Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#MUHOKAMA

Viloyat prokurori o'rinbosari va boshqarma boshliqlari E-IJRO AUKSION dasturi muhokamasini o'tkazishdi.

🔷Viloyatda nega E-IJRO AUKSION dasturidan tadbirkorlar keng ko'lamda foydalanishmayapti ?
🔷Dasturdagi qaysi muammoli holatlar sabab yer uchastkalarining narxlari ko'tarilib ketishi natijasida ularning sotilmay qolish holati kuzatilmoqda ?

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida viloyat prokurori o'rinbosari Azamat Mirzayev ishtirokida o'tkazilgan E-IJRO AUKSION dasturi muhokamasida shu kabi muammoli holatlar tilga olindi.

Aytish kerakki, yer uchastkasini auksionga chiqarishdan oldin tuman-shahar hokimligi yerga investitsiya kiritish majburiyatini belgilashi kerak. Biroq investitsiya hajmini belgilashning aniq mezoni yo'q. Bundan tashqari bu jarayonda inson omili juda yuqori.

❗️Natijada bu kabi holatlar yerning auksionga qo'yilmasdan qolishiga sabab bo'lmoqda.

Yakunda dasturdagi shu kabi muammoli holatlatlar bo'yicha takliflar tayyorlanishi belgilandi.

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#ZOOM #muhokama

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 25-fevralda PQ-4210-son hamda 2019-yil 20- noyabrda PQ-4525-son qarorlari qabul qilingan edi.

Mazkur qarorlarga asosan, Davlat xizmatlari agentligi Kadastr organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari holatini " Sirli mijoz" tadbirlarini o'tkazish orqali aniqlab kelmoqda.

Bugun Qashqadaryo viloyatida o'tkazilgan zoom yig'ilishida mazkur tadbirlar davomida aniqlangan salbiy holatlar muhokama qilindi.


Yig'ilish davomida Kadastr xizmatlarini ko'rsatishda qonubuzarlik holatlariga yo'l qo'ymaslik, fuqarolar murojaat etganda ularga qonun hujjatlari asosida batafsil tushuntirish berish kerakligi mas'ullarga tushuntirildi.

Yig'ilish yakunida Davlat xizmatlari ko'rsatishda qonun buzulushiga yo'l qo'ygan xodimlarga intizomiy jazo chorasi ko'rildi.

👉 "Sirli mijoz" tadbirlari haqida

🇺🇿 t.iss.one/Qashkadastrpress
#Boshqarma #muhokama

▪️Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida Qishloq xo'jaligi yerlaridan foydalanuvchilarni davlat ro'yxatidan o'tkazishdagi kamchiliklar muhokama etildi.

Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyatida 13026 ta Qishloq xo'jaliklarining yer uchastkalari davlat ro'yxatidan o'tkazilgan edi

Aytish kerakki, shundan 1861 ta Qishloq xo'jaliklarining yer uchastkalarini davlat ro'yxatidan o'tkazishda kamchiliklarga yo'l qo'yilgan.

Bugungi kunga kelib, viloyatda 1352 ta yerdan foydalanuvchilarning davlat ro'yxatidan o'tkazishdagi kamchilar bartaraf etildi.

▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#Boshqarma #muhokama #hisobga_olish

Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida yer nazorati, murojaatlar bilan ishlash sifati, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasiga tegishli yer maydonlari, O'rmon xo'jaliklari va qo'riqxonalarga ajratilgan yer uchastkalarini hisobga olish bo'yicha qilinayotgan ishlari muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun bugungi kunda boshqarmaning shahar, tuman bo'limlari tomonidan,

🔹O‘rmon xo‘jaliklari va qo'riqxonalarga ajratilgan 399 987 gektar,

🔹Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasiga tegishli 1062108 gektar yer maydonlari hisobga olindi.

Kadastr— xalq bilan, xalq orasida

🇺🇿A'zolik—
t.iss.one/Qashkadastrpress
#Qashqadaryo #Yer_nazorati #muhokama

Qashqadaryo viloyati Prokuraturasi bilan birgalikda viloyatda yer nazorati masalasida 📹 ZOOM platformasida yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari boshliqlari, shahar-tuman bo'limlari boshliqlari, filial rahbarlari ishtirok etishdi.

Mazkur YIG'ILISHDA...


▪️Yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash va bartaraf etish holatlari

▪️Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish masalalari
muhokama etildi.

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#Qashqadaryo #yer_nazorati #muhokama

Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida boshqarma boshlig'i Jasur Usmonov boshchiligida va ishchi-xodimlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda...

🔹 Murojaatlarni o'z muddatida ko'rib chiqish

🔹Viloyatda yer nazorati bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar

🔹Yer qonunbuzulish holatlarini bartaraf etish. yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Qashqadaryo_kadastr #muhokama

Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i Jasur Usmonov boshqarma xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig'ilishda:

◽️Qashqadaryo viloyatida yer to'g'risidagi qonun buzulishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishda yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

Ma'lumot uchun, Qashqadaryo viloyatida kadastr xodimlari tomonidan 6 oy ichida 500 dan ziyod qonunbuzulish holatlari bartaraf etilgan.

Shuningdek, yig'ilishda

◽️Kelib tushgan murojaatlar ijrosini vaqtida ta'minlash yuzasidan mas'ullarga zarur topshiriqlar berildi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress