Qashqadaryo kadastr_press
2.71K subscribers
11K photos
1.54K videos
4 files
6.13K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
​​#MUNOSABAT

BAHODIR BRAT you tube kanalida
"Olomon bosh kutardi... Buza buz yana boshlandi. Xalq to'plandi. Xalq norozi" sarlavhasi ostida video e'lon qilindi.
Videoda aholi Nishon tumani sobiq (A.Qodiriy) Yaxshilik MFY hududida joylashgan sobiq "Garaj" binosining tadbirkor tomonidan buzib olinishidan norozi ekanligi aks etgan.

Shuningdek, videoda murojaatchi fuqaro tomonidan ko'rsatilgan shaxs viloyat kadastr tashkiloti xodimi emas.

Tadbirkor va mahalliy aholi o'rtasida mojaroga sabab bo'layotgan "Garaj" haqida quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Nishon tumanidagi sobiq (A.Qodiriy) Yaxshilik MFY hududida joylashgan sobiq “Garaj” binosi A.Qodiriy fermer xo'jaliklar uyushmasi tuman hokimining 2001-yil 15-dekabrdagi 596/12-sonli qaroriga asosan tugatilib, Muqobil MMTPlar tugatilayotgan uyushmaning vorisi hisoblangan.

Tuman hokimining 2002 yil 30 yanvardagi X-33/1-sonli qaroriga asosan “A.Qodiriy” MMTP MChJ ga 2014 yil 21 noyabrda kadastr yig‘majild tayyorlangan hamda Davlat ro‘yxatiga olingan.

Ma'lumot o'rnida ushbu “Garaj” binosining umumiy qurilish maydoni 2616,06 kv.m, foydali maydoni 2222,36 kv.mni tashkil etgan.

“Garaj” binosiga 2015 yil 31 martdagi Auksion savdosi natijalari bo'yicha 30/O-sonli bayonnomasiga asosan “Ko‘charova Dilnura Kenjayevna” oilaviy korxonasiga o'tgan hamda 2015-yil 27-iyulda unga kadastr yig‘majildi tayyorlanib, Davlat ro‘yxatiga olingan.

“Garaj” binosi 2016 yil 28 apreldagi № 10/04-OS raqamli oldi-sotdi shartnomasiga asosan “OKSAN INVEST PLYUS” MChJ nomiga o'tgach, 2016 yil 16-may kunida unga kadastr yig‘majildi tayyorlanib, Davlat ro‘yxatiga olingan.
Umumiy qurilish maydoni 2616,06 kv.m. Foydali maydoni 2222,36 kv.mni tashkil etgan.

Ushbu “Garaj” binosi hozirgi kunda Davlat kadastrlar palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Nishon tuman filiali arxiv bazasida “OKSAN INVEST PLYUS” MChJ nomiga
kadastr hujjatlari asosida saqlanib kelayotganligini ma’lum qilamiz.
#MUNOSABAT

Telegram messenjiridagi "Sizdan telegram" kanalida e'lon qilingan aholi qatnovchi yo'lni egallab olingani haqida kosonlik fuqaroning videomurojaati yuzasidan rasmiy munosabat

davomini o'qish

🇺🇿Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
a'zolik—
t.iss.one/Qashkadatrpress
#MUNOSABAT

Telegram messenjiridagi "Ozodlik radiosi" telegram kanalida e'lon qilingan Shahrisabzlik fuqaroning videomurojaati yuzasidan rasmiy munosabat

"Besh farzandim bor. Shahrisabz shahri hokimining menga nisbatan adolatsizligidan charchadim. Qurgan imoratimni buzdirib tashladi...” deyiladi videomurojaatda.

Aytish kerakki, Shahrisabz shahar Fayzobod MFY Quruvchilar ko‘chasi 13 uyda yashovchi fuqaro Omonova Nazokatga Guliston jamoa xo‘jaligining 1995 yil 30-yanvardagi №1 sonli qaroriga asosan, 0,06 ga yer maydoni yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan. Mazkur qarorga asosan 1996 yilda sobiq “BTI” idorasi tomonidan fuqaroga uy-joyning kadastr pasporti ya’ni texnik hisoboti tayyorlab berilgan. Fuqaroning hozirgi kundagi egallab turgan uy-joyning yer maydoni 0,1685 ga, qurilish maydoni esa 473,57 kv/metrni tashkil etadi.

2020 yilda xatlov ishlari olib borilganda Omonova Nazokatning uy-joylariga qo‘shimcha qurilishlar bo‘lganligi sababli Shahrisabz shahar “YERMULKKADASTR” DK tomonidan kadastr texnik hisoboti qayta tayyorlab berilgan. Ma'lumot uchun ushbu uy-joyga nisbatan egalik huquqi e’tirof etilmagan va davlat ro'yxatidan o‘tmagan.

A'zolikt.iss.one/Qashkadastrpress
#Rasmiy #munosabat

🏢 Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Koson tumani “Yuksalish” FO‘O‘BO To‘lg‘a qishlog‘ida yashovchi fuqaro X. S.ning ijtimoiy tarmoq orqali yo'llagan murojaati vakolat doirasida joyiga borib o‘rganildi.

Batafsil— https://telegra.ph/-07-14-1522

🇺🇿 A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#RASMIY #MUNOSABAT

▪️Telegram messenjiridagi Sizdan telegram kanalida "Yo'l ustida do'kon qurishmoqchi" sarlavhasi ostida videolavha e'lon qilingan.

Unda Yakkabog' tumanidagi "Istiqlol" dehqon bozorining bir guruh tadbirkorlari fuqaro tomonidan bozorning orqa tomonida noqonuniy qurulish qilayotganidan norozi ekanligi aytiladi.

Ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Batafsil—https://telegra.ph/-08-14-2299
#RASMIY #MUNOSABAT

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Beshterak mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar Usmonov Asror va Niyozov Ergashlarning Kadastr agentligi Kitob tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Akbar Qayumovni hatti-harakatlaridan norozi bo‘lib ijtimoiy tarmoq orqali qilgan murojaati ishchi guruh tuzgan a'zolari tomonida joyida atroflicha o‘rganib chiqildi.

Batafsil—https://telegra.ph/-08-14-2763
#MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan Kitob tumani "Anorzor" MFY hududidagi fermer xo'jaligi yerida noqonuniy uy-joy qurib olingani yuzasidan

Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mutaxasislari tomonidan 2021 yil 18 fevraldagi №002-sonli tekshirish dalolatnomasi tuzilgan.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to’g’risi”dagi kodeksining
65-moddasi 1-qismi va 68-moddasi 1-qismidagi javobgarliklarni sodir etganligi sababli 2021 yil 18 fevraldagi №002-sonli bayonnomasi rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo’yicha Kitob tumani sudiga yuborilgan.

Natijada Jinoyat ishlari bo’yicha kitob tumani sudi tomonidan “Soxibova Fotima Sharipovna” fermer xo’jaligi rahbari B.S.ga nisbatan №3-1808-2101/793-sonli ma’muriy ishi qo’zg’atilib, B.Sga MJtKning 34-moddasiga ko’ra, uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari tekshirish jarayonida aniqlangan yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida “Soxibova Fotima Sharipovna” fermer xo’jaligi rahbari B.S. ga yozma ko’rsatma, tuman hokimiga taqdimnoma va tuman prokuroriga ma’lumotnoma kiritilgan.

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#MUNOSABAT

Feysbuk ijtimoiy tarmog'ida Kitob tumanida issiqxona uchun berilgan yer uchastkasida noqonuniy qurilish qilingani yuzasidan videolavha joylangan.

Ijtimoiy tarmoqdagi videolavha yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Kitob tuman hokimining 2018 yil 14 martdagi X-481/03-sonli qaroriga asosan fuqaro Mirzayev Husniddinga “Yengil konstruksiyali issiqxona” qurish uchun Ulugbek massivi hududi qishloq xo’jalik xaritasining 107q-konturidan 1,5 gektar sugoriladigan, qishloq xo’jaligi yer maydoni ajratilgan.

Sug’oriladigan yerlarni ajratish, qaror qabul qilingan davrda amalda bo'lgan tahrirda O’zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi” ning 5-moddasiga asosan,viloyatlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatiga kirishi belgilangan bo’lsada tuman hokimining mazkur qarori viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlanmagan.

Hozirgi kunda ushbu yerning 200 kv.metr qismiga noqonuniy qurilish ishlari olib borilganligi aniqlandi.

Bu haqda fuqaro Mirzayev Husniddinga qurilishni bartaraf etishi haqida 2021 yil 27 sentabrda 139-sonli ogohlantirish xati berilgan.

“Yer kodeksining” 38-moddasida yer to’g’risidagi qonunchilik buzilgan hollarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan ogohlantirganidan keyin yer uchastkasini bergan organga yer uchastkasini olib qo’yish haqida taqdimnoma kiritishi, shunga asosan, yer uchastkasini bergan organ bir oylik muddatda uni olib qo’yish haqida sudga da’vo arizasi kiritishi ko’rsatilgan.

Yuqorida aniqlangan yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida ya'ni fuqaro Mirzayev Xusniddinga “Yengil konstruksiyali issiqxona” qurish uchun Ulugbek massivi hududidagi qishloq xo’jalik xaritasining 107q-konturidan 1,5 gektar sug'oriladigan yer uchastkasini olib quyish yuzasidan Sudga da’vo arizasi kiritishini so`rab Kitob tumani hokimi nomiga taqdimnoma kiritildi.

Telegram | Facebook | Instagram |
#MUNOSABAT

◽️“Turon 24” telegram kanalida “Yakkabog’da yana bitta stadion yeri auksionga qo’yildi” sarlavhasi ostida post e'lon qilingan.

Postda aytilayotgan joy, aslida Yakkabog’ tuman Uzun MFY Kultepa qishlog’i “Kultepa ota” qabristoni tomon harakatlanganda yo’lning o’ng tomonida mahalla stadioniga yetmasdan katta ariq (zavur) bilan yo’lning oralig’ida joylashgan.

Mazkur hududdan 0,0144 gektardan iborat 8 dona yer uchastkasi 2021-yilning 5 dekabrida e-kadastr.uz ochiq elektron xaritasiga yuklash uchun taklifi yuborilgan hamda vakolatli organlar tomonidan ijobiy xulosalar olingandan so’ng Elektron-onlayn auksion savdosiga qo’yilgan.


Mahalla stadioni deyilayotgan (aslida mahalla stadioniga tegishli hech qanday qaror bilan yer ajratilmagan. Ochiq maydon) yo’l bo’ylab 100 metr bo’lgan uzunlikda ya’ni umumiy yer maydoni 0,30 gektar bo’lgan Uzun MFY Kultepa qishlog’i yoshlari uchun stadion sifatida foydalanilishda qoldirilgan.

Shunday ekan, postda aytilganidek, mahalla stadioni auksionga qo'yilmagan.

Mazkur holatda Yakkabog' tuman filiali O'zbekiston Respublikasi Prezdentining “Qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan bo’sh turgan yer uchastkalarni berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2019-yil 26 avgustdagi PQ 4427-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20 dekabrdagi 1023-sonli qarorining nizom talablariga amal qilgan holda ishlarni olib borgan.

‼️Har qanday axborot shiddat bilan tarqalayotgan davrda to‘g‘ri, xolis va har tomonlama tekshirilgan axborotni ommaga taqdim etish barchamizning masʼuliyatimiz hisoblanadi. Noto‘g‘ri axborot jamiyatni davlat idoralariga bo‘lgan ishonchsizligiga olib kelishi mumkin. Shu o‘rinda Viloyat Kadastr tashkiloti OAV vakillari bilan hamkorlikka doim tayyor ekanligini maʼlum qilamiz.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook