Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.46K subscribers
4.67K photos
406 videos
23 files
1.08K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
#qaror_ijrosi_amalda

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MChJ bilan imzolangan memorandum doirasida tashkilotda bo'lishdi.


Tashrif doirasida o‘quvchilar tashkilotning ishlab chiqarish sohasidagi uskunalari, sohalar va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Bu kabi tashriflar yosh avlodni ilm-fan va sanoatga qiziqtirish, shuningdek, kelajakdagi kasb tanlovlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan ahamiyatli bo'lib, ushbu sohaga bo‘lgan qiziqishni orttirib, ularning texnologiyalar va sanoat jarayonlari haqidagi tasavvurlarini boyitadi.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Albatta_koʻring

Jamiyatimizda ilm va tarbiyani qadrlovchi insonlar hamda farzandlariga ibrat bo'la oladigan ota-onalar ko'payaversin.


Ustozlarga bo‘lgan hurmat va e’tibor oshganda, o‘qituvchilar o‘z ishiga yanada mas’uliyat bilan yondashadilar,natijada sifatli ta’lim tizimi shakllanadi.Farzandlar ota-onalarining ustozlarga hurmatini ko‘rib, o‘zlari ham odobli, tarbiyali bo‘lib voyaga yetadilar.Bu jamiyatda axloqiy qadriyatlarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Ustozlarga e’tibor qaratilgan jamiyatda ilmli kishilar ko‘payadi, bu esa fan, texnologiya va innovatsiyalarning rivojiga turtki beradi.Kelajak avlod mustahkam poydevorga ega bo‘ladi–Bunday muhitda o‘sgan bolalar bilimli, mas’uliyatli va vatanparvar bo‘lib yetishadi,bu esa jamiyatning barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, ustozlarni hurmat qilish odati jamiyatda ilm-fan va tarbiyaning yuksalishiga, odob-axloqning rivojlanishiga va kelajak avlodning yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.


Telegram
#psixologik_trening

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-"Gamma" sinf o'quvchilari uchun "Kasbiy layoqatni tashxis qilish metodlari va shaxs psixodiagnostikasi" mavzusida psixologik trening o'tkazildi

Psixologik trening o‘quvchilarga kelajakda to‘g‘ri kasb tanlash, o‘z qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlash hamda kasbiy layoqatini shakllantirishga yordam berish maqsadida o‘tkazildi.

Seminar davomida maktab-psixologi o‘quvchilarga turli kasblar haqida ma’lumot berib, qiziqarli psixologik testlar va mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini aniqladi.

Treningda o‘quvchilar o‘z orzularidagi kasblar haqida fikr almashishib, kelajak rejalari to'g'risida bir-biri bilan o'rtoqlashishdi.

Ushbu trening o‘quvchilarga o‘zlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlab, yo‘nalishlarini to‘g‘ri tanlash va mehnat bozorida muvaffaqiyat qozonish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasi👉https://t.iss.one/Qarshi1son
DIQQAT, TANLOV!

#Navoiyday

🏢 Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tomonidan Gʻazal mulki sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bagʻishlab quyidagi tanlovlarni tashkil etilishini ma'lum qilamiz!

📝Tanlov quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bo'lib o'tadi:
🎨 Alisher Navoiy fotosurati tasvirlangan
"En
g yaxshi rasm" tanlovi;
🎬 Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlab olingan
"Eng yaxshi videorolik" tanlovi;

📆 Tanlovga ijodiy ishlarni qabul qilish 7-fevral kuni 11:00 ga qadar davom etadi.

📲 Tanlov uchun tayyorlangan ijodiy ishlarni quyidagi telegram manziliga yuborishingiz mumkin: @Davron4548

🎨 Rasmlarni A4 o'lchamdagi qog'ozga chizilgan rasmlarni ART fani o'qituvchisi M.Batiyevaga topshirishingiz mumkin

🎁 Tanlov g'oliblariga diplom hamda esdalik sovg'alar taqdim etiladi.

👍Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz

Bizni kuzatishda davom eting:
👉 https://t.iss.one/Qarshi1son
#ota_onalar_bilan_hamkorlik

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ota-onalar majlisi bo‘lib o‘tdi

Maktab va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyasini yanada yaxshilash maqsadida o'tkazilgan ushbu majlisda, o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, tartib-intizom va odob-axloq masalalari muhokama qilindi.

Majlis davomida maktab ma’muriyati va sinf rahbarlari chorak yakunlari bo‘yicha ota-onalarga farzandlarining o‘zlashtirish natijalari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

O‘quvchilarning maktabdagi kiyinish madaniyati, o‘zaro muomala qoidalari va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish masalalari ham majlisning muhim mavzularidan biri bo‘ldi.

Ota-onalarga farzandlari bilan yaqinroq muloqotda bo‘lish, ularning maktab va darslardan tashqari vaqtini nazorat qilish muhimligi eslatib o‘tildi.

Hamkorlikda ishlash ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning kelajagi uchun muhim rol o‘ynaydi.

🏢👉https://t.iss.one/Qarshi1son