Qashqadaryo kadastr_press
2.95K subscribers
12.2K photos
1.72K videos
4 files
6.91K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🏡 Qashqadaryoda yana 24 nafar fuqaroning uy-joy huquqlari e’tirof etildi!

📆 Joriy yilning 10-aprel kuni ilk marotaba 18 nafar fuqaroning “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun asosida uy-joylariga egalik huquqi tan olingani haqida xabar bergan edik.

Bugun esa, Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida yana 24 nafar fuqaroga uy-joyga nisbatan mulk va ijara huquqlari rasman e’tirof etildi.

📍 Hududlar bo‘yicha:

🔹 Dehqonobod tumani — 9 nafar
🔹 Chiroqchi tumani — 4 nafar
🔹 Shahrisabz shahri — 1 nafar
🔹 Nishon tumani — 2 nafar
🔹 G‘uzor tumani — 4 nafar
🔹 Qamashi tumani — 4 nafar


🔹 Endilikda ushbu fuqarolar o‘z uy-joylari va yer uchastkalari ustidan qonuniy huquqlarga ega bo‘lishadi! Bu esa ularning mulkiy huquqlari himoya qilinishini va rasmiy tartibda foydalanish imkonini beradi!

#Kadastr_agentligi #etirof

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🗣 9-maydan 11-maygacha 🌟Kadastr agentligining ko‘chmas mulk obyektlari ma’lumotlar bazasida rejali tashkiliy-texnik (profilaktika) ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan quyidagi xizmatlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin:

🟢 my.gov.uz portali orqali kadastrga oid elektron xizmatlar;
🟢 Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonida kadastrga oid ma’lumotlardan foydalanish;
🟢 Davlat organlari va tashkilotlarning ko‘chmas mulk ma’lumotlari bilan ishlovchi axborot tizimlari o‘rtasidagi veb-xizmatlar.

Texnik ishlar yakuni bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beriladi.

#kadastr_agentligi #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV


🇺🇿 Xolmurodov Muxiddin Shamsiddin o‘g‘li – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

◼️Tayinlovga qadar, Iqtisodiyot va moliya vazirligida faoliyat yuritgan.

🌟 Kadastr agentligi jamoasi M.Xolmurodovning kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#Kadastr_agentligi #tayinlov #milliy_markaz

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

20-may kuni soat 12:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida matbuot anjuman bo‘lib o‘tadi.

📃Mavzu: Kadastr agentligi tomonidan O‘RQ-937-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini bajarilishi yuzasidan.

🗣Matbuot anjumanda 🌟Kadastr agentligi mas'ullari ishtirok etadi.

Matbuot anjumaniga ommaviy axborot vositalari hamda blogerlarni taklif qilamiz.

#kadastr #matbuot_anjumani

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

20-may kuni soat 12:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida matbuot anjuman bo‘lib o‘tadi.

📃Mavzu: Kadastr agentligi tomonidan O‘RQ-937-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini bajarilishi yuzasidan.

🗣Matbuot anjumanda 🌟Kadastr agentligi mas'ullari ishtirok etadi.

Matbuot anjumaniga ommaviy axborot vositalari hamda blogerlarni taklif qilamiz.

#kadastr #matbuot_anjumani

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Kadastr #matbuot_anjumani

MATBUOT ANJUMANIGA TAKLIF ETAMIZ !

📢 Joriy yilning 22-may kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish viloyat Kengashi tomonidan OAV vakillari va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etiladi.

🔰Matbuot anjumanida Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan joriyda yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot beriladi.

▪️OAV vakillari va blogerlarni ushbu anjumanga qatnashishga taklif etamiz.

▪️Matbuot anjumani 22-may kuni soat 11-00 da Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida bo‘lib o‘tadi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON

Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan G'uzor tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 30-may kuni soat 12-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📍Manzil: G'uzor tumani, Bo'ston MFY, 79-maktab binosi

☎️ Murojaat uchun telefon: 75-227-51-13
75-227-51-14

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
👍2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi bilimlar, kuchli tahlillar va professional o‘sish!

