Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.48K subscribers
4.47K photos
398 videos
23 files
1.05K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
⚡️Va'daga muvofiq "Zukko kitobxon" tanlovining Avgust oyi davomida o‘qiladigan kitoblar ro‘yxatini e'lon qildik

1. Munavvvar qori
Abdurashidxonov
“Jadidlar” to‘plamidan
2. G‘ulom Zafariy
“Jadidlar” to‘plamidan
3. Mening Dog‘istonim
Rasul Hamzatov

Sizda ishtirok etish istagi bormi? @kitobxontestbot orqali roʻyxatdan oʻting!

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Forwarded from Xumoyun Jo'rayev.
#Ustozlar_forumi
#2_kun

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Ikkinchi ustozlar milliy forumi" davom etmoqda.

✔️ Bugun ishtirokchilar maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi yo'nalishida jami 14 ta shoʻbada tashkil etilgan taqdimot hamda o‘quv treninglarida o'z mahoratlarini oshirishmoqda.

#Fotoreportaj #Al_Khwarizmi #Tashkent #9_August

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
📊 Qashqadaryo O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha 3-o‘rinda

🏢 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 iyul holatiga O‘zbekistonda eng ko‘p aholi:
🔹Samarqand viloyatida — 4 mln 159 ming kishi
🔹Farg‘ona viloyatida — 4 mln 15 ming kishi
🔹Qashqadaryo viloyatida — 3 mln 515 ming kishi
🔹Andijon viloyatida — 3 mln 354 ming kishi
🔹Namangan viloyatida — 3 mln 28 ming kishi yashaydi.

Eng kam aholi:

🔹Sirdaryo viloyatida — 905 ming kishi
🔹Navoiy viloyatida — 1 mln 65 ming kishi
🔹Jizzax viloyatida — 1 mln 491 ming kishi
🔹Xorazm viloyatida — 1 mln 971 ming kishi
🔹Qoraqalpog‘istonda — 1 mln 987 ming kishi yashaydi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Maktablarda 2023/2024-o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentabr — shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1-3-sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi.

Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili dars jarayonlari 2023-yil 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanishini maʼlum qilamiz.

Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉 https://t.iss.one/Qarshi1sonliIxtisoslashtirilgan
#eslatma

🔔 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning kirish imtihoni javoblari tez kunlarda eʼlon qilinadi.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Ijod maktablarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinadi.

🗣Imtihon natijalari Agentligimiz rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Зурёд Хамраев
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qashqadaryo viloyat ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanishini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15-16-avgust kunlari Qarshi shahar Prezident maktabida fanlar kesimida o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda.