ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan
, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ta’minlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Kadastr #Qarshi_tumani

🔹 Kadastr agentligining Qarshi tumani bo'limi tomonidan "Lagandi" mahallasida yer nazorati o'tkazildi

O'rganishlar davomida fuqaro hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 5 sotix yer maydonini  o’zboshimchalik bilan egallab olib, qurilish ishlarini amalga oshirgani aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jarima jazosi belgilandi.

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

❗️ Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook