Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
▪️Bu muhim!▪️

▶️ Xabaringiz bor, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kelib tushgan arizalar orasida respublika bo‘yicha to‘lovini kutayotgan murojaatlar juda ko‘pligi haqida ma’lum qilgan edik.

📃 Qonunchilikka ko'ra, belgilangan vaqt ichida haq to‘lanmasligi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etilishiga asos bo'lishini yana bir bor eslatib o'tamiz.

◼️ Shu munosabati bilan, fuqarolarimizdan ariza ijobiy xulosa olgan kundan boshlab 30 ish kuni ichida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to'lovlarini amalga oshirishlari so'raladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xususiy sektorlar ishtirokida kadastr xizmatlari ko‘rsatiladi

🇺🇿 "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasining qarori (VM-411, 22.08.2023y.) qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

🌟 Mazkur qaror mazmun-mohiyati haqida ushbu videorolik orqali batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔸Qashqadaryo viloyatida 45,7 % uy xo‘jaliklarida 6 va undan ko‘p kishilar istiqomat qilmoqda

〽️2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

bir kishilik uy xo‘jaliklari – 0,4 %,

ikki kishilik uy xo‘jaliklari – 4,5 %,

uch kishilik uy xo‘jaliklari – 9,7 %,

to‘rt kishilik uy xo‘jaliklari – 16,4 %,

besh kishilik uy xo‘jaliklari – 23,4 %,

olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 45,7 %ni tashkil etmoqda.

#Kadastr_agentligi #Dav_Kadastr_Palata #ma_lumot_o_rnida

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Manzillar imlosi

🗺1. Manzil qismlari “kattasidan kichigiga qarab” qoidasi asosida yoziladi:
Misol: Oʻzbekiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri.

🧭2. Manzil qismlarga boʻlingan holda bir-biridan vergul bilan ajratiladi:
Misol: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Nasaf koʻchasi, 44-uy, 66-xonadon.

3. Manzilni ifodalovchi soʻzlarni qisqartirib yozish mumkin. Qisqartmalarga nuqta qoʻyiladi:
viloyat — vil.
shahar — sh.
tuman — tum.
koʻcha — koʻch.
uy/xonadon — matnni qisqartirish maqsadida bu soʻzlarni yozmasa ham boʻladi.
Misol: Qashqadaryo vil., Nishon tum., Do'stlik koʻch., 44-uy, 66 (yoki 44/66).

📍4. Uyning raqami litera, yaʼni harf bilan ifodalansa, u sondan keyin joy qoldirmay kichik harf bilan yoziladi, qoʻshtirnoqqa olinmaydi.
Misol: Navoiy koʻchasi, 44a-uy; Navoiy koʻch., 44a.

#Kadastr_agentligi #Dav_kadastr_palata #Ona_tilim_faxrim #ma_lumot_o_rnida

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ma'lumot o'rnida

📃Soxtalashtiruvchining o'zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish:

◼️BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima;

◼️360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

◼️3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

⚖️ Shuningdek, mazkur harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa:

2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

#Kadastr_agentligi #DavKadastrPalata #Ma_lumot_o_rnida

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlari oshiriladi va bandligi taʼminlanadi


🌱 “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-153-son, 05.04.2023-y.) qabul qilindi

📃 Qarorga koʻra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyilib, dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:

💠 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan roʻyxatga kiritilgan yoshlar (talabgorlar) oʻrtasida oʻtkaziladi.

Bunda:

◼️ yer maydonlarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari gʻoliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi;

◼️ zakalat puli BHMning 1 baravari (340 ming soʻm) miqdorida belgilanadi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM