Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

11-noyabr - Kasaba uyushmalari kuni

💠 Barchamizga ma'lumki, 2020-yil 23-noyabrdagi O‘RQ-648-son Qonuni bilan rasman «11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» deb belgilangan.

🫥 Kasaba uyushmasi – fuqarolarning mehnat faoliyati yoki oʻqish turi boʻyicha umumiy manfaatlar bogʻlab turadigan iхtiyoriy jamoatchilik birlashmasidir. Ularning maqsadi – oʻz a’zolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilishdir.

🇺🇿 Oʻzbekistonda kasaba uyushmalari kunining belgilanishi, eng avvalo, kasaba uyushmalari tashkilotlarini ma’naviy qoʻllab-quvvatlash, ularning yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, tashkilot fidoyi хodimlarini ragʻbatlantirishga хizmat qiladi. Bu bilan mehnatkashlar huquqlari himoya qilinishi ustidan jamoatchilik nazorati ta’sirchanligini oshirish ko'zda tutilgan.

💐 🌟 Fursatdan foydalanib, Davlat kadastrlari palatasi jamoasi barcha Kasaba uyushmalari xodimlarini ushbu kun bilan samimiy muborakbod etadi. Sizning kasbingizga bo‘lgan mehringiz va fidoyiligingiz, inson manfaatlari uchun qilayotgan mehnatlaringizni qadrlaymiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun


🇺🇿 🌏 Mustaqilligimizning dastlabki yillarida qabul qilingan Konstitutsiya bergan huquq va imkoniyatlar tufayli hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida ulkan yutuq va natijalar qoʻlga kiritildi. Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati boʻlgan bosh qomusimiz bilan har qancha faxrlansak, gʻururlansak arziydi.

📖 Yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi tomonidan yoqlab ovoz berish orqali qabul qilinganligi unda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganligidan dalolat bermoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda davlat qurilishining yangi strategik maqsadi – ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berildi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi.

🇺🇿 Konstitutsiya inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatimizni ko'rsatadi. Shu munosabati bilan, barcha O'zbek xalqini ulugʻ tarixiy sana - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Yurtimiz tinch, farovon, Mustaqil Vatanimizda xalqimizning qadr-qimmati va sha'ni doimo yuksak bo'lishiga tilakdoshman.

Davlat kadastrlari palatasi raisi
M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ISHONCH VA UMIDLARINI BOG'LOVCHI KO'PRIK


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Bugun 2024 yil, 8-noyabr!

🗓 Bu kun tarixga "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirgan kun sifatida muhrlandi.

🇺🇿Bu kun, necha yillardan buyon vatandoshlarimizni qiynab kelayotgan ulkan muammolaridan biriga bosqichma-bosqich barham berilishining muqaddimasidir.

⭐️🌟Mazkur sharafli, shuning bilan birga mashaqqatli faoliyatni ya'ni yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlarini boshlash arafasida ekanmiz, barchangizga kuch-quvvat, metin iroda, sabr-toqat, shijoat va g'ayrat tilab qolaman. Tashkilotimizdagi har bir xodimning, ayniqsa, kadastr muhandislari va topograflarning amalga oshirajak har bir zahmatli ishlari, mehnatlari biz uchun qadrlidir!

Zero, mazkur muhim hodisada vatanimiz va yurtdoshlarimiz orasida ularning ishonch va umidlarini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarish aynan bizning zimmamizdagi burchimizdir.

🇺🇿 Ishonch bilan ayta olamanki, Sizdek o'z kasbiga sadoqatli hamkasblarimiz bor ekan, yurtboshimiz, davlatimiz va xalqimizning bizga bildirayotgan yuksak ishonchlarini albatta yorug' yuz bilan oqlaymiz!

➡️ Shunday bo'lsada, har biringizdan yana bir bor o'z vazifalaringizni xalqimizni rozi qilish yo'lida halol, pok va vijdonan hamda sidqidildan bajarishingizni so'rab qolaman!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM