Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#kadastr #murojaat #Qarshi

🇺🇿Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Qarshi shahar filialiga iyun oyida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 158 ta murojaatlar kelib tushgan.

Shundan;

40 tasi ya’ni 25,31 % i qanoatlantirilgan.

117 ta murojaatchiga ya’ni 74,05 % iga huquqiy tushunchalar berilgan.

1 ta murojaat ya’ni 0,63 % i tegishliligiga ko‘ra , boshqa tashkilotga yo‘naltirilgan

▪️Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kadastr sohasiga oid iyun oyida 50 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 18 tasi ya’ni 36.0 % i qanoatlantirilgan.

▪️32 tasi ya'ni, 64.0 % iga huquqiy tushunchalar berilgan.

A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
▪️#yer_nazorati #Qarshi_tumani

🏢Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi
Qarshi tuman bo‘limi yer inspektorlari tomonidan “Taxtapul” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan “Xolmaxmat bobo nabirasi Fayruz” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan Yangibog‘ massividagi 65q-konturidagi 48,6 ball bonitetli sug‘oriladigan ekin yer maydonidan 0,12 gektariga fuqaro tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish uchun poydevor qurilganligi aniqlandi.

▪️Soha xodimlari sayi-harakatlari bilan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan ushbu qurilishlar buzildi.

Natijada: yer uchastkasi fermer xo‘jaligiga qaytarilishi ta’minlandi va o‘zboshimchalik bilan egallab olish oqibatlari joyning o‘zida bartaraf qilindi.

Avvalroq, Shahrisabz shahridagi noqonuniy qurilish bartaraf etilgani haqida xabar bergan edik

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#Kadastr #korrupsiyaga #qarshi

Avval xabar berganimizdek, hududlarda "Korrupsiyga qarshi kurashish va uni oldini olish" yuzasidan amaliy seminarlar doimiy o'tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi seminar Shahrisabz shahri va Kitob tumanlarida tashkil etildi.

Mavzuga oidJasur Usmonov: "Bekorga ona vatan deyilmaydi. Ona yerni sotgan odam hech qachon baraka topmaydi".

▪️Atestatsiyadan muvaffaqiyatli o'tgan kadastr xodimlarining korrupsion holatga uchramasliklarini hohlayman— G'ayrat Hamroyev.

🇺🇿 A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatlar #Qarshi_shahri_filiali

📹 Qarshi shahar filialiga yil boshidan bugungi kunga qadar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 1575 ta murojaatlar kelib tushgan.

SHUNDAN,

▪️ 531 ta yer uchastkasi ajratish masalasida

▪️252 ta kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

▪️125 ta mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazish

▪️518 ta SO'ROVNOMALAR

Murojaatlarning 1560 tasiga ijobiy javob qaytarilgan.

Kadastr— xalq bilan, xalq orasida

🇺🇿A'zolik—
t.iss.one/Qashkadastrpress
#Qarshi_shahri #yer_nazorati

Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar bo'limi inspektorlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida shahar hududida 57 ta holatda 0,83 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani holati aniqlangan.

Shundan, 56 ta holatda yer maydonlari uy-joy qurish maqsadida egallab olingan.

O'zboshimchalik bilan egallab olish holati mahallalar kesimida;


▪️G'ofur G'ulom MFY42 holatda 0,4722 ga

▪️Qarliqbog'ot MFY1 ta holatda 0,0015

▪️Aralovul MFY 3 ta holatda, 0,163 ga

▪️Gulshan MFY2ta holatda, 0,00984 ga

▪️Charmgar MFY2 ta holatda 0,0072 ga

▪️Kamandi MFY1 ta holatda 0,0423 ga

▪️Shayxali MFY 3 ta holatda 0,117 ga

▪️Buston MFY1 ta holatda 0,0042 ga

▪️Qilichbek Qurg'oncha MFY — 2 ta holatda 0,011 ga

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#Aholi_murojaatlari #Qarshi_tumani

Xurriyat ALIQULOVA— Qarshi tumani filiali Murojaatlar bilan ishlashga mas'ul bosh mutaxassis,

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani filialiga o‘tgan 10 oy davr mobaynida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 1409 ta murojaatlar kelib tushgan.

ShUNDAN,

📄 237 ta yer uchastkasi ajratish masalasida

📔 25 ta kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

📜 1136 ta mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

📚 11 ta SO’ROVNOMALAR

Murojaatlarning 842 tasiga ijobiy javob qaytarilgan.

...........................................................

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Qarshi_tumani #yer_nazorati #targibot

​​Qarshi tumanidagi "Kat" mahallasida to'rt mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Kadastr agentligi Qarshi tumani bo'limi ishchi-xodimlari mazkur mahallada bo'lib, yer maydonlarida noqonuniy qurulish ishlarini qilmaslik to'g'risida aholi vakillariga tushuntirish ishlarini olib borishdi

▪️Ma'lumot uchun, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 229-moddasi
1-qismiga asosan,

Sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, —

🔹bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki

🔹ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud

🔹ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan
, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ta’minlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Kadastr_korrupsiyaga #qarshi

Kadastr sohasida xodimlar orasida poraxo'rlik va korrupsion jinoyatlarning oldini olish, ularning bu boradagi huquqiy madaniyatini rivojlantirish maqsadida Chiroqchi va Ko'kdala tumanlarida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmalarining mazkur tumanlarda faoliyat yuritib kelayotgan kadastr bo'limlari va filiallarining rahbar hamda xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida xodimlarga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogohlantirishsiz kech kelmaslik, ish unumdorligini oshirish, “Kasb odobnomasi”ga va “Odob axloq” qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Kadastr #Qarshi

🔹 Kadastr agentligining Qarshi shahar bo'limi tomonidan "Kat" mahallasi Alisher Navoiy ko'chasida yer nazorati o'tkazildi

O'rganishlar davomida fuqaro hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 35,0 kv metr yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab olib, qurilish ishlarini amalga oshirgani aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jarima jazosi belgilandi.

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

❗️ Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #Qarshi_tumani

🔹 Kadastr agentligining Qarshi tumani bo'limi tomonidan "Lagandi" mahallasida yer nazorati o'tkazildi

O'rganishlar davomida fuqaro hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 5 sotix yer maydonini  o’zboshimchalik bilan egallab olib, qurilish ishlarini amalga oshirgani aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jarima jazosi belgilandi.

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

❗️ Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook