#Qashqadaryo_kadastr #yer_nazorat
O'zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida qurilgan beton poydevor bartaraf etildi
Kadastr agentligining Qarshi shahar bo'limi tomonidan Otchopar MFY, Yangi chaman-3 massivi manzilidagi yer maydoni fuqaro tomonidan huquqiy hujjatsiz, o'zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.
Qonunchilikka ko'ra, o'zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, —bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi haqida fuqaroga ma'lumot berildi.
Shundan so'ng, fuqaro mazkur noqonuniy qurilmaning bir qismi (86,22 kv.metr)ni ixtiyoriy ravishda buzib olgan. Biroq qolgan qismini. bartaraf etmaganligi sababli bo'lim tomonidan Fuqarolik ishlari bo’yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Sud qaroriga ko'ra, noqonuniy ravishda qo'yilgan beton poydevor bartaraf etildi.
🇺🇿 telegram | instagram | facebook