Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.57K subscribers
4.89K photos
419 videos
25 files
1.13K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#Angliya

Portsmut universiteti (Angliya) ning Tillar va amaliy lingvistika fakulteti dekani Professor Stiven Korbet, Xalqaro hamkorlik bo'yicha dekan o'rinbosari Marjori Martin va Ingliz tili bo'limi boshlig'i Endryu Makkol Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lishdi.

Uchrashuv doirasida:

▶️2021-yilda tuzilgan Memorandum doirasida o'zaro hamkorlikni kuchaytirish hamda
▶️o'qituvchilar malakasini oshirish borasida hamkorlikdagi dasturlarni ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.

❗️Shuningdek, uchrashuv doirasida Agentlik va tizimidagi ta'lim muassasalari taqdimoti bo'lib o'tdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat
#Axborot_xizmati

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida bo'lib o'tgan "Zakovat" intellektual o'yinining Respublika bosqichidan video-lavha.
_____________________
❗️Eslatib o'tamiz, final bellashuvida Namangan shahridagi Prezident maktabi 1-o'rin, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 2-o'rin va Samarqand shahridagi Prezident maktabi 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligiga bag'ishlab "Zakovat" intelektual o'yini o'tkazildi. Intelektual o'yinlar o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va bilim olishga bo'lgan ishtiyoqlarini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. 🏆O'yin yakunida jamoalar quyidagi natijalarga erishdi: 1-o'rin "Kelajak liderlari"
2-o'rin "Alfa","Integral", "Cosmos TEAM"
3-o'rin "Aristokratlat", "Izlanuvchan yoshlar", "Olimp"
.
♻️ Eslatib o'tamiz turnir reyting ko'rinishida olib boriladi. Jamoalar har bir turda ball yig'ib borishadi.
t.iss.one/Qarshi1sonliIxtisoslashtirilgan
#Тўгараклар_фаолиятидан

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida Qashqadaryo viloyatida 2022-2023-oʻquv yilida 12 ta ixtisoslashtirilgan maktab va ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etildi. Qarshi shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati ana shunday maktablardan biri.

✔️Bugun oʻquv dargohida 35 nafar malakali hamda tajribali pedagog-xodimlar 380 nafar oʻquvchilarga taʼlim berib kelmoqda.

✔️Taʼkidlash joiz, maktabda dars mashgʻulotlaridan soʻng 12 ta fan to‘garaklari faoliyat yuritadi. Oʻquvchilar oʻz qiziqishiga koʻra, mazkur toʻgaraklardan biriga qatnaydi.

✔️ Xususan, Mohidil Batiyeva rahbarligidagi “Texnologiya” to‘garagiga qatnaydigan o‘quvchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda. To‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilar turli-tuman predmetlarni yaratish, yasashni o‘rganishmoqda.

📲Bizni kuzatib boring: @Qarshi1sonliIxtisoslashtirilgan
LIMITLAR. LAPITAL QOIDASI.pdf
726.7 KB
Maktabimizning matematika fani ustozlaridan biri Alijon Hamidov ning Limit haqida boshlang'ich tushunchalar va Lapital qoidasi haqida to'liq ma'lumot nomli juda foydali qo'llanmasini siz azizlarga taqdim etamiz...

Davomi bor...

https://t.iss.one/Qarshi1sonliIxtisoslashtirilgan
Aniqmas_integrallar,_hosila_olish_qoidalari,_funksiyaning_aniqlanish.pdf
973.8 KB
Maktabimizning matematika fani ustozlaridan biri Alijon Hamidov ning aniqmas integrallar, hosila olish qoidalari, funksiyaning aniqlanish va qiymatlar sohasini topishga doir juda foydali qo'llanmasini siz azizlarga taqdim etamiz...

Davomi bor...

https://t.iss.one/Qarshi1sonliIxtisoslashtirilgan
#fakt

Izlanishdan to‘xtamang!!!
Cho'qqida turgan inson u yerga osmondan tushib qolmagani kabi hech kim bilimli yoki muvaffaqiyatli bo‘lib tug‘ilmagan...

https://t.iss.one/Qarshi1sonliIxtisoslashtirilgan
#21_oktabr
#Muzeyga_sayohat

🔰21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili berilganligining 33 yilligi munosabati bilan Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida joylashgan Abdulla Oripov muzeyiga sayohat uyushtirishdi.

❇️
Dastavval o‘quvchilar O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, Davlat madhiyasi muallifi shoir Abdulla Oripov haykali poyiga guldasta qo‘yib, hurmat bajo keltirishdi.

❇️ O‘quvchilar muzeyda ulug‘ shoirning hayoti va ijodiga oid Eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.

💻 Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matbuot xizmati


📲Bizni kuzatib boring: @Qarshi1sonliIxtisoslashtirilgan
#tanlov

Xabaringiz bor, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Сambridge University Press” nashriyoti ishlab chiqqan o‘quv-metodik adabiyotlarni mahalliylashtirish maqsadida tanlov tashkil etilgan edi.

📆 13-14-oktabr kunlari tanlov doirasida fizika va biologiya fani mutaxassislarini saralash jarayonlari ikki bosqichda bo'lib o'tdi.

E'tiborlisi, mazkur tanlovda Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining biologiya fani o‘qituvchisi Anvarbek Salomov ham faol ishtirok etdi.

💻 Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matbuot xizmati

📲Bizni kuzatib boring:
@Qarshi1sonliIxtisoslashtirilgan