Qashqadaryo kadastr_press
2.67K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.04K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#Bilib_Oling

💬Savol: Fuqarolar o’rtasidagi yer bilan bog’liq nizolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish kimning vakolatiga kiradi?

🖥 Javob: O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 89-moddasiga asosan yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi yer xususidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi (ko’rib chiqiladi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Eslatma:

⚠️Oʼzbekiston Respublikasining «Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 60-moddasi 3-qismiga asosan, O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish,

Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari,

⭕️Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni eʼtirof etish uchun fuqarolar qaysi tashkilotga murojaat qilishlari kerak?

- Fuqarolar hech qaysi tashkilotga murojaat etishlari kerak emas. Davlat idoralari fuqarolarga xizmat qiladi tamoyili asosida Kadastr agentligi tomonidan respublika bo‘yicha tumanlar va mahallalar kesimida yaʼni qaysi mahallada o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino inshootlarga nisbatan huquqlarning eʼtirof etilishini ko‘rib chiqilishi yuzasidan reja ishlab chiqiladi va mazkur reja asosida ishlar amalga oshiriladi. Bu reja OAV lar, ijtimoiy tarmoqlar hamda mahallalarda eʼlon qilinib boriladi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad, talabalarga kadastr sohasini har tomonlama yaqindan tanishtirish, ularning bu sohaga qiziqishlarini shakllantirishdan iborat boʻldi.

Tadbirda yurtimizda yoshlarga berilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan sharoitlar haqida soʻz yuritilib, ayni kunlarda olib borilayotgan xatlov jarayonlari haqida ham ma'lumot berildi.

Muloqot boshqarma boshlig'i va talabalar oʻrtasidagi savol-javob, fikr-mulohazalar bilan yanada qizgʻin tus oldi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
DIQQAT E'LON ❗️❗️❗️

Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar

Aholining kadastr sohasi bo'yicha muammolarini hal qilish, ko'maklashish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Kitob tumani filiali tomonidan ochiq muloqot o'tkazilmoqda.

📍Manzil: Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Kitob tumani filiali binosi

🕔 Ochiq muloqot 18-noyabr kuni soat 11:00 da bo'lib o'tadi.

Aloqa raqami: 95-506-34-24

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari hamda tuman-shahar bo'lim va filiallarida shtablar tashkil etilib, joriy yilning 8-noyabridan joylarda xatlovlar boshlab yuborilgan edi.

Tasdiqlangan reja-grafik asosida Qashqadaryo viloyatidagi mahallarda ham kadastr muxandislari xonadonlarda ko'chmas mulklarni texnik inventarizatsiyadan o'tkazish ishlarini amalga oshirishmoqda.

Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Shovkat Olimov, boshqarma boshlig'i G'ayrat Hamroyev bilan birgalikda Nishon tumanida amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Xatlov davomida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokama etilib, mutaxassislarga bu yo‘nalishda tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shahrisabz, Yakkabog' va Nishon tumanidagi xatlov jarayonlari ko'zdan kechirildi

Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Shomansurov kuni-kecha Yakkabog' va Shahrisabz tumanida o'tkazilayotgan xatlov jarayonlarini ko'zdan kechirdi.

O'rganishlar davomida Kadastr xodimlariga aholi xonadonlarida xatlov ishlarini olib borilish jarayonlarida korrupsiya, ta'magirlik, manfaatlar to'qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo'l qo'ymasliklari, shuningdek o'z vazifalarini mas'uliyat bilan bajarishlari to'g'risida ko'rsatmalar berildi.

Qashqadaryo viloyatida bo'lib turgan Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Shovkat Olimov esa boshqarma boshlig'i G'ayrat Hamroyev bilan birgalikda Nishon tumanida amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
G'ayrat Hamroyev Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan uchrashdi

🔹Videolarni tomosha qilish orqali batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin!

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Bayroqqa hurmat — yurtga muhabbatdan dalolat!

🇺🇿O'zbekiston Respublikasining davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g'urur, faxr va iftixor bag'ishlaydi.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi jamoasi aziz yurtdoshlarimizni 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy tabriklaydi!

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Egalik huquqi kim tomonidan e'tirof etiladi?

📃 O'RQ 937-sonli Qonuniga ko'ra, yer uchastkasiga ijara huquqi hamda undagi bino-inshootlarga mulk huquqi viloyat Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi.

◾️Asos: 05.08.2024-yildagi
O'RQ 937-sonli Qonun

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Egalik huquqini e'tirof etish asoslari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan elektron yig‘majild, ma’lumotlar va hujjatlar qonun talablariga muvofiqligi jihatidan o‘rganilib,  yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish asosliligi to‘g‘risida xulosa tayyorlanadi.

📃 Huquqlarni e’tirof etish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga nisbatan egalik huquqi e'tirof etiladi.

◾️Asos: 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonun

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM