Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Qashqadaryoda Kadastr filiallari mas'ullari aholi bilan uchrashib, sohaga doir murojaatlarga e'tibor qaratishmoqda

Aholining sohaga doir muammolarini o'rganish va ularga yechim topish maqsadida Qashqadaryo viloyatida Kadastr filiallari mas'ullari hududlarda aholi bilan uchrashib, muloqot qilishmoqda.

Kuni-kecha Kasbi, Ko'kdala va Qamashi tumanida Kadastr filiallari tomonidan joylarda sayyor qabullar o'tkazildi.

Sayyor qabullarda auksionda tadbirkorlik uchun yer uchastkasi olish, kadastr hujjatini tayyorlash, uy- joyga egalik huquqini olish va boshqa masalalar yuzasidan jami 20 dan ziyod murojaatlar yo'llangan.

Mas'ul tomonidan murojaatchilarga haquqiy va amaliy yordamlar ko’rsatildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Onlayn

Kadastr sohasidagi imtiyozlar va yerga oid qonunbuzarliklarning huquqiy oqibatlari: Jonli efirda muloqot

Ayni paytda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi mas'ullari "Oltin voha" radioisida tashkil etilgan radio eshittirishda ishtirok etishmoqda.

Mas'ullar Kadastr sohasidagi imtiyozlar va yerga oid qonunbuzarliklarning huquqiy oqibatlari, sohaga oid murojaatlar borasida jonli efirda ma'lumot berishadi.

Jurnalist— Barno Haqnazarova

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Yer hisobini raqamlashtirish jarayonlari

🔹Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasida yer hisobini raqamlashtirish borasida 8 ta yer fondi toifalari va uning kichik toifalari, Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qaroridagi Nizom talablari asosida ish yuritish hamda “Uzkad” axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini yer fondi va uning kichik toifalarini to‘g‘ri belgilash yuzasidan kengaytirilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

🔹Unda boshqarmaning Davlat Yer kadastrini yuritish sho‘basi mas'ullari tomonidan yer hisobini yuritish, yer fondi toifalari va uning kichik toifalari, hududning foydalanishdagi jami yer maydoni, yangi yer o‘zlashtirish va toifasi o‘zgargan yerlarni hisobini yuritish bo‘yicha tushunchalar, tavsiyalar berildi.

🔹Seminar ishtirokchilari amaliyotda uchrayotgan masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javob oldilar.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Radio_fm_102_3 #Kadastr

Kadastr mas'ullari bilan radio suhbat

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mas'ullari "Oltin voha" radiosining "Nuqtai nazar" eshittirishida ishtirok etishdi.

Mas'ullar jonli efirda sohaga doir savollarga javob qaytarishdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
G'ayrat Hamroyev Qamashi tumanida aholi vakillari bilan uchrashib, ularning sohaga doir murojaatlarini o'rgandi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev Qamashi tumanida sayyor qabul o'tkazdi.

Tumandagi 58-sonli maktabda tashkil etilgan qabulda 20 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdi.

Shu kuni tadbir ishtirokchilari  kadastr hujjatini tayyorlash, uy- joyga egalik huquqini olish, ko'chmas mulk toifasini o'zgartirish va boshqa masalalar yuzasidan boshqarma boshlig'iga murojaat qilishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga tegishli tartibda javob berilib, fuqarolarga huquqiy va amaliy yordam ko'rsatilishi ta'minlandi.

G'ayrat Hamroyevning navbatdagi sayyor qabuli mart oyida Qarshi tumanida tashkil etiladi

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Jasur Usmonov Kitob tumanida sayyor qabul o'tkazib, aholining sohaga doir murojaatlariga e'tibor qaratdi

Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i Jasur Usmonov Kitob tumanida sayyor qabul o'tkazdi.

Kitob tumani Xalq qabulxonasida tashkil etilgan qabulda 18 nafar fuqaro ishtirok etdi.

Shu kuni tadbir ishtirokchilari o'zboshimchalik bilan yo'lni egallab olish holati, qo'llanilgan ma'muriy jarima, auksion savdosi orqali olingan yer maydonining o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi holati va boshqa masalalar yuzasidan boshqarma boshlig'iga murojaat qilishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga tegishli tartibda javob berilib, fuqarolarga huquqiy va amaliy yordam ko'rsatilishi ta'minlandi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Qarshi tumani filiali tomonidan sayyor qabul o'tkazildi.

Tumanning Ravot mahallasida o'tkazilgan qabulda 10 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi.

Sayyor qabulda auksionda tadbirkorlik uchun yer uchastkasi olish, uy- joyga egalik huquqini olish, ko'chmas mulkka oid nizoli holatlar va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar yo'llangan.

Shuningdek bu kabi sayyor qabullar fevral oyida Kadastr filiallari mas'ullari tomonidan Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumani, Yakkabog', Muborak, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, G'uzor, Ko'kdala, Koson,Nishon, Kitob, Chiroqchi va Dehqonobod tumanlarida ham tashkil etildi.

Sayyor qabullarda murojaatchilarga haquqiy va amaliy yordamlar ko’rsatilishi ta'minlandi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook