Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.48K subscribers
4.48K photos
398 videos
23 files
1.05K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
#Ochiq_eshiklar_kuni

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtdi.

▶️Ochiq eshiklar kunida:

2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot berildi;
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilindi;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
Maktab-internat o'quvchilari erishgan yutuqlari haqida malumot berildi;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkazildi;
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.

✔️Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрик

Поздравление выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli o‘quvchi-yoshlar,
Aziz maktab bitiruvchilari!

Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi.
Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz.
Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman.
Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang.
Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin!
Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
 
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Barcha umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024 oʼquv yili yakunlanishi munosabati "Soʼnggi qoʼngʼiroq" tadbirlari boʼlib oʼtmoqda.

Qarshi shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Ilm – saodat kaliti!” shiori ostida "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Bayram tadbirida Qashqadaryo viloyati prokurori Bektosh Sayipov ishtirok etib, katta hayot yoʼliga qadam qoʼyayotgan bitiruvchi yoshlarning kelgusidagi oʼqish va ishlariga muvaffaqiyatlar tilab, Davlatimiz rahbarining tabrigini oʼqib eshittirdi va barcha oʼquvchi-yoshlarni, bitiruvchilarni, ularning ustozlari va ota-onalarini ushbu sana bilan muborakbod etdi.

Shuningdek, oʼquv yili davomida faol va namunali boʼlgan hamda aʼlo baholarga oʼqigan oʼquvchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.

Tadbir bitiruvchi oʼquvchilar, oʼqituvchilarning ilm-fan, bilim olish, vatan haqidagi joʼshqin chiqishlari, kuy-qoʼshiqlar yangrashi bilan oʼzgacha bayramona tus oldi.

✔️Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son