Qashqadaryo kadastr_press
2.66K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.06K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️Hurmatli Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 26-iyun, soat 15:00 da

📍Manzil: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Kulollik MFY, Namaton ko'chasi 1-uy, 20-son bolalar musiqa va sanat maktabi binosi.

📃Qabulga yozilish uchun +998 75 227 51 13 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Shahrisabz shahrida sayyor qabul


💠 Yurtimizdagi har bir islohotlar fuqarolarimiz hayotida uchrayotgan muammo va dolzarb masalalarni hal qilishga, ularning turmush sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan. Ayni damlarda shu maqsadlarda, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Abdulaziz Yunusov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o'tkazilmoqda.

◼️Qabulda yig'ilgan fuqarolar va tadbirkorlarning kadastr masalalari bilan bog'liq bo'lgan muammolari birma-bir ko'rib chiqilib, hal etish choralari ko'rilmoqda.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kasbiy bilimlarni mustahkamlash yo'lida

🌟Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi "Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda o'quv kurslari davom etmoqda.

🗓 24-28-iyun kunlari "Ko'chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyadan o'tkazish" hamda "Tashkiliy nazorat va murojaatlar bilan ishlash" yo'nalishlari bo'yicha malaka oshirgan hududiy boshqarma xodimlari uchun yakuniy test sinovlari o'tkazildi.

📃 Shuningdek, hafta so'nggiga qadar Topografiya-geodeziya va kartografiya sohasi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda Ko‘chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish yo'nalishi bo'yicha navbatdagi guruh xodimlari uchun ham test sinovlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

◼️1-5-iyul kunlari esa kadastr muhandislari uchun keyingi guruh malaka o'quv kurslari boshlab yuborilgan. O'quv dasturi va mutaxassislarga berilayotgan kasbiy ko'nikma va bilimlar haqida yana batafsil ma'lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

OAV sayyor qabullarimiz haqida


🌟 Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosarlari Abdulaziz Yunusov hamda Ahmadjon Suyunov ishtirokida Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida sayyor qabullar o'tkazilgani haqida xabar bergan edik.

▶️ Sayyor qabul tafsilotlari haqida tayyorlangan lavhalar Qashqadaryo MTRK telekanalining "Yangiliklar" hamda Navoiy MTRK telekanalining "Diyor24" dasturlarida efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududiy matbuot xizmatlari reytingi


⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha mutaxassislari kadastr tizimi hayoti bilan bog'liq eng dolzarb va muhim yangiliklar, faoliyatiga doir yangiliklarni yoritib borishda davom etmoqda.

📊 Davlat kadastrlari palatasi asosiy yo'nalishlariga doir statistik ma'lumotlarni yoritishdan tashqari matbuot xizmati faoliyatiga ham e'tibor qaratdi. Mazkur reyting uch yo‘nalish bo‘yicha matbuot xizmati faoliyati tahlili natijasidir, ya’ni:

◾️ Eng ko‘p matbuot tadbirlari o‘tkazilgan hudud;
◾️ Tashqi OAVlarda tashkilot faoliyatini eng ko‘p yoritgan hudud;
◾️ Ijtimoiy tarmoqlarda mazmunli materiallar eng ko‘p joylagan hudud.

Uning ko'rsatkichlari natijasi ushbu fotoinfografikada👆

Yuqorida qayd etilgan yutuqlar qatorida Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi kadastr rasmiy ijtimoiy tarmoqlari 2 tilda barobar yuritilishini ham e'tirof etish lozim.

🆙Shu o'rinda, yuqorida ko'rsatilgan yo'nalishlar bo'yicha eng quyi natija ko'rsatgan hududlar Xorazm, Navoiy hamda Buxoro viloyatlaridir.

👔DKP reytingi kadastr faoliyatining boshqa barcha yo'nalishlarida ham olib borilayotganini hamda yil yakuniga ko'ra natijalar tahlil etilishini, g'oliblar mukofotlanishini ma'lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #matbuot_xizmati #dkp_reytingi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilimli va tajribali kadrlar - soha rivoji garovi


🌐 Zamon shiddat bilan o'tib borayotgan bir paytda, har bir sohaga joriy etilayotgan yangiliklarni doimo o'zlashtirib borish davr talabiga aylanmoqda. Ayniqsa, kadastr tizimi kundan-kunga raqamlashib, soha bo'yicha ko'nikmalar kun sayin yangilanib bormoqda.

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi "Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda doimiy malaka oshirib borishlari haqida xabar bergan edik.

🗓 Joriy yilning 6 oyi davomida bilimlarini mustahkamlagan xodimlar, malaka oshirish kurslari jarayonidan lavhalarni batafsil mazkur videoda ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududim haqida ma'lumot
- Qashqadaryo viloyati

🌟 Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmatining ushbu yangi loyihasida respublikamizning har bir hududi haqida eng muhim ma'lumotlarni jamlangan.

📊Yuqoridagi infografika orqali 🇺🇿  Qashqadaryo viloyati hududi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi qonun 3 oydan so'ng kuchga kiradi

🇺🇿 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-937-son, 05.08.2024-y.).

📃 Batafsil: https://www.lex.uz/uz/pdfs/7049383

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi qonun haqida muhim ma'lumotlar


📃 Ariza berilishi talab etilmaydigan, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish boʻyicha tadbiq etilgan qonun haqida aniq va toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishni istasangiz muzkur videoni tomosha qiling! 👆

🌏 Qonuning toʻliq matni: https://lex.uz/pdfs/7049383

❗️Yodda tuting, qonun 2024-yil, 08-noyabrdan kuchaga kiradi.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😎😎😎😎😎

Mustaqillik solnomasi: Istiqlolimizning so'nggi yillarida amalga oshirilgan ishlar 33 soniyada


🇺🇿Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida Istiqlolimiz sharofati bilan yildan yilga yangi yutuqlar, muhim islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

⭐️🌟 Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o'tgan bir yil davomida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar xususida boshqarma boshlig'i 33 soniyada hisobot taqdim etadi.

🇺🇿 Hududiy boshqarmalarimiz videohisobotlarini kuzatishda davom eting.➡️

#DavKadastrPalata #Mustaqillik33 #33soniya #Qashqadaryo

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🟦🟦

DIQQAT E’LON!

▶️Hurmatli Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🇺🇿 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 19-sentabr, soat 11:00 da

📍 Manzil: Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Mushqoqi MFY, Buyuk Turon ko’chasi, 4-uy, Qishgi madaniyat saroyi binosi.

📃 Qabulga yozilish uchun (75) 227-51-13, (75) 642-30-24 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ISHONCH VA UMIDLARINI BOG'LOVCHI KO'PRIK


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Bugun 2024 yil, 8-noyabr!

🗓 Bu kun tarixga "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirgan kun sifatida muhrlandi.

🇺🇿Bu kun, necha yillardan buyon vatandoshlarimizni qiynab kelayotgan ulkan muammolaridan biriga bosqichma-bosqich barham berilishining muqaddimasidir.

⭐️🌟Mazkur sharafli, shuning bilan birga mashaqqatli faoliyatni ya'ni yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlarini boshlash arafasida ekanmiz, barchangizga kuch-quvvat, metin iroda, sabr-toqat, shijoat va g'ayrat tilab qolaman. Tashkilotimizdagi har bir xodimning, ayniqsa, kadastr muhandislari va topograflarning amalga oshirajak har bir zahmatli ishlari, mehnatlari biz uchun qadrlidir!

Zero, mazkur muhim hodisada vatanimiz va yurtdoshlarimiz orasida ularning ishonch va umidlarini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarish aynan bizning zimmamizdagi burchimizdir.

🇺🇿 Ishonch bilan ayta olamanki, Sizdek o'z kasbiga sadoqatli hamkasblarimiz bor ekan, yurtboshimiz, davlatimiz va xalqimizning bizga bildirayotgan yuksak ishonchlarini albatta yorug' yuz bilan oqlaymiz!

➡️ Shunday bo'lsada, har biringizdan yana bir bor o'z vazifalaringizni xalqimizni rozi qilish yo'lida halol, pok va vijdonan hamda sidqidildan bajarishingizni so'rab qolaman!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlovdan xabarlar


📍 Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani

➡️ Bizni kuzatib boring, zero navbatdagi videolarimizda sizning yaqiningiz fikr bildirishi mumkin.

#DavKadastrPalata #xatlovdan_xabarlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlovdan xabarlar


📍 Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani

➡️ Bizni kuzatib boring, zero navbatdagi videolarimizda sizning yaqiningiz fikr bildirishi mumkin.

#DavKadastrPalata #xatlovdan_xabarlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM