Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.49K subscribers
4.4K photos
388 videos
23 files
1.03K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
#Faxriylar_bilan_uchrashuv

Oq'uvchilarni vatanparvalik ruhida tarbiyalsh Yoshlarni mard va jasur ajdodlarimizga munosib bo'lgan milliy g'urur, qalbida yurt kelajagi va mamlakat tarraqiyoti yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlarni hamda erishilayotgan ulkan zafarlarga daxldorlik hissini shakllantirish maqsadida harbiy faxriylar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Janubiy G'arbiy Maxsus harbiy okrugi faxriylar kengashi raisi zahiradagi podpolkov Sh. Mardiyev, viloyat faxriylar kengashi raisi zahiradagi podpolkov G'. Umurqulov, Mudofaa Vazirligi huzuridagi Qashqadaryo viloyati xududiy bo'limi yetakchi mutaxassisi zahiradgi mayor O'. Shaymardonov hamda O'zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo'limi a'zosi shoira Sh.Jurayevalar ishtirok etdi.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchi-yoshlari “O‘zbekneftgaz” AJ Sho‘rtan NGQCHB cheklangan jamiyati kompaniyasi bilan o‘zaro o‘quv, ilmiy va kadrlar tayyorlash sohalarida o‘zaro hamkorlik qilish hamda amaliyot o‘tash masalasida memorandum imzolangan.

Ushbu memorandum doirasida O‘zbekneftgaz” AJ Sho‘rtan NGQCHB cheklangan jamiyatiga tashrif buyurushdi. Tashrif davomida o'quvchilar Sho‘rtan NGQCHBning xodimlari tomonidan o'quvchilarga tashkilotning muziyeda joylashgan barcha buyumlar haqida malumot berib, boshqaruv apparati joylashgan xonada zavod ishlash jarayonlari va faoliyati bilan yaqindan tanishdi

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
#Mehr_muruvvat
#Nogironlarni_himoya_qilish_kuni

🏢 Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bir guruh o'quvchilari "3- dekabr - Nogironlarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Qarshi shahrida joylashgan "Muruvvat" bolalar uyida bo'lib bolalajonlarga o'zlari yaxshi ko'rgan kitoblarni sovg'a qilishdi.

Maqsad O'quvchilarda mehr-muruvvat, saxovatpeshalik, g'amxorlik va xayrixohlik tuyg'ularini rivojlantirishdan iborat.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
#TIMSS_2023

TIMSS 2023: oʻzbekistonlik oʻquvchilar qanday natijalar qayd etdi?

Hozirgina taʼlimdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturi natijalari e'lon qilindi.

2023-yil aprel-may oylarida Oʻzbekistonda oʻtkazilgan ushbu tadqiqotda barcha hududlaridan tanlab olingan 166 ta maktabdan jami 8800 nafar oʻquvchilar (shundan, 4450 nafar 4-sinf va 4350 nafar 8-sinf) ishtirok etdi.

Shuningdek, mazkur maktablarning 166 nafar direktorlari hamda 1035 nafar matematika va tabiiy fanlar boʻyicha oʻqituvchilar soʻrovnomalarda qatnashgan.

8-sinf oʻquvchilari natijalari:

Xalqaro hisobot tahlil natijalariga koʻra, Oʻzbekistondagi 8-sinf oʻquvchilarining matematik savodxonlik boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichi 421 ball boʻlib, qatnashuvchi 44 ta davlatdan 32-oʻrinni egallagan. 8-sinf tabiiy fanlar (Science) savodxonligi boʻyicha esa qatnashgan 44 ta davlat orasidan 396 ball bilan 39-oʻrinni egalladi.

4-sinf oʻquvchilari natijalari:

Tadqiqotda qatnashgan o‘zbekistonlik 4-sinf o‘quvchilari tabiiy fanlar (Science) savodxonligi boʻyicha 412 ball toʻplagan va ishtirokchi 58 ta davlat ichida 54-oʻrinni egalladi. Matematika savodxonligi boʻyicha esa qatnashuvchi 58 ta davlat ichida 443 ball bilan 50-oʻrinni egalladi.

❗️Oʻzbekistonda 4-sinflardagi qizlar (446 ball) matematika yoʻnalishida oʻgʻil bolalardan (440 ball) yaxshiroq natija qayd etgan boʻlsa, tabiiy fanlar yoʻnalishida ham xuddi shunday farq saqlanib qolgan (qizlar 414 ball, oʻgʻil bolalar 409 ball).

Tabiiy fanlar yoʻnalishida
8-sinflardagi qizlar (395 ball) va oʻgʻil bolalar (396 ball) deyarli bir xil natija qayd etgan boʻlsa, matematika yoʻnalishida oʻgʻil bolalar (426 ball) qizlardan (416 ball) koʻra yuqoriroq natija qayd etgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston ushbu tadqiqotda ilk marotaba ishtirok etdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PQ_IJROSI

Prezident qarori ijrosi yuzasidan targ'ibot jarayonlari davom etmoqda — QASHQADARYO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi "O‘quvchi yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘grisida"gi PQ-393-sonli qarori mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, hududlarda "Jasorat maktablari" tashkil etish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga Maktabgacha va maktab ta'limi, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya mas'ullari ishtirokida targ'ibot jarayonlari o'tkazilmoqda.
(+video)

Mavzuga doir: 👉(batafsil) 👈
(batafsil)

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB
#konstitutsiya_32_yil

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 6-"Alfa" sinfida sinf soati darsi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan  "Konstitutsiya-kelajagim mash'ali"
mavzusida m'lumotlar berildi.

O‘quvchilarga yangilangan Konstitutsiyaning tuzilishi haqida tushunchalar berildi, shu bilan birgalikda o‘quvchilarning Konstitutsiya haqida bilimlari yana bir bor mustahkamlandi.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son