🌟 Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan Jamoatchilik bilan aloqalar xodimlari uchun tashkil etilgan 4 kunlik malaka oshirish seminari o‘z yakuniga yetdi.

😎 Mashg‘ulotlar davomida zamonaviy PR va kommunikatsiya vositalari, davlat axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, inqirozli vaziyatlarda tezkor axborot yetkazish, brend imidji va vizual kommunikatsiyani shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.

Treningda media sohasidagi tajribali ekspertlar va malakali trenerlar, shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas’ullari — G. Nishonova, B. Alimov, I. Nasimova, N. Oripov, J. Aslonov, S. Ismoilov, Q. Nishonov, Sh. Abidovalar ishtirok etib, bevosita mashg‘ulotlar olib bordilar.

🔎 Seminar-treningning yakuniy kunida ishtirokchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi media-markazi faoliyati bilan tanishildi. Mutaxassislarga Milliy gvardiya Axborot xizmati rahbari, polkovnik Dovron Jumanazarov markaz faoliyati bilan tanishtirdi va savollarga batafsil javob berdi.

#Kadastr_agentligi #malaka_oshirish_2025

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🛑 Korrupsiyaga qarshi qat'iy kurash – shaffof va halol xizmat yo‘lida muhim qadam!

🌟Kadastr agentligi tizimida korrupsion holatlarning oldini olish, xodimlar o‘rtasida halollik va mas’uliyatni yanada mustahkamlash maqsadida yangi Ichki mehnat tartibi qoidalari hamda Odob-axloq me’zonlari ishlab chiqildi.

😎 Bu me'zonlar:

🟪xodimlarning xizmat vazifalariga vijdonan yondashishi,
🟪fuqarolar bilan muloqotda ochiqlik va xolislikni ta’minlashi,
🟪xizmatda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik,
🟪har qanday noqonuniy harakatlarga qarshi murosasiz bo‘lishini kafolatlaydi.


Ichki mehnat tartibi va odob-axloq qoidalari barcha xodimlar uchun majburiy bo‘lib, ularga rioya etish xizmat madaniyatining ajralmas qismiga aylantirildi.

➡️Batafsil infografikada.

#Kadastr_agentligi #Ichki_mehnat_tartibi_qoidalari #odob_axloq_mezonlari

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📚📚📚📚

РАСМИЙ МУНОСАБАТ

Оммавий ахборот воситаларида ва ижтимоий тармоқларда Фарғона вилоятида кадастр ходими қўлга олингани ҳақида хабарлар тарқалди.

🌟 Кадастр агентлиги мазкур ҳолатни кескин қоралайди ва бундай нопок ходимлардан тизим тозаланишидан манфаатдор эканлигини маълум қилади.

Шунингдек, яна бир бор қатъий равишда, нафақат ҳудудий бошқарма ва тизим ташкилотлари ходим ҳамда рахбарлари ҳатто, Кадастр агентлиги раҳбариятида ҳам ер ажратиш ёки унинг тоифасини ўзгартириш ваколат йўқ эканлигини таъкидлайди.

Бу масала юзасидан Агентлик томонидан юртдошларимизга мурожаат ҳам йўлланган.

Агентлик фаолиятида шаффофлик, қонунийлик ва жавобгарлик тамойиллари устувор ҳисобланади. Ҳар қандай ноқонуний хатти-ҳаракатлар юзасидан зудлик билан ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар билан ҳамкорликда тегишли чоралар кўрилади.


Кадастр агентлиги барча ходимларини ўз хизмат бурчини сидқидилдан, ҳалол ва масъулият билан бажаришга, фуқаролар ва тадбиркорлар ишончини оқлашга чақиради.

Юртдошларимиздан эса собиқ ёки амалдаги кадастр ходимларининг ҳар қандай шубҳали таклифлари юзасидан ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларга мурожаат қилишларини сўраймиз.

#Kadastr_agentligi #Rasmiy_munosabat

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM