Qashqadaryo kadastr_press
2.66K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.05K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo boshqarmalarida “Muqaddasdir, Vatan bayrog‘i!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

⚜️ Dastlab xodimlar ishtirokida jamoaviy tarzda Davlat madhiyasi jo‘r bo‘lib ijro etilganida qalblarda istiqlolga va bugungi tinch-osoyishta hayotimizga shukronalik, kelajakka qat’iy ishonch tuyg‘usi yanada jo‘sh urdi.

🇺🇿Tadbirda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qtish va malaka oshirish markazi hududiy bo'linmasi mutaxassisi Davlat bayrog‘i haqida taqdimot ko'rinishida asosiy tushunchalar va qiziqarli ma’lumotlar berdi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i – Vatan timsoli. Uni ko‘rganda, har bir yurtdoshimiz qalbida g‘urur, umid va ishonch uyg‘onadi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr boshqarmasida “Muqaddasdir, Vatan bayrog‘i!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va barcha tuman (shahar) filial bo'limlari xodimlariga ZOOM platformasi orqali boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi Bahrom Kulmuratovning video murojaati eshittirilib, xodimlar ogohlikka chaqirildi.

Ushbu video murojaatda 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonun doirasida hozirda xatlov jarayonlari olib borishda kadastr xodimlari belgilangan vakolatlaridan chetga chiqib, tamagirlik qilsa yoki korrupsion harakatlarni amalga oshirsa darhol xabar berishligi yuzasidan bo'lib o'tdi.

"Shu o‘rinda, qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga toʻxtalib oʻtilib, uning ijrosini amalga oshirish jarayonida kadastr xodimlarining korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryodagi mahallalarda xatlov davom etmoqda!

❗️Hurmatli yurtdoshlar! Kadastr xodimlari xonadoninggizga borishganida o'z vazifalarini bajarishlari, xatlov ishlarini amalga oshirishlari uchun ularga imkoniyat yaratib berishingizni so'raymiz.

Ma'lumot olish uchun telefon raqami— 75-227-51-13

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shahrisabz tumanida noqonuniy tarzda qurilayotgan qurilma aniqlandi.

Qonunbuzarlikning huquqiy oqibatlari tushuntirilgach, fuqaroning o'zi tomonidan mazkur qurilma ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlarga nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Huquqlarni e’tirof etish shartlari qanday?

❗️ Qonunda huquqlarni e’tirof etishning asosiy shartlari ham aniq belgilangan bo‘lib, Ko‘chmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:

🔹 yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi;

🔹 yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;

🔹 yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;

🔹 muhofaza zonalarida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi;

🔹bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud bo‘lsa);

🔹 har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investisiya majburiyati bajarilganligi, shirkat a’zosi hisoblanishi va boshqalar).

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirma va kadastr pasportni tekshirish

📃 Xizmatni ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar:
Talab etilmaydi

👆Ariza beruvchi YIDXP(my.gov.uz)da ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

🫂 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

Xizmatni ko'rsatish muddati:
Avtomatik tarzda

Xizmat narxi
Bepul

🔖 Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi ““Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 424-son qarori

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirganidan xabaringiz bor.

Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida G'uzor tumanida ham xatlov jarayonlari o'tkazilmoqda.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassislari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan xatlov ishlari nazoratdan o‘tkazildi.

O‘rganishda xatlov ishlariga jalb qilingan xodimlarning korrupsiya va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari, ish faoliyatlarini to‘g‘ri va xolis olib borishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, ish jarayonlari alohida nazoratga olindi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook