Qoraqalpog'iston | Ixtisoslashtirilgan maktablar
868 subscribers
4.11K photos
214 videos
2 files
856 links
Download Telegram
#Билимимизни_бўлишамиз
#Prezident_maktabi

⚡️Xabaringiz bor, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan "BIRGALIKDA O'RGANAMIZ!" loyihasi yo’lga qo’yildi.

❗️Mazkur loyiha doirasida matematika va mantiqiy fikrlashdan darslar e’lon qilib borilmoqda:

🔹Mantiqiy fikrlash 1-dars
🔹Mantiqiy fikrlash 2-dars
🔹Mantiqiy fikrlash 3-dars
🔹Mantiqiy fikrlash 4-dars
🔹Mantiqiy fikrlash 5-dars

🔸Matematika 1-dars
🔸Matematika 2-dars
🔸Matematika 3-dars
🔸Matematika 4-dars
🔸Matematika 5-dars

👉Onlayn darslar bilan shuningdek rasmiy saytimiz orqali ham tanishib borishingiz mumkin: https://piima.uz/page/onlayn-dars

#Билимимизни_бўлишамиз #Онлайн_дарс

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Билимимизни_бўлишамиз
#Prezident_maktabi
#Ingliz_tili

📣ONLAYN VIDEO-DARSLAR: NAVBAT INGLIZ TILIGA

⚡️Xabaringiz bor,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan "BIRGALIKDA O'RGANAMIZ!" loyihasi yo’lga qo’yildi.

❗️Mazkur loyiha doirasida matematika va mantiqiy fikrlashdan darslar e’lon qilib borilmoqda.

❗️Endilikda INGLIZ TILI fanidan ham video-darslar rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali taqdim etila boshlandi!

👉Onlayn darslar bilan rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali tanishib borishingiz mumkin: https://piima.uz/page/onlayn-dars

#Билимимизни_бўлишамиз #Онлайн_дарс

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Júweri_fest
#Prezident_maktabi

NUKUS SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA JO'XORI GURTUK FESTIVALI TASHKIL ETILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabida 25-fevral –Joʻxori gurtuk (Júweri gúrtik) kunini nishonlash tashabbusi asosida “Júweri-fest” festivali bo’lib o’tdi.

✔️ Unda o'quvchilar o'z ota-onalari va oʻqituvchilari bilan birgalikda joʻxori gurtuk xamirini tayyorlash va gurtuk tugish (xamirdan tangacha shaklini yasash) jarayonida ishtirok etishdi.

Tadbir davomida maktab oʻquvchilari tarafidan qiziqarli taqdimotlar, viktorinalar, musiqiy chiqishlar, milliy sport o'yinlari va mahorat darslari ham tashkil etildi.

❗️ “Júweri-fest”ning kulminatsion voqeasi sifatida tayyorlangan rekord darajadagi diametri 3,5x2,5 metr oʻlchamdagi “lagan”da suzilgan joʻxori gurtik taomi ajoyib bayram tuhfasi boʻldi.

Ushbu taomga 20ta kurka goʻshti, 35 kg joʻxori uni va 15kg bugʻdoy uni sarflandi.
 
Tadbirda bir guruh chet ellik sayyohlar, hamkor tashkilotlar, ota-onalar va ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari mehmon bo'lishdi.

👉Batafsil: https://telegra.ph/UKUS-SHAHRIDAGI-PREZIDENT-MAKTABIDA-JOXORI-GURTUK-JÚWERI-GÚRTIK-FESTIVALI-TASHKIL-ETILDI-02-25
#Arxiv
#Prezident_maktabi

❗️Farzandingiz Prezident maktabida o‘qishini istaysizmi?

Uni Prezident maktablarining kirish imtihonlariga tayyorlamoqchimisiz?

📖 Unda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan "BIRGALIKDA O‘RGANAMIZ!" loyihasi aynan SIZ uchun!

💫 "Birgalikda o‘rganamiz" – Prezident maktablaridagi o‘qitish metodikalari hamda kirish imtihonlarining namunaviy savollarni qanday ishlashni o‘rgatadigan onlayn darslar loyihasidir.

⚪️ Matematika, mantiqiy fikrlash va ingliz tili onlayn darslarini rasmiy sahifalarimiz orqali e'lon qilib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting!

#Bilimimizni_boʻlishamiz
#Onlayn_dars

A'zo boling:
🚀 https://t.iss.one/J_Jangirov

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktabi
#uchrashuv

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabiga fizika-matematika fanlari doktori, professor, senator, O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Matematika Instituti direktori, O'zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ixtisoslashtirilgan hamda Prezident maktabi o'quvchilari ishtirok etgan uchrashuvda Sh.Ayupov tomonidan yoshlarga jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishi va ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishishi uchun kerak bo'ladigan ko'nikma va tajribalar jonli misollar bilan aytib berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube