Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.47K subscribers
4.53K photos
400 videos
23 files
1.06K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
Qarshi shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Ilmni qadrlang, ilmga intiling" nomli so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri bo‘lib o‘tdi

Unda Qashqadaryo viloyati prokurorining 1-o‘rinbosari Adliya katta maslahatchi Ashirov Sherali To‘damurodovich Qashqadaryo viloyati Faxriylar kengashi aʼzosi Shukurov Tojinur Tursunovich,Mudofaa vazirligi xuzuridagi jamoatchilik kengashi Qashqadaryo viloyati hududidagi bo‘limi yetakchisi mutaxasisi Mayyor Shaymardonov O‘ktam Ergashovich hamda o‘quvchilarning ota-onalari, mehmon bo‘ldilar.

Tadbir  boshida Qashqadaryo viloyati prokurorining 1-o‘rinbosari Adliya katta maslahatchi Ashirov Sherali To‘damurodovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi hamda bu yilgi bitiruvchilarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Tadbir davomida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilgan “Steam” fan olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga Agentlik tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Shuningdek o‘quv yili davomida o‘quvchilarimiz:

Maktab o‘quvchilaridan 10 nafari milliy va xalqaro til bilish milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.

Bundan tashqari 18 nafar o‘quvchimiz muddatidan oldin universitetlarga o‘qishga qabul qilindi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"ҚАШҚАДАРЁ АХБОРОТИ" Қарши шаҳридаги Президент мактабида вилоятда фаолият юритаётган ихтисослаштирилган таълим мактаблари директорлари иштирокида семинар-тренинг бўлиб ўтди

#25may #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉
https://t.iss.one/qashqadaryo_trk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | «Илмни қадрланг, илмга интилинг!» шиори остидаги «сўнгги қўнғироқ» тадбирлари
#26may #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Ushbu telegram kanal Qarshi shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy sahifasi hisoblanadi.

Bu yerda siz maktab hayoti, o‘quv dasturi haqida tanishishingiz, xalqaro olimpiadalar, tadbirlar va sport musobaqalari haqida bilib borishingiz mumkin.

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy sahifalari: https://t.iss.one/Qarshi1sonliIxtisoslashtirilgan
Forwarded from Hilola Umarova
Yaxshi rahbar — bu faqat o‘zining fikri va so‘zlariga bo‘ysunadigan jamoani boshqaradigan inson emas, bu atrofiga hamfikr insonlarni yig‘ib, sohasini rivojlantira oladigan insondir.

Shu bois hududlarda ma’muriy islohotlar doirasida birlashtirilgan maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma rahbarlariga “Ta’limda boshqaruv” mavzusida trening tashkil qilish fikri tug‘ildi.

Ikki kunlik treningda hudud rahbarlari bilan ko‘rishib, har bir viloyat kesimida olib borilayotgan islohotlar, yuzaga kelayotgan muammolar, yangi tashabbuslar, kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni ko‘rib chiqishni maqsad qildik.

O‘tgan besh oy davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga birlashtirilgan tashkilotlar — Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim vazirliklari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, Xorijiy tillar agentliklari, Ta’limni nazorat qilish inspeksiyalari faoliyatini to‘liq o‘rganish imkoni berildi. Endi esa har birimizni oldimizda eng asosiy masala – ta’lim tizimini rivojlantirib, o‘quvchilarni yetuk salohiyatli etib tarbiyalashdan iborat. Davlatimiz rahbari oldimizga qo‘ygan vazifalarni sifatli va shaffof tarzda bajarishimiz, farzandlarimizni sifatli ta’lim bilan ta’minlashimiz lozim.

Ikki kunlik trening davomida hudud rahbarlariga o‘z ustilarida ishlashlari uchun imkoniyat beriladi. O‘zim ham shu ikki kun davomida har bir rahbar bilan muammolarni tahlil qilib, rejalarni tuzib olamiz.

Treningdan eng avvalo, nima xohlayapmiz? Endi qaysi yo‘ldan ketamiz? Buning uchun oldimizda qanday vazifalar turibdi?

Ikki kun davomida mana shu savollar bo‘yicha birgalikda ishlaymiz. Ularga javoblar topib, vazifalar belgilab olishimiz lozim. Biz yangi bosqich “Ta’limda boshqaruv”ning yangicha va zamonaviy tizimiga o‘tishimiz zarur.

Xulosamiz shuki, har bir rahbar o‘zidan boshlamasa, biz ta’limda o‘zgarish qila olmaymiz.