Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.04K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#Huquqiy_savodxonlik

▪️Yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo'lmagan holda ulardan foydalanish, -fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari, mansabdor shaxslarga esa bo'ladi. ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi

🔹 O'zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo'lgan va tutash bo'lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa- uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

🔹 Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o'zboshimchalik bilan egallangan yer o'zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

O'zbekiston Republikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi. 60-modda.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Huquqiy_savodxonlik

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 68/1—moddasiga binoan, Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik,

🔹fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravari,

🔹mansabdor shaxslarga esa - o'n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.


🇺🇿 telegram | instagram | facebook
📔 #huquqiy_savodxonlik

Yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo'lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to'rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Sug'oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o'zboshimchalik bilan egallab olish, bazaviy hisoblash miqdorining to'rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan e'tiboran o'ttiz kunlik muddatda ta'minlasa hamda o'zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmaydi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Huquqiy_savodxonlik

O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi 68-moddasiga asosan, Yer tuzish loyihalaridan o’zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo’lmay turib chetga chiqish, shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to’g’risidagi hisobotlarni buzib ko’rsatish, axborotlarni berishdan bo’yin tovlash yoki noto’g’ri axborot berish

— fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa — besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa,

— fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari,

— mansabdor shaxslarga esa o’n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Kadastr #huquqiy_savodxonlik

🔹Egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va o‘rmonlardagi cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish,

▪️fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha,

▪️mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Feruz Toirov Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Yer va kadastr nazorati bo'limi boshlig'i.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress