Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.5K subscribers
4.32K photos
379 videos
23 files
1K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
#psixologik_trening

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yuqori sinf o'quvchilari ishtirokida "Halollik va axloqni kasb tanlashdagi o'rni" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu seminarda, maktab-internat psixologi Abadov Odilbek tomonidan o'quvchilarga kasb insonning hayotda o‘zini ro‘yobga chiqarishi, iqtisodiy barqarorlikka erishishi va jamiyatdagi o‘rnini topishiga yordam berishi hamda har bir insonning shaxsiy qobiliyatlari, qiziqishlari, qadriyatlari va maqsadlariga asoslanishi haqida tushunchalar berildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan treningda o'quvchilarga kasb tanlashda nimalarga e‘tibor berishi kerakligi, hozirgi kunda zamonaviy va milliy kasblarning ahamiyati aytib o’tildi hamda "O’z kasbingni top!" mashg’uloti, "Liderni aniqla" so‘rovnomalari o'tkazilib, ularning kasblarga qanchalik darajada qiziqishishlari aniqlandi.

Psixologik treningdan maqsad, o’quvchilarni kasb tanlashda halollik va axloq muhim o’rin tutishini tushuntirish orqali kasbiy qiziqishlarini oshirishdan iborat.

Seminar-trening davomida o‘quvchilar fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi hamda mavzuga bogʻliq boʻlgan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🚀Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Ixtirorchilikka qadam" tanlovi tashkil etildi.

🏢 Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 30-avgustdagi “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ixtirochilikka qadam” tanlovining maktab bosqichi oʻtkazildi.

⚡️Ushbu tanlov 5-11-sinf o'quvchilari o'rtasida ta'lim, axborot-texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o'zgarishi, qishloq xo'jaligi kabi yo'nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi tanlov.

Maktab oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan ixtirolar hakamlar hayʼati tomonidan oʻrganildi.

Tanlov yakunida 1-2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jamoalar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son