Qashqadaryo kadastr_press
2.72K subscribers
11K photos
1.54K videos
4 files
6.13K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Huquqiy_asoslar #Davlat_kadastrlari_palatasi #Vazifalar

🔰 Loyiha doirasida:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda – faqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun qishloq xo‘jaligi maqsadlarida;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarda – qonunchilik bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin.

⚠️ Yakka tartibdagi uy-joy va ko‘p kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar yirik investisiya loyihasi hisoblanmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlangan yerga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan kam qiymatdagi yirik investisiya loyihasi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmaydi.

🖥 Bo‘sh turgan yer uchastkasi bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan “YERELEKTRON” AAT orqali tayyorlanadi.

BATAFSIL

▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Korrupsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun (O‘RQ–729-son, 18.11.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

📌 Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishini o‘rganish va tahlil qilish uchun jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar bilan tanishishga haqli ekanligi belgilandi.

➡️ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yili korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruzani Oliy Majlisga taqdim etadi.

Endilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi (ilgari faqat xabar bergan shaxslar nazarda tutilgan.)

▫️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qonunchilikdagi yangiliklar: Yer uchastkasi olib qo'yilganligi munosabati bilan egasiga noqulayliklar uchun ko'chmas mulk qiymatining 5 foizi miqdorida qo'shimcha to'lov to'lanadi

🔰 Qonunga asosan, yer uchastkasi olib qo'yilishi munosabati quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

🔸olib qo'yilgan yer uchastkasida joylashgan ko'chmas mulkning bozor qiymati;
🔸olib qo'yilgan yer uchastkasiga bo'lgan huquqning bozor qiymati (bundan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarga bo'lgan ijara huquqi mustasno);
🔸olib qo'yilgan yer uchastkasida joylashgan ko'p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;
🔸ko'chish, shu jumladan boshqa ko'chmas mulkni vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog'liq xarajatlar;
🔸yer uchastkasidan va unda joylashgan ko'chmas mulkdan foydalanishdan olinishi mumkin bo'lgan boy berilgan foyda (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan ko'chmas mulk bo'shatib qo'yilgan paytdan e'tiboran avvalgi faoliyatni tiklashgacha bo'lgan, biroq 1 yildan ortiq bo'lmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin bo'lgan foyda hisobga olinadi);
🔸huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.

💰Yer uchastkasi olib qo'yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko'chmas mulk bozor qiymatining 5 foizi miqdorida bir martalik to'lov amalga oshiriladi.

Qonunchilikka muvofiq, huquq egasiga tegishli bo'lgan, olib qo'yilgan yerda o'zboshimchalik bilan qurilgan turar joylar (yashash uchun mo'ljallanmagan joylar), ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda boshqa binolar va inshootlar mavjud bo'lgan taqdirda, ularning bozor qiymati ham to'liq hajmda qoplanishi lozim.

➡️ Shuningdek, turar joyga nisbatan huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud bo'lmagan, ushbu turar joyga 15 yil (egalik qilish huquqini yuzaga keltiruvchi muddat) mobaynida xuddi o'z mulkidek halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxslarga, ushbu ko'chmas mulk obyektlari uchun soliqlar to'lab kelinganligi tasdiqlangan taqdirda, mazkur ko'chmas mulk obyektlari qiymatining o'rni qoplanadi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–803, 28.11.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi

🔰 Ushbu qonun koʻchmas mulkning quyidagi turlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga nisbatan tatbiq etiladi:

🔹yer uchastkalariga;
🔹binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga;
🔹koʻp yillik dov-daraxtlarga;
🔹mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.

Koʻchmas mulkka boʻlgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim:

▫️mulk huquqi;
▫️doimiy egalik qilish huquqi;
▫️doimiy foydalanish huquqi;
▫️meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
▫️ijara huquqi;
▫️ikkilamchi ijara huquqi;
▫️xoʻjalik yuritish huquqi;
▫️operativ boshqarish huquqi;
▫️koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
▫️bepul foydalanish huquqi;
▫️renta;
▫️ipoteka;
▫️servitut;
▫️koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarga qoʻyilgan cheklovlar.

❗️ Binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu koʻchmas mulk joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

☑️ Koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildini shakllantirish uchun quyidagilar asos boʻladi:

▫️yer uchastkalarining belgilanganligi (realizatsiya qilinganligi);
▫️binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
▫️belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;
▫️koʻchmas mulkning boʻlinganligi;
▫️koʻchmas mulkning birlashtirilganligi.

📁Davlat reyestri koʻchmas mulk, unga boʻlgan huquqlar, shuningdek huquq egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasi tarzdagi tizimlashtirilgan maʼlumotlar toʻplamidan iboratdir.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

@Qashkadastrpress
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ko'p kvartirali uylardagi ko'chmas mulk bilan bog'liq bitimlar qarzdorlik mavjud emasligi tekshirilgandan so'ng tasdiqlanadi

“Ko'p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–278, 15.08.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, respublikadagi chegaralari belgilanmagan ko'p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritiladi.

🗓 2024 yil 1 yanvardan:

🔹ko'p kvartirali uylardagi ko'chmas mulk bilan bog'liq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki to'lovlar bo'yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanadi;

🔹majburiy badallarning yoki to'lovlarning eng kam miqdori Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;

🔹agrotexnik ishlov berishdan hosil bo'ladigan (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va ko'p kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil bo'lgan chiqindilarni maishiy chiqindilarni to'plash punktlarida yoki chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlari bilan kelishilgan maxsus joylarda yig'ishga ruxsat etiladi.

➡️ Shirkatlar va boshqaruvchi tashkilotlarning hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oldidagi qarzdorligi va ular uchun hisoblangan jarimalarning to'lov muddati 2024 yil 1 oktabrgacha kechiktiriladi.

🔰 Qaror bilan shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi qo'shimcha vakolatlar beriladi:

▫️ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik ta'minotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

▫️ko'p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan ta'mirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
☺️☺️☺️☺️☺️

🇺🇿 «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g‘risida Prezident Farmoni imzolandi

📃 Farmon bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi tasdiqlandi.

◼️«O‘zbekiston – 2030» strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar aks ettirilgan:

▫️ barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;

▫️ aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;

▫️ aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;

▫️ xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;

▫️ mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚖️ Notariuslar va 🌟Kadastr organlarining idoralararo hamkorligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra:

notariuslar bilan ma’lumot almashinuvida yer uchastkalari va ko‘p yillik dov-daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham taqdim etish;

🏠turar joy oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlashda notariusga ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini taqdim etish amaliyotini bekor qilish;

⚙️notariuslar va kadastr organlarining o‘zaro hamkorligini “Elektron hukumat” tizimi orqali amalga oshirish;

🌳ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kadastr pasportini tayyorlashning aniq muddatlarini belgilash kabi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Asos: VM-470,14.09.2023

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining eng koʻp oʻlchami oshirildi


“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining oʻlchamini oshirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–876-son, 09.11.2023-y.) 🇺🇿Prezident tomonidan imzolandi.

📔 Yer kodeksi hamda “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirish va koʻshimchaga koʻra, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Prezident qarori bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha boʻlgan oʻlchamda yer uchastkalari beriladi.

❗️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Yetim bolalar kadastr xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etiladi

Qonunchilikka ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etilishi belgilangan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarga davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (124-son, 11.03.2024 y.) bilan 🏙 "Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarni hisobga olish, turar joy maydonini olish uchun navbatni belgilash, shuningdek, uni taqsimlash va davlat uy-joy fondi uylarida ijara shartnomasi shartlari asosida fuqarolarga taqdim etish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida:

◾️ tuman (shahar) hokimliklarida tibbiyot birlashmalari, kadastr bo'limi, aholini ijtimoiy muhofaza qiluvchi organ va fuqaroning doimiy yashash joyi bo'yicha fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari vakillaridan iborat tarkibda;

◾️ idoraviy uy-joy fondi bo'lgan tashkilotlarda ularning mas'ul xodimlari va kasaba uyushmasi vakilidan iborat tarkibda turar joy masalalari bo'yicha komissiya tuziladi.

😄 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lgan vakili davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o'zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXPda ro'yxatdan o'tadi.

📃 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lgan vakili Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan bo'lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish bo'yicha so'rovnomani elektron tarzda to'ldiradi.

So'rovnomada ko'rsatilmagan boshqa hujjatlarni ariza beruvchidan talab qilish ta'qiqlanadi.

🪙 Davlat xizmatlari ko'rsatilgani uchun yig'im undirilmaydi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM