Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.04K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Qashqadaryoda targ'ibot tadbiri

Barcha sohalarda bo'lgani kabi Kadastr tizimida ham xodimlar orasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida targ'ibot tadbirlari, davra suhbatlari o'tkazib kelinadi.

Ana shunday profilaktik tadbirlarning navbatdagisi Qashqadaryo viloyatida tashkil etildi.

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Komplaens nazorat bo‘limi boshlig‘i Azim Raxmatov viloyatda faoliyat yuritayotgan kadastr xodimlari bilan muloqot qildi.

Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasida o'tkazilgan YIG'ILISHDA...

🔹Korrupsiyaga qarshi barcha xodimlar murosasiz munosabatda bo‘lishi kerakligi,

🔹xodimlar moddiy manfaatlarini ko‘zlab korrupsion holatlarga qo‘l urmasliklari tushuntirildi

Bundan tashqari ish jarayonida xizmat intizomining buzilishi, firibgarlik kabi korrupsion holatlar va ularning huquqiy oqibatlari xususida yig'ilish ishtirokchilariga aniq misollarga tayangan holda atroflicha ma'lumotlar berib o'tildi.

📹 Videoni ko'rish

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Diqqat-e'lon🔊

DAVLAT KADASTRLARI PALATASINING
MATBUOT ANJUMANI

🗓 Bugun, 27-iyul kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: "Yer hisobini raqamli iqtisodiyotga joriy etish jarayonlari".

💠 Ishtirok etadi: Davlat kadastrlari palatasi raisi va mutasaddilari

💠 Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

📹 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi.

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Kadastr pasportini berish xizmati eng ko'p ko'rsatilgan davlat xizmatlari top-5 taligiga kirdi.

⚡️Kadastr xizmati top-5 talikda

🔹2022 yilning 1-yarmida aholi tomonidan eng ko‘p foydalanilgan davlat xizmatlari top-5 taligi e’lon qilindi.

🔹Unga ko‘ra, kadastr pasporti berish xizmatiga jami 284 984 ta ariza bilan murojaat etilgan va ushbu xizmat "Eng ko‘p xizmat ko‘rsatilgan davlat xizmatlari" orasida 3-o‘rinni egalladi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani boshlandi.

Mavzu: "Yer hisobini raqamli iqtisodiyotga joriy etish jarayonlari".

Tadbirda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirok etishmoqda.


‼️DIQQAT

📹 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qilishingiz mumkin.

Jonli tomosha qilishhttps://youtu.be/jPurzeCtOow

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Президент Шавкат Мирзиёев пахтачиликдаги долзарб вазифалар муҳокамаси юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по актуальным задачам в хлопководстве.

#Mirziyoyev #yigilish #paxtachilik #hosil

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #savol_javoblar

💼 Kadastr agentligining organlari nomidan ma’muriy huquqbuzalik to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqishga va jarima solish to’g’risidagi ma’muriy jazo choralarini qo’llashga kimlar haqli?

Javob: Kadastr agentligi direktori va uning o’rinbosarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari va ularning o’rinbosari, tuman (shahar) bo’lim boshliqlari

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Oʼzboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish qanday javobgarliklarga sabab boʼladi ?
Anonymous Quiz
89%
Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorida jarima solinishiga
11%
Bu uchun jarima qo'llanilmaydi
Koʻchmas mulkingizga bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazing

📌 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

📝 Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

⚠️Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak, aks holda oʻz vaqtida murojaat etmagan fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Videoni ko'rish— https://t.iss.one/Qashkadastrpress/7853
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

🔴2 million 600 ming aholi xonadonlariga kadastr hujjati qilib berilishi rostimi?

📌Batafsil videoni tomosha qiling va savollaringizga javob oling.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida

🗂Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;


🗂Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi haqida ma'lumotga egamisiz ?

📌Batafsil videoni tomosha qiling va savollaringizga javob oling.


Quyidagi yerlar xususiylashtirilishi mumkin:

🔹yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar;

🔹fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar (ilgari YaTTlarning xususiylashtirilishi nazarda tutilmagan);

🔹xususiylashtiriladigan davlat obyektlari joylashgan yerlar (ilgari bu ruxsat berilmagan);

🔹bo‘sh turgan yerlar.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

‼️ Kadastr sohasida muammolarga duch kelsangiz, bizga xabar bering.

VIDEO
. Agar sizda kadastr xizmatlari bo‘yicha muammolaringiz, hal etilmagan ishlaringiz bo‘lsa yoki byurokratik to‘siq va g‘ovlarga duch kelayotgan bo‘lsangiz Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining ☎️ +998 75 227 81 95

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining ☎️ +998 75 227 51 13 telefon raqamlariga murojaat etishingiz mumkin ❗️❗️

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish javobgarlikka sabab boʼladi.

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 68-moddasiga asosan;

Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish:

— Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari;

— Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Qashqadaryo viloyatidagi 2 mingdan ziyod ko'p qavatli uylar Uz KAD tizimiga kiritiladi.

Ayni paytda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tuman(shahar) filialarida faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan ko'p qavatli uylarni tizimga kiritish ishlari davom etmoqda.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda viloyatdagi ko'p qavatli uylar soni 2 283 tani tashkil etadi. Ayni vaqtga qadar uch yuzdan ziyod obyektlar tizimga kiritib bo'lindi.

BU BORADA...

🔹KOSON tumani
🔹KITOB tumani
🔹MIRISHKOR tumani
🔹SHAHRISABZ tumani
🔹YAKKABOG' tumanlari filiallarida olib borilayotgan ishlar e'tiborga molik.

👨‍💻 Ular ko'p qavatli uylarni Uz KAD tizimiga tez va sifatli kiritish borasida yetakchilar qatorida.

Jumladan, kitoblik hamkasblarimiz bugungacha 114 ta ko'p qavatli uylardan 39 tasini tizimga kiritib bo'lishgan.

📹 Jarayonlar haqida ma'lumot berib boramiz.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
▪️Rasmiy munosabat▪️

Bugun, 2022 yil 29 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda kadastr xodimlarining ish vaqtida kompyuter o‘yinlari o‘ynab o‘tirgani haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlari tarqaldi.
Xabarda aholida norozilik kayfiyatini keltirib chiqarishga qaratilgan noto‘g‘ri ma’lumotlar aks ettirilgan.

Tezkor o‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur voqea Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani filialida 2021 yil 22-avgust yakshanba kuni bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

Xodimlar shanba va yakshanba kunlari o‘tkazilgan obodonlashtirish hasharidan so‘ng, 22 avgust yakshanba soat 20:00lar atrofida o‘zaro kelishgan holda kompyuter o‘yinlarini o‘ynashgan.

Bundan ko‘rinib turibdiki, xodimlar ish vaqtlarida kelayotgan fuqarolarni, murojaatchilarni kuttirib qo‘yishgani noto‘g‘ri ma’lumotdir. Buni fotosuratda ko‘rishingiz ham mumkin.
Biz yakshanba kuni ish joyida kompyuter o‘yinlari o‘ynash mumkin demoqchi emasmiz. Bu holat bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganishlar olib borilib, xodimlardan tushuntirish xatlari olingan hamda tegishli choralar ko‘rilgan.

Yurtimiz aholisi va blogerlardan, vaqtlari va voqealari asoslanmagan noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmasligingizni so‘rab qolardik.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube