Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎 🎤🎤🎤🎤

🌟 Kadastr agentligida "E-yer nazorat" AAT dasturining taqdimoti bo'lib o'tdi.

🟢Bugun 🌟Kadastr agentligi hamda tizim tashkilotlarida Ommaviy axborot vositalari xodimlari va mustaqil blogerlar ishtirokida Kadastr agentligi tomonidan yuritiladigan yer va kadastr nazoratida shaffof mexanizmni shakillantirish maqsadida ishlab chiqilgan "E-yer nazorat" AAT dasturi taqdimoti bo'lib o'tdi.

🌟“E-YER NAZORAT” AAT yaratilishi natijasida Yer va kadastr nazorati sohasidan, Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirishda huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar samarali davlat nazorati o‘rnatilishiga erishildi.

▶️Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-fevraldagi PQ–138-son qaroriga asosan takomillashtirildi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan integratsiya qilingan Ichki ishlar vazirligining “E-maʼmuriy ish” axborot tizimi o‘rtasida maʼlumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

“E-YER NAZORAT” AAT dasturi joriy qilinishi natijasida ortiqcha qog‘ozbozlik va huquqbuzarlikni bartaraf etishda muddatlar qisqarishi va hujjat almashishni samaradorligiga erishildi.

#kadastr_agentligi #taqdimot #e_yer_nazorat_aat

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Энди Кадастр инспекторлари махсус планшет ва боди камера билан ишлайди

Кадастр инспекторлари коррупцияга қўл уролмайди. Чунки планшет ва боди камера ҳаммасини назорат қилади.

Кадастр агентлиги томонидан "E-yer nazorat" ААТ дастури ишлаб чиқилди. Унда ер қонунбузарлик ҳолатлар космик сёмкалар орқали назорат қилинади.

Қонунбузарлик аниқланиб, бартараф этилмагунигача бўлган жараён ортиқча қоғозларсиз дастурда юритилади.

👉 @Qashqadaryo_ahli
Kadastrga qilingan murojaatlar joyiga chiqqan holda o'rganib borilmoqda

Fuqaro X.Zokirova o’z murojaatida o’zi yashab turgan xonadoni joylashgan ko’chada qo’shnilari o’zlariga tegishli uylarning old tomonini beton to’siq bilan o’rab olganligidan noroziligini bildirgan.

Mazkur holat Kadastr agentligining Qarshi shahar bo'limi tomonidan joyiga chiqqan holda o'rganib chiqildi

O'rganishlar davomida shaharsozlik norma va qoidalariga asosan, aholi punkti yerlarida aholi yashash xonadonlarining old qismida yer maydonlaridan foydalanish chegarasi ichki yo’lning kengligidan kelib chiqib, tasdiqlangan bosh rejaga asosan belgilanishi fuqaroga tushuntirildi

Shunga asosan, fuqaroga o’zi yashab turgan Otchopar MFY hududida aholi punkti yerlarida aholi yashash xonadonlarining old qismida yer maydonlaridan foydalanish chegarasini bilish hamda bosh reja bilan tanishish uchun Qarshi shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bo’limiga murojaat qilishi lozimligi haqida ma'lumot berildi

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#OAVDA_KADASTR

Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazmaganlik uchun javobgarlik bormi ?

Batafsil—https://t.iss.one/Qashqadaryo_ahli/12197

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Суғориладиган ерда ноқонуний қурилиш қилганлик учун қандай жавобгарлик белгиланган ?

Суғориладиган ер участкаларини уларда қурилиш ишларини амалга оширган ҳолда ўзбошимчалик билан эгаллаб олганлик учун қонунчиликда жавобгарлик мавжуд"— дейди Кадастр бошқармаси масъули Номоз Чориев.

Масъулнинг таъкидлашича, бундай қонунбузарлк учун базавий ҳисоблаш миқдорининг тўрт юз бараваридан олти юз бараваригача миқдорда жарима ёки икки йилдан уч йилгача озодликни чеклаш ёхуд икки йилдан уч йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоси қўлланилиши мумкин.

Қонунчиликка кўра, биринчи марта жиноят содир этган шахсга нисбатан, агар у ўзбошимчалик билан эгалланган ер участкасининг қайтарилишини жиноят аниқланган кундан эътиборан ўттиз кунлик муддатда таъминласа ҳамда ўзбошимчалик билан эгаллаб олишнинг оқибатларини бартараф этса, озодликни чеклаш ва озодликдан маҳрум қилиш тариқасидаги жазо қўлланилмайди.

🇺🇿ҚАШҚАДАРЁ ХАЛҚИ учун ташкил этилган махсус канал!👇
https://t.iss.one/+UjOf6LoeHTEyZWQy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vox_pop_kadastr

Aholining kadastr pasportini tayyorlash borasidagi bilimlarini sinovdan o'tkazdik

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_KADASTR

Qashqadaryoda faoliyat olib borayotgan qarib 60 nafar Kadastr inspektorlariga yer nazoratida foydalanish uchun planshetlar beriladi

Batafsil ma'lumot bilan Nasaf telekanalining "Xabarlar" informatsion dasturi lavhasida tanishing

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kosonda Kadastr filiali mas'ullari aholining sohaga doir murojaatlariga e'tibor qaratishdi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Koson tumani filiali tomonidan tumandagi Arabxona mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Aholining sohaga doir muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning kadastr hujjatini tayyorlash, uy- joyga egalik huquqini olish va boshqa masalalar yuzasidan qilgan murojaatlariga mas’ullar huquqiy va amaliy yordamlar ko‘rsatishdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Yer_nazorati #Kadastr #Nishon_tumani

Kadastr agentligining Nishon tumani bo‘limi tomonidan "Katta anhor" MFY, Guliston hududida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro tomonidan qishloq xo‘jaligiga tegishli bo'lgan 0,06 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani va 120 kv.metr o‘lchamda beton poydevor qurilgani holati aniqlandi.

Olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON

Hurmatli Qamashi tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari


Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Qamashi tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 29-fevral kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil:Qamashi tumani, 58-umumiy o'rta ta'lim maktabi binosi

☎️ Murojaat uchun telefon: 75 227-51-13

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Xabaringiz bor, “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Qonun loyihasining maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Bugun O‘zbekiston XDP viloyat kengashi hamda Davlat Kadastrlar palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamkorligida soha vakillari, deputatlar ishtirokida qonun loyihasidagi yangiliklarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda qonun loyihasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi va ishtirokchilarning fikrlari eshitilib, takliflari olindi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook