Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.04K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев “Astrum” IT aкадемиясига ташриф буюриб, ахборот технологиялари соҳаси мутахассислари ва ёшлар билан учрашди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил IT-академию «Astrum» и провёл встречу со специалистами сферы информационных технологий и молодежью.

#Mirziyoyev #uchrashuv #IT #muloqot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Qashqadaryo kadastrida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining boshlang‘ich tashkiloti tashkil etildi.

Viloyatda 100 nafarga yaqin xotin-qizlar kadastr sohasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglikni taminlash boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi hisoblanadi.

5 yil ish stajiga ega, ammo oliy ma’lumoti bo‘lmagan xotin-qizlarni Davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Vazirlar mahkamasining 322-son qarori e’lon qilingan.

Batafsil — bu yerda tanishing

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Qarshi tumanida 55 ming gektarga yaqin qishloq xo'jaligi yerlari Uz KAD tizimiga kiritildi.

Qarshi tumanida 54 652 gektar qishloq xo'jaligi yerlari kadastr xodimlari tomonidan Uz KAD tizimiga yuklandi.

Bu haqda Boshqarma axborot xizmatiga Davlat kadastrlari palatasi Qarshi tumani filiali rahbari Jamol Primov ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, tumanning umumiy yer maydoni 90 929 gektarni tashkil etadi. Aholi punktlari esa 5845 gektar yer maydonidan iborat.

"Qarshi tumanida 122 ta ko'p qavatli uylar mavjud. Ayni kunlarda filialimizda faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan ko'p qavatli uylarni ham Uz KAD tizimiga kiritish ishlari davom etmoqda" deydi filial rahbari.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Bugundan jamiyat hayotida muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan qonunchilik hujjatlari kuchga kiradi

🔹Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari maktablar, bolalar bog‘chalari va poliklinikalarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi

🗓 Mobile-ID tizimi joriy etiladi

🗓 Ayrim davlat xizmatlari interaktiv rejimga o‘tkaziladi

🗓 Tajriba-sinov OTMda Auditning xalqaro standartlarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitish joriy etiladi

🗓 Sanoat mulki muhofazasi kuchaytiriladi

🗓 Nogironlar uchun – “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron tizimi

🗓 Oilaviy poliklinikalarning ishi reyting bo‘yicha baholanadi

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Murojaatlar bilan ishashga mas'ul bosh mutaxassislar poytaxtda malaka oshirishmoqda.

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman(shahar) filiallarida murojaatlar yo'nalishida faoliyat yuritib kelayotgan 7 nafar mutaxasislarimiz uchun Toshkent shahrida malaka oshirish kurslari boshlandi.

Bugundan boshlangan darslar haftaning juma kuniga qadar davom etadi va malaka oshirish kurslarida belgilangan test savollaridan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarga hafta yakunida sertifikatlar taqdim etiladi.

Ma'lumot uchun, mazkur yo'nalishda ishlovchi jami 16 nafar qashqadaryolik mutaxassislar avgust va sentabr oylarida malaka oshirish kurslarida ishtirok etishadi.

Foto: U.Oripov, N.Nabiyeva

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida faoliyat yuritayotgan matbuot kotiblari o'quv kurslarida ishtirok etishdi.

📹 videoda batafsil

https://t.iss.one/Qashkadastrpress