Qashqadaryo kadastr_press
2.7K subscribers
11K photos
1.53K videos
4 files
6.12K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#savol_javob

САВОЛ
Нотурар жойга кадастр ҳужжати тайёрланган ва бир қисмини олди сотди қилиб бошқа шахсга сотганман. Қолган қисмига кадастр паспорти учун тўлов борми ёки йўқми?

ЖАВОБ
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2014 йил 10 июлдаги 186-сонли қарорига билан тасдиқланган кўчмас мулк объектларининг давлат кадастри соҳасида давлат хизматлари нархларини белгилаш тартибга асосан кўчмас мулк объектининг бир қисми бегоналаштирилганда объектнинг қолган қисмига ўзингиз номингизга кадастр паспортини тайёрлаш ва давлат рўйхатидан ўтказиш бўйича тўлов ундирилмайди.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#savol_javob

САВОЛ
Уй-жойни олди-сотди қилмоқчиман. Дилер ташкилотларидан сотсам бўладими ёки фақат нотариалми?

ЖАВОБ
🔷 Ўзбекистон
Республикаси Фуқаролик кодексининг 488-моддасига асосан Уйни, квартирани, уйнинг ёки квартиранинг бир қисмини сотиш шартномаси нотариал тартибда тасдиқланиши ва давлат рўйхатидан ўтказилиши лозимлиги белгиланган. Шунга асосан турар жой объектларини тасарруф этиш фақат нотариал тартибда амалга оширилади.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#savol_javob

САВОЛ

Қандай қилиб ўзим яшаб турган қишлоқдан уй жой қуриш учун ер олишим мумкин?

ЖАВОБ

🔷 Ўзбекистон
Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 28 январдаги 63-сон қарори билан тасдиқланган Низомга асосан якка тартибда уй-жой қуриш учун ер участкалари мерос қилиб қолдириладиган умрбод эгалик қилиш ҳуқуқини реализация қилиш «E-IJRO AUKSION» ягона савдо майдончасида электрон аукционлар ўтказиш йўли билан амалга оширилади. Туманингизда аукцион савдосига қўйилаётган ер участкаларини кузатиб боринг.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#SAVOL

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy va boshqa bino va inshootlarga kadastr hujjatlari tayyorlanib davlat ro'yxatidan o‘tkaziladimi?

O‘zboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlar shuningdek qurilish davrida foydalanish uchun qurilgan vaqtinchalik imoratlarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.

❗️Bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining sud tomonidan tan olinishi hollari bundan mustasno

🇺🇿 t.iss.one/Qashkadastrpress
#SAVOL

🔵Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti qanday hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi ?

🔷ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
🔷ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi)
🔷qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
🔷ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
🔷ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;
🔷o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda


🇺🇿 t.iss.one/Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SAVOL
VIDEO: Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi ?

Batafsil javob videoda

🇺🇿Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
#SAVOL

Kadastr pasportini tayyorlatish uchun qaysi tashkilotga murojaat qilish kerak ?
Anonymous Quiz
29%
KADASTRGA
69%
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIGA
2%
TUMAN, SHAHAR HOKIMLIKLARIGA
#SAVOL: Uyimni kadastr qilganimdan so'ng yana yoniga qo'shimcha uy solganman. Bu holatda kadastr hujjatlarimga qo'shimcha kiritamanmi?

O'zingizga tegishli yer maydoniga qurilish qilgan bo'lsangiz, bunga kadastr qilib beriladi.
Kadastr xizmatlariga to'lanadigan belgilangan xizmat haqqi faqat qo'shimcha qurilgan (kadastr hujjatida mavjud bo'lmagan) binolarning maydonidan kelib chiqib hisoblanadi.


🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#SAVOL

Qurilishi tugallanmagan binoga kadastr hujjatini qanday rasmiylashtirsam bo'ladi? Uyning eski va yangi qismiga alohida kadastr hujjati rasmiylashtirish tartibi qanday?

Turar joyning bir qismida qayta qurilish ishlari amalga oshirilgan bo'lsa va qurilishi tugallanmagan bo'lsa, turar joy bo'yicha (alohida qismlarga ajratmagan holda) kadastr pasporti qayta tayyorlanadi.

Bunda turar joyning qolgan qismi va qurilishi tugallanmagan qismi bo'yicha ma'lumotlar ko'rsatib o'tiladi hamda unga bo'lgan huquq davlat ro'yxatidan o'tkazilib reyestrdan ko'chirma taqdim etiladi. Buning uchun tegishli bo'lgan hujjatlarni Davlat xizmatlari markaziga taqdim etish kerak

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Savol
🔻O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks”ning 68¹-moddasi bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilishlarga qaysi nazorat organi chora ko‘radi ?

#Javob
🔻☑️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik holati bo‘yicha – fuqarolarga BHMning o'n baravari, mansabdor shaxslarga esa – o'n besh baravari miqdorda jarima solish vakolati Kadastr agentligining inspektorlariga vakolat berilgan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#SAVOL Kadastr xodimlari uyning planini chizib bergani uchun pul talab qilishga haqlimi?

🔹Uyni kadastr plani ya’ni kadastr yig‘ma jildini shakllantirish uchun murojaatlar davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilinadi. Kadastr yig‘ma jildini shakllantirish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti taqdim etiladi.

Ko‘chmas mulk ob’yektlarining kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-sonli qaroriga asosan aniqlanadi.

‼️ Undan tashqari kadastr plani uchun qo‘shimcha to‘lov qilinmaydi

Telegram | Facebook | Instagram
#SAVOL Kadastr xodimlari uyning planini chizib bergani uchun pul talab qilishga haqlimi?

🔹Uyni kadastr plani ya’ni kadastr yig‘ma jildini shakllantirish uchun murojaatlar davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilinadi. Kadastr yig‘ma jildini shakllantirish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti taqdim etiladi.

Ko‘chmas mulk ob’yektlarining kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-sonli qaroriga asosan aniqlanadi.

‼️ Undan tashqari kadastr plani uchun qo‘shimcha to‘lov qilinmaydi

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #savol_javob

Uyimni kadastr qildirmoqchiman qayerga murojaat qilishim kerak Davlat xizmatlari markazigami yoki kadastr tashkilotiga ?

​​Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ariza bilan davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilasiz. Kadastr idoralariga kelishingiz shart emas. Shuningdek, interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ariza berishingiz ham mumkin. Bugungi kunda kadastr agentligining quyidagi xizmatlaridan onlayn foydalanishingiz mumkin.

1.Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (Yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun)

2.Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun)

3. Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

4. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

5.Ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

6. Fuqarolar nomida shaxsiy turar joyi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish
7.Turar joyning maydoni bo‘yicha ma’lumotnoma olish

8.Respublika hududidagi ko‘chmas mulk obyektida xatlov/taqiq mavjudligi haqida ma’lumot taqdim etish

9. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish

10. Kadastr pasportini tayyorlash.


https://t.iss.one/Qashkadastrpress