Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.66K subscribers
4.91K photos
420 videos
25 files
1.14K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
#Биласизми?

Мактаб формаси ўқувчига нима беради?

Мактаб формасининг илдизи Буюк Британияга бориб тақалади. Айнан Англияда 1552 йилда ўқувчилар учун махсус кийимлар пайдо бўлган. Буюк Британия мактаб ўқувчиларининг формаси бутун дунёга машҳур бўлиб, аксар ҳоллардан ундан нусха олишади.

Хўш, кийимда умумий стандарт ўқувчига нима беради?
У аввало ўқувчини интизомга ўргатади, Мактаб формасида болалар тартибли кўринишда бўлишади, уларда муносиб кўриниш одати шаклланади.
Бир хил кийим болалар орасида сўнгги урфдаги кийимлар билан мақтанчоқлик қилишнинг олдини олишда ҳам ёрдам беради.

Фотосуратларда юртимиздаги турли мактаблар ўқувчилари.

Telegram
Twitter
#Agentlik_olimpiadasi_saralash

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil 10-yanvardagi № 01-11/2-45 sonli xatiga asosan, Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Agentlik olimpiadasining birinchi (maktab) bosqichi o‘tkazildi.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida STEAM(matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, science) fanlari bo'yicha Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari o'rtasida fan olimpiadasi o'tkazish belgilangan.

Bugun maktab bosqichining 1-turi(test):
5-8-sinf o'quvchilari o'rtasida Informatika va axborot texnologiyalari
;
8-11-sinf o'quvchilari o'rtasida Fizika;
5-11-sinf o'quvchilari o'rtasida Matematika;
8-11-sinf o'quvchilari o'rtasida Kimyo
,Biologiya;
5-7-sinf o'quvchilari o'rtasida Science
fanlaridan o'tkazildi.

Eslatma: Olimpiadaning 2-turi(yozma ish) belgilangan jadval asosida ertaga o'tkaziladi.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉
https://t.iss.one/Qarshi1son