Qashqadaryo kadastr_press
2.76K subscribers
11.2K photos
1.57K videos
4 files
6.28K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#savol_javob

САВОЛ
Ҳовли уй-жойимда қўшимча иншоот қурганимда кадастр ҳужжатини янгилашда топосъемка қилдиришим шартми?

ЖАВОБ
Шарт
!, ўзига тегишли уй-жойнинг ҳудудида қўшимча бино ёки иншоот қурилган тақдирда, кадастр ҳужжатини янгилашда топографик съёмка қилиш шарт, сабаби, қурилган бино ёки иншоотни белгиланган тартибда геодезик ускуналар билан ўлчаниб, унинг тегишли координаталари олинади ва Миллий географик ахборот тизимига киритиш учун асос бўлади ҳамда кадастр паспортига туширилади.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#savol_javob

САВОЛ
Кадастр ҳужжати йўқолганда дубликат нусхасини олиш учун матбуотга эълон бериш шартми?

ЖАВОБ
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 2 сентябрдаги 535-сон қарори билан тасдиқланган маъмурий регламанга асосан кадастр (йиғмажилди) паспорти йўқолганда (яроқсиз ҳолга келганда), қоғоз ёки пластик шаклда янги кадастр паспортини олиш учун маътбуотда эълон бериш талаб этилмайди.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#savol_javob

САВОЛ
Нотурар жойга кадастр ҳужжати тайёрланган ва бир қисмини олди сотди қилиб бошқа шахсга сотганман. Қолган қисмига кадастр паспорти учун тўлов борми ёки йўқми?

ЖАВОБ
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2014 йил 10 июлдаги 186-сонли қарорига билан тасдиқланган кўчмас мулк объектларининг давлат кадастри соҳасида давлат хизматлари нархларини белгилаш тартибга асосан кўчмас мулк объектининг бир қисми бегоналаштирилганда объектнинг қолган қисмига ўзингиз номингизга кадастр паспортини тайёрлаш ва давлат рўйхатидан ўтказиш бўйича тўлов ундирилмайди.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#savol_javob

САВОЛ
Уй-жойни олди-сотди қилмоқчиман. Дилер ташкилотларидан сотсам бўладими ёки фақат нотариалми?

ЖАВОБ
🔷 Ўзбекистон
Республикаси Фуқаролик кодексининг 488-моддасига асосан Уйни, квартирани, уйнинг ёки квартиранинг бир қисмини сотиш шартномаси нотариал тартибда тасдиқланиши ва давлат рўйхатидан ўтказилиши лозимлиги белгиланган. Шунга асосан турар жой объектларини тасарруф этиш фақат нотариал тартибда амалга оширилади.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#savol_javob

САВОЛ

Қандай қилиб ўзим яшаб турган қишлоқдан уй жой қуриш учун ер олишим мумкин?

ЖАВОБ

🔷 Ўзбекистон
Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 28 январдаги 63-сон қарори билан тасдиқланган Низомга асосан якка тартибда уй-жой қуриш учун ер участкалари мерос қилиб қолдириладиган умрбод эгалик қилиш ҳуқуқини реализация қилиш «E-IJRO AUKSION» ягона савдо майдончасида электрон аукционлар ўтказиш йўли билан амалга оширилади. Туманингизда аукцион савдосига қўйилаётган ер участкаларини кузатиб боринг.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #savol_javob

Uyimni kadastr qildirmoqchiman qayerga murojaat qilishim kerak Davlat xizmatlari markazigami yoki kadastr tashkilotiga ?

​​Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ariza bilan davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilasiz. Kadastr idoralariga kelishingiz shart emas. Shuningdek, interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ariza berishingiz ham mumkin. Bugungi kunda kadastr agentligining quyidagi xizmatlaridan onlayn foydalanishingiz mumkin.

1.Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (Yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun)

2.Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun)

3. Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

4. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

5.Ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

6. Fuqarolar nomida shaxsiy turar joyi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish
7.Turar joyning maydoni bo‘yicha ma’lumotnoma olish

8.Respublika hududidagi ko‘chmas mulk obyektida xatlov/taqiq mavjudligi haqida ma’lumot taqdim etish

9. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish

10. Kadastr pasportini tayyorlash.


https://t.iss.one/Qashkadastrpress
#Kadastr #savol_javob

Men ikki xonali (75kv.m) kvartira sotib oldim. Ushbu uy-joyni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qancha to‘lovni amalga oshirishim kerak?


Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko‘ra, jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar-joy ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari undirilishi belgilangan.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
#Kadastr #savol_javob

🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-sonli qaroriga ilova qilingan “Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning” reglamentiga muvofiq tartibga solinadi.

Ariza beruvchi maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga borib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmatdan foydalanishi mumkin.

Arizachi oʻzi bilan shaxsini tasdiqlovchi pasportini taqdim etishi kifoya qilinadi. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida yigʻim undiriladi (har bir shaxs uchun). Ushbu xizmat uch ish kuni mobaynida koʻrsatiladi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
#savol_javob

Savol: Kadastr hujjatlarim rasmiylashtirilgan hovlimning bir qismini o'g'limning nomiga kadastr qilib bermoqchiman qanday qilib amalga oshirsam bo'ladi.

❗️ Javob: Kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan va hovlining bir qismini hadya qilish yoki meros qilib qoldirish 3 ta bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich: Kadastr hujjatlari va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan birga notarial idoralarga murojaat qilinadi va mulkning bir qismini hadya qilish yoki meros qilib qoldirish to'g'risidagi shartnoma olinadi.

2-bosqich: Yuqorida aytilgan hujjatlar olingandan so'ng Davlat xizmatlari markazlari yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari partali orqali kadastr pasportini shakllantirish uchun ariza beriladi.

3-bosqich: Kadastr pasportini olgandan so'ng bir oy muddatda Davlat xizmatlari markazi yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari partali orqali bino inshootini Davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun ariza beriladi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Qonuniy kadastr hujjatiga ega, 6 yildan buyon yer solig‘i to'lab kelinayotgan tomorqa yeriga do'kon yoki shunga o'xshash bino qurish uchun kadastr hujjati qilsa bo'ladimi?

✍️ JAVOB: Belgilangan tartibda huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan uy-joyni Vazirlar Mahkamasining 200-son qarori, 2-Ilova “Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Ma’muriy Reglamenti"ga asosan bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma olgan hamda qurilishni loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda kelishilgan holda do‘kon yoki shunga o‘xshash bino qursa bo‘ladi.

****

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #hudud_intervyu

🌍 YERNI ASRAGANNI- EL ASRAYDI.

🌟 Kadastr xizmatlarini ko'rsatish, yer va kadastr nazorat ishlarini olib borish yo'nalishlarida amalga oshirilgan ishlar va shunga o'xshash bir qancha savollarga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi 🌟Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i-Usmonov Jasur Ziyodullayevich javob berdi. ▶️

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob #Kadastr

SAVOL: Dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yerga imorat qursa bo‘ladimi?

JAVOB:

‼️Yo'q, taqiqlanadi. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.

▪️ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.

▪️ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi, bundan yengil konstruksiyali issiqxonalar va sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.

▪️ Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.


✈️ telegram | 📷instagram | ™️facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob
#Kadastr

Uy-joyning kadastr pasportini yo‘qotib qo‘yganda nima qilish kerak?

❗️Bunday vaziyatda ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tib elektron ariza berish yo‘li bilan qayta rasmiylashtirib olinishi mumkin. Bunda kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun to‘lov undirilmaydi, ariza ikki ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Eslatma: Arizani rasmiylashtirish uchun ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook