Qashqadaryo kadastr_press
2.67K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.05K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#Huquqiy_asoslar #Aktual_savollar

Uyni kadastr plani yaʼni kadastr yig‘ma jildini shakllantirish uchun murojaatlar Davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilinadi. Kadastr yig‘ma jildini shakllantirish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti taqdim etiladi.

Ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyul sanasidagi "DAVLAT KADASTRI SOHASIDA DAVLAT XIZMATLARI NARXLARINI BELGILASHDA TABAQALASHTIRILGAN YONDASHUV TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA" 186-son qaroriga asosan aniqlanadi, bundan tashqari kadastr plani uchun qo‘shimcha to‘lov qilinmaydi.
#Huquqiy_asoslar #Aktual_savollar

15 sotix yer uchastkamizga 1998 yil kadastr hujjat rasmiylashtirganmiz. Hozir yagona darchaga murojaat qilsak, guvohnomasi yo‘q ekan boshqatdan kadastr qilish kerak deyapti. Shu to‘g‘rimi?

1998 yil kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan bo‘lsa va Hozirgi kunga kelib joyida o‘zgarishlar bo‘lmasa kadastr hujjatlarini yangilash mumkin. O‘sha davrda huquqni ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma rasmiylashtirish jarayoni mavjud bo‘lmagan. Huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlash uchun huquq belgilovchi hujjatga usti xat (shtamp va muhr) qo‘yilgan.

Agar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, ushbu ko‘chmas mulkka huquq belgilovchi hujjatlarni (davlat orderi, shartnoma, tuman(shahar) hokimining qarori, sud qarori. v.b.) davlat xizmatlari markaziga taqdim etiladi.

Hozirgi kunda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlashda davlat reyestridan ko‘chirma taqdim etiladi.